Levofloksatsinretsept bilan

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

levofloksatsin (levofloxacin)

Preparatning savdo nomi:

Levofloksatsin

Farmakalogik guruhi:

Antibakterial preparatlar – xinolon hosilalari. Ftorxinolonlar.

Dori shakli:

kapsulalar 250 mg.

sariq rangli 0 raqamli qattiq, jelatin kapsulalar.

Antibakterial preparatlar – xinolon hosilalari. Ftorxinolonlar.

– Streptococcus pneumoniae, Haemophilus influenzae, Moraxella catarrhalis chaqirgan o‘tkir sinusit, o‘rta otit – bakterial infektsiyalar (Staphylococcus aureus, Streptococcus pneumoniae, Haemophilus influenzae, Haemophilus parainfluenzae, Moraxella catarrhalis) bilan bog‘liq bo‘lgan surunkali bronxitning zo‘rayishi – kasalxonadan tashqari pnevmoniya; – Streptococcus aereus, Streptococcus pyogenes chaqirgan teri va yumshoq to‘qimalarning asoratlanmagan infektsiyalari (yengil va o‘rtacha og‘irlik darajasidagi), shu jumladan abstsess, flegmona, furunkul, impetigo, piodermiya, jarohat infektsiyalari – Escherichia coli, Klebsiella pneumoniae, Starhilococcus saprophyticus chaqirgan siydik-chiqarish yo‘llarining asoratlanmagan (yengil va o‘rtacha og‘irlik darajadagi) infektsiyalari; – Enterococcus faecalis, Enterobacter cloacae, Escherichia coli, Klebsiella pneeumoniae, Proteus mirabilis, Pseudomonas aeruginosa chaqirgan – siydik-chiqarish yo‘llari va buyraklarning asoratlangan infektsiyalari (yengil va o‘rtacha og‘irlik darajadagi). – Chlamydia pneumoniae, Chlamydia psittaci, Chlamydia trachomatis chaqirgan surunkali bakterial prostatit – Escherichia coli chaqirgan o‘tkir piyelonefrit (yengil va o‘rtacha og‘irlik darajasidagi) ni davolash uchun qo‘llaniladi.

Levofloksatsin ichga buyuriladi, doza infektsiyaning og‘irlik darajasini hisobi bilan belgilanadi. Kapsulalarni chaynamasdan, yetarli miqdordagi suyuqlik bilan (0,5 dan 1 stakangacha) ovqatdan oldin yoki ovqat qabul qilishlar orasida istalgan vaqtda qabul qilinadi. Levofloksatsinning kattalar va 16 yosh va undan oshgan o‘smirlar uchun odatdagi dozasi har 24 soatda 250-500 mg ni tashkil qiladi. Davolash davomiyligi kasallikni kechishiga bog‘liq va u 14 kundan oshmasligi kerak. Buyrak faoliyati me’yorida yoki o‘rtacha pasaygan patsiyentlarga (kreatinin klirensi >50 ml/min) preparatning quyidagi dozalash tartibi tavsiya qilinadi: sinusit (burunning yon bo‘shliqlarini yallig‘lanishi) – 2 kapsuladan kuniga 1 marta, 10-14 kun davomida buyuriladi; surunkali bronxitni zo‘rayishi – 1 yoki 2 kapsuladan kuniga 1 marta, 7-10 kun davomida.

Allergik reaktsiyalar:  ba’zida – terini qichishishi va qizarishi; kam – anafilaktik va anafilaktoid reaktsiyalar (eshakemi, yuzni shishi, fotosensibilizatsiya kabi belgilar bilan namoyon bo‘ladigan); juda kam – AB ni to‘satdan pasayishi va shok; alohida hollarda – Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi) va eksudativ ko‘p shaklli eritema. Nerv tizimi va sezgi a’zolari tomonidan: ba’zida – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, toliqish, ta’m va taktil sezuvchanlikni buzilishi; kam – qo‘l-panjalarida paresteziyalar, qaltirash, bezovtalik, qo‘rquv hissi, tirishish xurujlari va ongni chalkashishi; juda kam – ko‘rishni va eshitishni pasayishi, ta’m va hid bilishni buzilishi, taktil sezuvchanlikni pasayishi, diqqatni jamlashni buzilishi, gallyutsinatsiyalar va depressiyalar kabi psixotik reaktsiyalar, koordinatsiyani buzilishi (shu jumladan yurishdagi), tutqanoq xurujlari (moyilligi bo‘lgan patsiyentlarda). Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – ko‘ngil aynishi, diareya (juda kam hollarda qon bilan, bu ichakni yallig‘lanishi yoki soxtamembranoz kolitning belgilari bo‘lishi mumkin), ba’zida – ishtahani yo‘qolishi, qusish, qorinda og‘riqlar, ovqat hazm bo‘lishini buzilishi, kam – og‘izni qurishi, me’da-ichakdan qon ketishlar; juda kam – jigar faoliyatini buzilishi (gepatit, xolelitaz). Qon-yaratish a’zolari tomonidan: ba’zida – eozinofiliya, leykopeniya; kam – neytropeniya, trombotsitopeniya (qon quyilishlariga yoki qon ketishiga moyillikda); juda kam – yaqqol agranulotsitoz (tana haroratini turg‘un yoki qaytalanuvchi oshishi, bodomsimon bezlarni yallig‘lanishi va holatining turg‘un yomonlashuvi bilan birga kechadigan); alohida hollarda – gemolitik anemiya, pantsitopeniya. Yurak-tomir tizimi tomonidan: kam – taxikardiya, gipotenziya va gipertenziya; tez-tezligi noma’lum – anomal juda tez yurak ritmi, hayotga xavf tug‘diruvchi nomuntazam yurak ritmi, EKG da tasdiqlangan (QT intervalini uzayishi deb nomlanadigan) yurak ritmini o‘zgarishlari. Suyak-mushak tizimi tomonidan: kam – paylarni shikastlanishi (shu jumladan tendinit), bo‘g‘im va mushak og‘rig‘i; juda kam – axillov payini uzilishi (ikki tomonlama xarakterga ega va davolash boshlanganidan keyin 48 soat davomida namoyon bo‘ladi), mushak zaifligi (miasteniyali bemorlar uchun muhim ahamiyatga ega); alohida hollarda – rabdomioliz. Siydik-chiqarish tizimi tomonidan: ba’zida – vaginit, juda kam – buyraklar faoliyatini, xatto o‘tkir buyrak yetishmovchiligiga yomonlashishi (masalan, allergik reaktsiyalar oqibatidagi – interstitsial nefrit). Boshqalar: ba’zida – asteniya; ko‘p terlash; juda kam – gipoglikemiya, isitma, allergik pnevmonit, vaskulit. Laboratoriya ko‘rsatkichlari: ba’zida – ALT, AST faolligini oshishi, kreatininning qon zardobidagi miqdorini oshishi; kam – LDG ni oshishi, glyukozaning miqdorini oshishi yoki kamayishi.

