Levimikol MR

Tarkibi:

Faol moddalar: levomitsetin (xloramfenikol) – 7,5 mg, metiluratsil (dioksometiltetragidropirimidin) – 40 mg. Yordamchi moddalar: makrogol 1500 (polietilenoksid 1500), makrogol 400 (polietilenoksid 400)

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Xloramfenikol, metiluratsil.

Preparatning savdo nomi:

Levimikol-MR

Farmakalogik guruhi:

Antibiotik (xloramfenikol guruhi).

Dori shakli:

Surtma

Oq yoki oq sarg‘ish tusli rangli surtma.

Antibiotik (xloramfenikol guruhi).

D06AX02

Infektsiyalangan yaralar (shikastlanish jarayonining birinchi yiringli-nekrotik bosqichida), furunkullar va boshqa yiringli teri jarohatlari, uzoq muddat bitmaydigan trofik yaralar, II va III darajadagi kuyishlarni davolashda qo‘llanadi.

Sirtga. Yaraga standart ishlov berilgandan keyin (nekrotik to‘qimalarni mexanik olib tashlash, vodorod peroksidi bilan yuvish) surtma bilan shimdirilgan steril doka salfetkalar bilan yara g‘ovakli to‘ldiriladi. Preparat kateter (drenaj trubka) orqali yiring bo‘shlig‘iga shprits yordamida yuborilishi mumkin. Bunday hollarda surtma oldindan 35-360 S-gacha isitiladi. Bog‘lovlarni har kuni yara yiringli-nekrotik massalardan toza bo‘lguncha o‘tkaziladi.

Teri toshmasi kabi allergik reaktsiyalar. Bunday hollarda preparatni qo‘llash to‘xtatiladi va desensibilizatsiyalovchi davolash o‘tkaziladi.

Preparat komponentlariga  shaxsiy yuqori sezuvchanlik.

Preparatni bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgandan keyin ishlatilmasin.

Salqin, yorug‘likdan ximoyalangan joyda, 2oS dan 15oS gacha haroratda saqlansin.

Retseptsiz

Surtma 30 g dan tubalarda. Har bir tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

3 yil.