Levofloksatsin Ultraretsept bilan

Tarkibi:

faol modda: levofloksatsin gemigidrati 250 mg yoki 500 mg levofloksatsinga ekvivalent; yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, ikki asosli kaltsiy fosfati, mikrokristallik tsellyuloza, krospovidon (K-30), talk, magniy stearati, natriy kraxmalglikolyat, natriy kroskarmeloza.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

levofloksatsin

Preparatning savdo nomi:

Levofloksatsin Ultra

Farmakalogik guruhi:

Antibakterial sintetik vosita (ftorxinolonlar guruhi).

Dori shakli:

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

oval shklli, sariq rangli bir tomonida riskali qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Antibakterial sintetik vosita (ftorxinolonlar guruhi).

J01MA12

Ichga qabul qilinganidan keyin Levofloksatsin me’da-ichak yo‘llaridan tez va to‘liq so‘riladi va 1-2 soatdan keyin maksimal kontsentratsiyasiga erishiladi. Peroral qo‘llanganida mutloq biokiraolishligi taxminan 99% ni tashkil qiladi. Oqsillar bilan bog‘lanishi 24-38% ni tashkil qiladi. Preparat organizmning to‘qimalarida yaxshi taqsimlanadi. O‘pka to‘qimasidagi kontsentratsiyasi plazmadagi kontsentratsiyasidan 2-5 marta yuqori. Levofloksatsin cheklangan metabolizmga uchraydi. Levofloksatsinning yarim chiqarilish davri o‘rtacha 6-8 soatni tashkil qiladi. Ichga qabul qilinganidan keyin qabul qilingan dozaning taxminan 87% siydik bilan o‘zgarmagan holda 48 soat davomida, qabul qilingan dozaning 4% dan kamrog‘i esa axlat bilan 72 soat davomida chiqariladi.

Levofloksatsinga sezgir bakteriyalar bilan infektsiyalanish natijasida rivojlangan infektsion-yallig‘lanish kasalliklari: qorin bo‘shlig‘i a’zolarining infektsiyalari;surunkali bronxitning zo‘rayishi;kasalxonadan tashqari pnevmoniyalar;prostata bezining yallig‘lanishi;o‘tkir sinusit;siydik-chiqarish yo‘llarining asoratsiz infektsiyalari;bakteriyemiya/septitsemiya (qo‘llanishdagi ta’rifida keltirilganlar bilan assotsiyalangan);siydik chiqarish yo‘llarining asoratlangan infektsiyalari (shu jumladan piyelonefrit);yumshoq to‘qimalar va teri qoplamalariinng infektsion kasalliklarida qo‘llanadi.

Ichga buyuriladi. Preparatni butunligicha, chaynamasdan, ko‘p miqdordagi suv bilan qabul qilish kerak. Levofloksatsin kapsulasini ovqat qabul qilishdan qat’iy nazar qabul qilish mumkin. Preparat kattalarga peroral jadvalda ko‘rsatilganidek buyuriladi:

