Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Tarkibi:
faol moddalar: levomitsetin (xloramfenikol) – 0,75 g, metiluratsil -4,0 g; yordamchi moddalar: polietilenoksid 1500, polietilenoksid 400.
Ta'sir etuvchi modda(XPN):
xloramfenikol, metiluratsil.
Preparatning savdo nomi:
Levomekzin
Farmakalogik guruhi:
Antibiotik (xloramfenikol guruhi).
Dori shakli:
surtma
oq yoki oq-sarg‘ish tusli rangli surtma.
Antibiotik (xloramfenikol guruhi).
D06AX02
Infektsiyalangan yaralar (shikastlanish jarayonining birinchi yiringli-nekrotik bosqichida), furunkullar va boshqa yiringli teri jarohatlari, uzoq muddat bitmaydigan trofik yaralar, II va III darajadagi kuyishlarni davolashda qo‘llanadi.
Sirtga buyuriladi.
Yaraga standart ishlov berilgandan keyin (nekrotik to‘qimalarni mexanik olib tashlash, vodorod peroksidi bilan yuvish) surtma bilan shimdirilgan steril doka salfetkalar bilan yara g‘ovakli to‘ldiriladi.
Preparat kateter (drenaj nay) orqali yiring bo‘shlig‘iga shprits yordamida yuborilishi mumkin.
Bunday hollarda surtma oldindan 35-360S gacha isitiladi.
Bog‘lovlarni har kuni yara yiringli nekrotik massalardan toza bo‘lguncha o‘tkaziladi.
Teri toshmasi kabi allergik reaktsiyalar.
Bunday hollarda preparatni qo‘llash to‘xtatiladi va desensibilizatsiya qiluvchi davolash o‘tkaziladi.
Preparat komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgandan keyin ishlatilmasin.
Yorug‘likdan ximoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Retseptsiz
Surtma 30 g, 40 g dan alyumin tubalarda.
Har bir tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.