Levofloksatsinga yoki boshqa xinolonlarga o‘ta yuqori sezuvchanlik; tutqanoq, anamnezidagi xinolonlarni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan paylarni shikastlanishi; buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 50 ml dan kam), glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi, gemodializni o‘tkazish, homiladorlik, laktatsiya davri, bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda qo‘llash mumkin emas.

Agar Siz yuragingiz ritmini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan boshqa dori vositalar: antiaritmik dori vositalar (xinidin, gidroxinidin, dizopiramid, amiodaron, sotalol, dofetilid, ibutilid), tritsiklik antidepresantlar, makrolidlar guruhiga mansub ayrim mikroblarga qarshi preparatlar, ayrim neyroleptiklarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz, Siz shifokorga xabar berishingiz lozim. Fenbufen va unga o‘xshash nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalari, teofillin bilan majmuaviy davolanganda, preparat tirishishga tayyorgarlik bo‘sag‘asini kamaytirishi mumkin. Sukralfat, temir tuzlari va alyuminiy saqlovchi antatsid vositalari levofloksatsinning samarasini kamaytiradi (preparatlarni qabul qilish orasidagi interval 2 soatdan kam bo‘lmasligi kerak). Varfarin bilan bir vaqtda qo‘llanganida protrombin vaqti va qon ketishi xavfi (MNO, protrombin vaqti va koagulyatsiyaning boshqa ko‘rsatkichlarini sinchkov monitoringini o‘tkazish kerak), shuningdek qon ketishi mumkin bo‘lgan belgilarini  monitoringi zarur) oshadi. Tsimetidin va probentsid ta’siri ostida levofloksatsinni chiqarilishi biroz sekinlashadi. Levofloksatsin qon plazmasidan tsiklosporinning T1/2  biroz oshishini chaqiradi. Glyukokortikoidlar paylarni uzilish xavfini oshiradi (ayniqsa keksalarda). Alkogol markaziy nerv tizimi tomonidan nojo‘ya samaralarini (bosh aylanashi, karaxtlik, uyquchanlik) kuchaytirishi mumkin. Diabeti bo‘lgan, peroral gipoglikemik vositalarini yoki insulin qabul qilayotgan bemorlarda, levofloksatsinni qabul qilish fonida gipo- yoki giperglikemik holatlar  bo‘lishi mumkin (glyukozaning qondagi darajasini sinchiklab monitoringini o‘tkazish tavsiya qilinadi). Laborator va diagnostik tadqiqotlarning natijalariga ta’siri Levofloksatsinni qabul qilayotgan patsiyentlarda siydikda opiatlarni aniqlash bo‘yicha tekshiruvlar soxta musbat natijalarni berishi mumkin. Ehtimol, opiatlarni borligi yuzasidan tahlilning musbat natijalarini yanada spetsifik usullar yordamida tasdiqlash zarurati tug‘ilishi mumkin. Levofloksatsin tuberkulyoz mikobakteriyalarini o‘sishini susaytirishi (ingibirlashi) va tuberkulyozning bakteriologik diagnostikasida soxta manfiy reaktsiya berishi mumkin.

Namlikdan va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Simptomlari: ongni chalkashishi, bosh aylanishi va tirishish xurujlari, ko‘ngil aynishi, shilliq qavatlarini eroziv shikastlanishi. Davolash: simptomatik davolash (maxsus antidoti yo‘q), dializ orqali chiqarilmaydi.

Shifokor retsepti bo‘yicha

10 kapsuladan kontur uyali o‘ramda; 1 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga qutida.

3 yil.