Letrozolretsept bilan

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: letrozol – 2,5 mg; yordamchi moddalar: natriy karboksimetilkraxmal, o‘ta jelatinlangan kraxmal, kolloid kremniy dioksidi, laktoza monogidrati 200 (sut qandi), magniy stearati, mikrokristall tsellyuloza 101 turi, plyonka qobig‘i: Advantiya Praym 144900VA01 (gipromelloza, titan dioksidi, makrogol, temir (II) oksidi bo‘yovchisi).

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

letrozol (letrozole)

Preparatning savdo nomi:

Letrozol

Farmakalogik guruhi:

o‘smalarga qarshi vosita, estrogenlar sintezini ingibitori.

Dori shakli:

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

dumaloq, ikki tomonlama qavariq, krem tusli och sariq rangli, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, ko‘ndalang kesimida yupqa plyonka qobig‘i va oq yoki deyarli oq rangli yadrosi ko‘rinadi.

o‘smalarga qarshi vosita, estrogenlar sintezini ingibitori.

L02BG04

Letrozol me’da-ichak yo‘llari (MIY) dan tez va to‘liq so‘riladi, biokiraolishligi – taxminan 99% ni tashkil etadi. Ovqatlanish so‘rilish tezligini biroz pasaytiradi. Qonda letrozolning maksimal kontsentratsiyasiga erishish vaqti (TCmax) – letrozolni och qoringa qabul qilinganida taxminan 1 soatni va ovqat bilan birga qabul qilinganida taxminan 2 soatni tashkil etadi. Muvozanatli kontsentratsiyasiga 2,5 mg sutkalik dozada har kuni qabul qilinganida 2-6 haftadan keyin erishiladi. Plazma oqsillari (asosan albuminlar) bilan bog‘lanishi – taxminan 60% ni tashkil etadi. Eritrotsitlarda letrozolning kontsentratsiyasi plazmadagi kontsentratsiyasining taxminan 80% ni tashkil etadi. Muvozanatli holatda taxminiy taqsimlanish hajmi – o‘rtacha 1,5-2 l/kg ni tashkil etadi. Preparat uzoq muddat qo‘llanganida organizmda to‘planishi kuzatilmaydi. CYP3A4 va CYP2A6 izofermentlari ta’sirida ahamiyatli darajada metabolizmga uchrab, farmakologik jihatdan nofaol karbinol birikmasini hosil qiladi. Asosan buyraklar orqali metabolitlar holida, kamroq darajada esa ichak orqali chiqariladi. Yarim chiqarilish davri (T1/2) taxminan 48 soatni tashkil etadi. O‘rtacha darajadagi jigar yetishmovchiligida (Chayld-Pyu tasnifi bo‘yicha V sinfi) “kontsentratsiya-vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydon (AUC) ni 37% ga oshishi kuzatilgan, biroq bunday ko‘tarilish jigar faoliyatini buzilishi bo‘lmagan shaxslarda kuzatiladigan qiymatlar diapazonida qoladi. Jigar tsirrozi bo‘lgan bemorlarda va og‘ir darajadagi jigar yetishmovchiligida (Chayld-Pyu tasnifi bo‘yicha S sinf) AUC 95% ga va T1/2 187% ga oshadi.

Ayollarda postmenopauza davrida sut bezining musbat gormonal retseptorlari bo‘lgan rakini erta bosqichlarida, ad’yuvant terapiya sifatida.Ayollarda postmenopauza davrida sut bezi rakining erta bosqichlarida tamoksifen bilan standart ad’yuvant terapiya tugaganidan so‘ng davomli ad’yuvant davolash sifatida.Ayollarda postmenopauza davrida sut bezining gormonga bog‘liq tarqoq rakini birinchi qator dori vositasi sifatida davolash.Ayollarda postmenopauza davrida sut bezining, antiestrogenlar bilan davolash fonida avj olib boruvchi tarqoq rakini davolashda qo‘llaniladi.

Ovqatlanishdan qat’iy nazar ichga qabul qilinadi. Tavsiya etilgan dozasi 2,5 mg ni tashkil etadi, har kuni sutkada 1 marta qabul qilinadi. Davolash uzoq vaqt davom etadi. Uzaytirilgan ad’yuvant terapiya sifatida, davolash 5 yil (ammo 5 yildan ko‘p emas) mobaynida davom etishi kerak. Kasallikni avj olib borish belgilari paydo bo‘lganida preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak. Keksa yoshdagi patsiyentlarda preparatning dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Jigar yoki buyrak faoliyatini buzilishlarida (kreatinin klirensi minutiga ≥10 ml) preparatning dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi, shunday bo‘lsa ham, og‘ir darajadagi jigar yetishmovchiligi (Chayld-Pyu tasnifi bo‘yicha S sinf) va og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyent ayollar doimiy kuzatuvda bo‘lishlari kerak.