Teri reaktsiyalari va o‘ta yuqori sezuvchanlikning umumiy reaktsiyalari: ba’zi hollarda: terining qichishishi va qizarishi; kam hollarda: eshakemi, bronxlarni torayishi va og‘ir bo‘g‘ilishlar, shuningdek kam hollarda teri va shilliq qavatlarini shishi (masalan, yuz va xalqum sohasida) kabi simptomlar bilan bo‘lgan o‘ta yuqori sezuvchanlikning umumiy reaktsiyalari (anafilaktik va anafilaktoid reaktsiyalar). Juda kam hollarda: arterial bosimning to‘satdan pasayishi va shok; quyosh va ultrabinafsha nurlanishga yuqori sezuvchanlik. Alohida hollarda: pufakchalarni hosil bo‘lishi bilan kechuvchi terini og‘ir toshmalari, masalan, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi) va ko‘pshaklli ekssudativ eritema. O‘ta yuqori sezuvchanlikning umumiy reaktsiyalari oldidan ba’zida yengilroq teri reaktsiyalari kuzatilishi mumkin. Yuqorida ta’kidlangan reaktsiyalar Levofloksatsinning birinchi dozasi yuborilganidan bir necha minut yoki soat o‘tgach rivojlanadi. Me’da-ichak yo‘llariga va moddalar almashinuviga ta’siri: tez-tez: ko‘ngil aynishi, diareya; ba’zi hollarda: ishtahani yo‘qolishi, qusish, qorinda og‘riq, ovqat hazm qilishning buzilishi; kam hollarda: qonli ich ketishi, u juda kam hollarda ichakni yallig‘lanishi va xatto soxtamembranoz kolit belgilari bo‘lishi mumkin; juda kam hollarda: qandli diabeti bo‘lgan bemorlar uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, qonda qand miqdorining pasayishi (gipoglikemiya); gipoglikemiyaning mumkin bo‘lgan belgilari: “bo‘ri” ishtahasi, asabiylik, terlash, titrash. Boshqa xinolonlarni qo‘llash tajribasi porfiriyasi bo‘lgan bemorlarda, ularni ushbu kasalligini zo‘rayishini chaqirish qobiliyatiga egaligini ko‘rsatadi. Bunday samara Levofloksatsin qo‘llanganida ham istisno qilinmaydi. Nerv tizimiga ta’siri: ba’zan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi va/yoki tormozlanib qolish, uyquchanlik, uyquning buzilishi; kam hollarda: noxush hislar (masalan, qo‘l panjalarining paresteziyalari), qaltirash, bezovtalik, qo‘rquv holati, tirishish xurujlari va ongning chalkashishi; juda kam hollarda: ko‘rish va eshitishni buzilishi, ta’m va hid bilish hissini buzilishlari, taktil sezuvchanlikni pasayishi, gallyutsinatsiya va depressiyalar turidagi psixotik reaktsiyalar, shuningdek xarakatning buzilishi, shu jumladan yurishda. Yurak–qon tomir tizimiga ta’siri: kam hollarda: yurakning tez urishi, arterial bosimini pasayishi; juda kam hollarda: (shokka o‘xshash) qon tomir kollapsi. Mushaklar, paylar va suyaklarga ta’siri: kam hollarda: paylarning shikastlanishi (shu jumladan tendinit), bo‘g‘im va mushak og‘riqlari; juda kam hollarda: paylarning uzilishi (masalan, axillov payini); ushbu nojo‘ya ta’sirlari davolash boshlangandan keyin 48 soat davomida kuzatilishi mumkin va ikki tomonlama xarakterga ega. Myasthenia gravisi bo‘lgan bemorlar uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lgan mushak xolsizligi; alohida hollarda: mushaklarni shikastlanishi (rabdomioliz). Jigar va buyraklarga ta’siri: tez-tez: jigar fermentlarining faolligini oshishi (masalan, alaninaminotrasferazalar va aspartataminotransferazalar); ba’zi hollarda: kon zardobida bilurubin va kreatinin darajasini oshishi (jigar va buyraklar funktsiyasini buzilish belgisi); juda kam hollarda: jigar reaktsiyalari (masalan, jigarni yallig‘lanishi), buyraklar funktsiyasini xatto o‘tkir buyrak yetishmovchiligigacha qadar yomonlashishi, masalan, allergik reaktsiyalar oqibatida (interstitsial nefrit). Qonga ta’siri: ba’zi hollarda: qonning ayrim hujayralari sonini oshishi (eozinofiliya), oq qon tanachalari sonini kamayishi (leykopeniya); kam hollarda: ayrim oq qon tanachalarining sonini kamayishi (neytropeniya), qon quyilishi yoki qon ketishlariga moyillikni kuchaytirish qobiliyatiga ega bo‘lgan trombotsitlar sonini kamayishi (trombotsitopeniya); juda kam hollarda: og‘ir og‘riqli simptomlarning rivojlanishiga yordam beruvchi (tana xaroratini turg‘un yoki qaytalanuvchi oshishi, tomoqni yallig‘lanishi va holatning turg‘un yomonlashishi) ayrim oq qon tanachalarining sonini juda kuchli kamayishi (agragranulotsitoz); ayrim hollarda: qizil qon tanachalarining sonini, ularning parchalanish natijasida kamayishi (gemolitik anemiya); qonning barcha turdagi hujayralarining sonini kamayishi (pantsitopeniya). Boshqa nojo‘ya ta’sirlari: ba’zi hollarda: umumiy holsizlik (asteniya); juda kam hollarda: isitma, o‘pkada (allergik pnevmonit) yoki mayda qon tomirlarda (vaskulit) allergik reaktsiyalar. Har qanday antibiotiklar bilan davolash odamda normada bo‘ladigan mikrofloraning o‘zgarishini chaqirishi mumkin (bakteriyalar va zamburug‘lar). Shu sababli qo‘llanayotgan antibiotikka chidamli bo‘lgan (ikkilamchi infektsiya) bakteriya va zamburug‘larning jadal ko‘payishi yuz berishi, bu esa ba’zi hollarda qo‘shimcha davolashni talab qilishi mumkin.