Nojo‘ya reaktsiyalar, ular qayd etilgan tez-tezligiga qarab, quyidagi gradatsiyalarga muvofiq sanab o‘tilgan: juda tez-tez (> 10%); tez-tez (> 1% va < 10%); tez-tez emas (≥ 0,1% va < 1%); kam hollarda (> 0,01% va < 0,1%); juda kam hollarda (< 0,01%), shu jumladan ayrim xabarlar. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – ko‘ngil aynishi, qusish, dispepsiya, qabziyat, diareya, anoreksiya; tez-tez emas – qorinda og‘riq, stomatit, og‘izni qurishi, “jigar” fermentlari faolligini oshishi; juda kam hollarda – gepatit. Nerv tizimi tomonidan: tez-tez – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, depressiya; tez-tez emas – xavotirlik hissi, asabiylik, ta’sirchanlik, uyquchanlik, uyqusizlik, xotirani yomonlashishi, dizesteziya, paresteziya, gipesteziya, ta’m bilishni buzilishi, bosh miyada qon aylanishini buzilish hurujlari. Qon yaratish a’zolari tomonidan: tez-tez emas – leykopeniya. Yurak qon-tomir tizimi tomonidan: tez-tez emas – yurak urishini his etish, taxikardiya, yuza va chuqur venalar trombozi, arterial bosimni oshishi, yurak-qon tomir tizimining ishemik buzilishlari (stenokardiya, miokard infarkti, yurak yetishmovchiligi); kam hollarda – tromboemboliya, o‘pka arteriyalari emboliyasi, arteriyalar trombozi, insult. Nafas tizimi tomonidan: tez-tez emas – hansirash, yo‘tal. Teri va teri osti yog‘ kletchatkasi tomonidan: tez-tez – alopetsiya, kuchli terlash, teri toshmasi (shu jumladan, eritematoz, makulopapulyoz, vezikulyar toshma, psoriazsimon toshma); tez-tez emas – terini qichishishi, terini qurishi, eshakemi; juda kam hollarda – angionevrotik shish, anafilaktik reaktsiyalar, Layell sindromi (toksik epidermal nekroliz), Stivens-Djonson sindromi (havfli ekssudativ eritema). Suyak-mushak tizimi tomonidan: juda tez-tez – artralgiya; tez-tez – mialgiya, ossalgiya, osteoporoz, suyaklarni sinishi; tez-tez emas – artrit. Sezgi a’zolari tomonidan: tez-tez emas – katarakta, ko‘zlarni ta’sirlanishi, ko‘rishni noaniqligi, ta’m bilish hissini buzilishi. Siydik tanosil tizimi tomonidan: tez-tez emas – tez-tez siyish, siydik chiqarish yo‘llarining infektsiyalari, vaginal qon ketishlar, qindan ajralmalarni ajralishi, qin shilliq qavatini qurishi, sut bezida og‘riq. Boshqalar: juda tez-tez – “qizib ketish” hissi; tez-tez – kuchli toliqish, asteniya, lohaslik, periferik shishlar, tana vaznini oshishi, ishtahani oshishi; tez-tez emas – tana vaznini kamayishi, giperxolesterinemiya, chanqoqlik, gipertermiya, shilliq qavatlarni qurishi, tarqoq shishlar, o‘smalar joylashgan o‘choqlarda og‘riq.

Letrozolga yoki preparatning har qanday boshqa komponentiga yuqori sezuvchanlik;Reproduktiv davr uchun xos bo‘lgan endokrin status.Homiladorlik, emizish davri.18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar.

Hozirgi vaqtda letrozolni o‘smalarga qarshi boshqa vositalar bilan majmuada qo‘llash bo‘yicha klinik tajribalar mavjud emas. Letrozol va tamoksifen sutkada 20 mg dozada bir vaqtda qo‘llanganida letrozolning plazmadagi kontsentratsiyasini 38% ga kamayishi kuzatilgan. Letrozolni varfarin va tsimetidin bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta’siri kuzatilmagan. Letrozol CYP2A6 va CYP2C19 izofermentlarining faolligini susaytiradi. Garchi CYP2A6 izofermenti dori preparatlarining metabolizmida ahamiyatli rol o‘ynamasligi tufayli, metabolizmida CYP2A6 izofermenti ishtirok etuvchi dori preparatlar bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta’sir kutilmaydi. In vitro sharoitlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar, letrozol, muvozanatli kontsentratsiyalardan 100 marta yuqori kontsentratsiyalarda qo‘llanganida, diazepamning (CYP2C19 izofermentining substrati) metabolizmini ahamiyatli susaytirmasligini ko‘rsatdi. Shunday qilib, metabolizmida CYP2C19 izofermenti ishtirok etadigan dori preparatlari bilan klinik jihatdan ahamiyatli o‘zaro ta’sir qilish ehtimoli kam. Shunga qaramay, letrozol va asosan yuqorida nomi keltirilgan izofermentlar ishtirokida metabolizmga uchraydigan va tor terapevtik diapazoniga ega bo‘lgan preparatlar birga qo‘llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Og‘ir darajadagi jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyent ayollar preparat bilan davolanish vaqtida doimiy kuzatuvda bo‘lishlari kerak. Perimenopauza va erta postmenopauza davrlarida homiladorlik kuzatilishi mumkinligini inobatga olib, preparat bilan davolanish vaqtida ayollar barqaror postmenopauzal gormonal daraja aniqlangunicha ishonchli kontratseptsiya usullaridan foydalanishlari kerak. Preparatning, umumiy holsizlik va bosh aylanishi kabi ba’zi nojo‘ya samaralari avtotransportni haydash va diqqatni jamlash hamda psixomotor reaktsiyalar tezligini talab etuvchi potentsial havfli faoliyat turlarini bajarish qobiliyatiga ta’sir qilishi mumkin. Shu sababli transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Letrozolning dozasini oshirib yuborilishi yuzasidan ayrim xabarlar mavjud. Bunda dozani oshirib yuborilishining spetsifik simptomlari mavjud emas. Dozani oshirib yuborilishini spetsifik davolash usullari ma’lumotlar cheklanganligi sababli noma’lum. Dozasi oshirib yuborilganida qusishni chaqirish va simptomatik hamda tutib turuvchi davolashni o‘tkazish tavsiya etiladi. Letrozol plazmadan gemodializ yordamida chiqariladi.

Retsept bo‘yicha

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar 2,5 mg. 30 tabletka dori vositalari uchun mo‘ljallangan polimer bankalarda. Bankadagi bo‘shliq gigroskopik tibbiy paxta bilan to‘ldiriladi. Har bir banka davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalari bilan birga karton qutiga joylanadi.

2 yil.