Levofloksatsin yoki boshqa xinolonlarni individual o‘zlashtiraolmaslik (shu jumladan anamnezdagi o‘ta yuqori sezuvchanlik);Tutqanoq;Xinolonlar bilan ilgari davolashdagi paylarning shikaslanishi;Bo‘g‘im tog‘aylarining shikastlanishini ehtimoli tufayli, o‘sish davridagi bolalar va o‘smirlar (18 yoshgacha).Homiladorlik;Emizish davrida qo‘llash mumkin emas.

Alyuminiy va magniy saqlovchi antatsidlar, sukralfat va temir saqlovchi preparatlar bir vaqtda qo‘llanganida Levofloksatsinning samaradorligi ahamiyatli susayadi. Shuning uchun bu dori vositalarining qabul qilish orasidagi interval kamida 2 soatni tashkil qilishi kerak. Levofloksatsin bilan tirishishga tayyorgarlik bo‘sag‘asini pasaytiruvchi vositalar birga majmuaviy qabul qilinganida tirishishga tayyorgarlik bo‘sag‘asini ahamiyatli pasayishi kuzatiladi. Bu boshqa xinolonlarga ham taalluqli. Bo‘sag‘ani pasayishi fenbufen, teofillin va ularga o‘xshash nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni qabul qilganda ham kuzatiladi. Levofloksatsin  probenitsid va tsimetidin bilan birga qo‘llaganida, Levofloksatsinning buyrak klirensini pasayishi kuzatiladi. Klinik  bu faqat patsiyentda buyraklar funktsiyasini buzilishlari bo‘lgan xollarda namoyon bo‘lishi mumkin (ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak). Agar patsiyent glyukokortikosteroid vositalarni qabul qilayotgan bo‘lsa, paylarning uzilish xavfi sezilarli oshadi. Agar Levofloksatsin fonida patsiyent bilvosita antikoagulyantlarni qabul qilayotgan bo‘lsa, qonning ivish ko‘rsatkichlarini nazorat qilish kerak. Levofloksatsinni qabul qilganda tsiklosporinning yarim chiqarilish davri oshadi.

Bo‘g‘im tog‘aylarining shikastlanishini hisobga olib, levofloksatsinni bolalar va o‘smirlarni davolash uchun qo‘llash mumkin emas. Keksa yoshdagi bemorlarni davolashda, ushbu guruh bemorlarda ko‘pincha buyraklar funktsiyasining buzilishlari bo‘lishini hisobga olish kerak. Pnevmokokklar chaqirgan juda og‘ir o‘pka yallig‘lanishida, Levofloksatsin optimal terapevtik samara bermasligi mumkin. Kasalxonada orttirilgan va ma’lum qo‘zg‘atuvchilar chaqirgan (Rseudomonas aurogenosa) infektsiyalar, majmuaviy davolashni talab qilishi mumkin. Levofloksatsin  bilan davolash vaqtida ilgari bosh miyaning shikastlanishi bo‘lgan bemorlarda, ya’ni masalan, insult yoki og‘ir jaroxat bilan bog‘liq bo‘lgan tirishish xurujlari rivojlanishi mumkin. Fenbufen, unga o‘xshash nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar yoki teofillin bilan bir vaqtda qo‘llanganida tirishishga tayyorlik  bo‘sag‘asi oshishi mumkin. Levofloksatsin qo‘llanganda fotosensibilizatsiya samarasi (quyoshdan kuyishini eslatuvchi reaktsiyalar bilan kechuvchi bo‘lgan yorug‘likka o‘ta yuqori sezuvchanlik) juda kam kuzatilishiga qaramasdan, fotosensibilizatsiyadan saqlanish maqsadida bemorlarga zarurati bo‘lmasa kuchli quyosh yoki sun’iy ultrabinafsha nurlanishga duchor bo‘lmaslik tavsiya etiladi (masalan, yuqori tog‘ joylarda quyoshda yoki solyariyda bo‘lish). Soxtamembranoz kolitga shubha qilinganda darhol Levofloksatsinni bekor qilish va muvofiq davolashni boshlash lozim. Bunday hollarda ichak motorikasini susaytiruvchi dori vositalarini qo‘llash mumkin emas. Levofloksatsin qo‘llaganida kam kuzatiladigan tendinit (avvalo axillov paylarining yallig‘lanishi) paylarning uzilishiga olib kelishi mumkin. Keksa yoshdagi bemorlar tendinitga ko‘proq moyildirlar. Kortikosteroidlar (GKS) bilan davolash ko‘proq paylarning uzilishi xavfini oshiradi. Tendinitga shubha qilinganda darhol levofloksatsin bilan davolashni to‘xtatish va shikastlangan payni muvofiq davolashni boshlash kerak, masalan, unga tinch holatini ta’minlash (immobilizatsiya). Glyukozo–6–fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlar xinolonlarga eritrotsitlarning parchalanishi (gemoliz) bilan javob berishlar mumkin. Shuning uchun bunday bemorlarni levofloksatsin bilan davolashni, ehtiyotkorlik bilan o‘tkazish lozim. Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarga Levofloksatsin buyurganida, gipoglikemiya rivojlanishi mumkinligini hisobga olish kerak, uni “bo‘ri” ishtahasi, asabiylik, terlash, qaltirashni ko‘rsatadi. Tana harorati normallashgandan so‘ng yoki qo‘zg‘atuvchini ishonchli yo‘qotilganidan keyin  Levofloksatsinni qabul qilishni kamida 48-78 soat davom ettirish tavsiya qilinadi.

Homilador va emizikli ayollarga levofloksatsinni buyurish mumkin emas.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Levofloksatsinning dozasini oshirib yuborilishining simptomlari markaziy nerv tizimi darajasida namoyon bo‘ladi (ongni chalkashishi, bosh aylanishi, ongni buzilishi va tirishish xurujlari). Bundan tashqari, me’da-ichak buzilishlari (masalan, ko‘ngil aynishi) va shilliq qavatlarining shikastlanishi; QT intervalini uzayishi (terapevtikdan yuqori aniq dozalarni qo‘llanishi bilan bo‘lgan tekshirishlarida ko‘rsatilgan) kuzatilishi mumkin. Davolashni bor bo‘lgan simptomlarga qarab belgilanadi. Levofloksatsin gemodializ va peritoneal dializ orqali chiqarilmaydi. Maxsus antidoti yo‘q.

Retsept bo‘yicha

Tabletkalar 6 tabletkadan (1x6) kontur uyali o‘ramlarda.

2 yil.