Leflotsinretsept bilan

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi; faol modda: 100 % moddaga qayta hisoblaganda 5 mg levofloksatsin polugidrati; yordamchi moddalar: natriy xloridi, dinatriy edetati, inyektsiya uchun suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

levofloksatsin

Preparatning savdo nomi:

Leflotsin

Farmakalogik guruhi:

Xinolonlar guruhiga mansub antibakterial vosita. Ftorxinolonlar. Levofloksatsin.

Dori shakli:

infuziya uchun eritma.

tiniq, sariq yoki yashil-sarg‘ish rangli suyuqlik.

Xinolonlar guruhiga mansub antibakterial vosita. Ftorxinolonlar. Levofloksatsin.

J01MA12

So‘rilishi Levofloksatsinni vena ichiga yuborilgandan va peroral qabul qilingandan keyin farmakokinetikasida ahamiyatli farqi yo‘q. Vena ichiga yuborilgandan so‘ng preparat bronxlar shilliq qavati va o‘pka to‘qimasining bronxial sekretida (o‘pkadagi kontsentratsiyasi qon plazmasidagidan oshadi), siydikda to‘planadi. Levofloksatsin orqa miya suyuqligiga yomon o‘tadi. Taqsimlanishi Levofloksatsinning taxminan 30-40 % ni qon zardobi oqsilari bilan bog‘lanadi. Levofloksatsinni sutkada 1 marta 500 mg dan ko‘p marta qo‘llanganda to‘planish samarasi deyarli yo‘q. Bir kunda ikki marta 500 mg dozadan qo‘llanilganda ahamiyatsiz, oldindan aytish mumkin bo‘lgan to‘planish samarasi bor. Turg‘un holatiga 3 kun davomida erishiladi. Organizmning to‘qima va suyuqliklariga o‘tishi Bronxlar shilliq qavati, o‘pka to‘qimasining bronxial suyuqligiga (O‘TBS) o‘tishi 500 mg levofloksatsin peroral qo‘llanilgandan keyin, bronxlar shilliq qavati va o‘pka to‘qimasining bronxial suyuqligidagi maksimal kontsentratsiyasi, muvofiq ravishda        8,3 mkg/g va 10,8 mkg/g ni tashkil qiladi. Bu ko‘rsatkichlarga preparat qo‘llangandan keyin bir soat davomida erishildi. O‘pka to‘qimasiga o‘tishi 500 mg levofloksatsin peroral qabul qilgandan so‘ng, o‘pka to‘qimalaridagi maksimal kontsentratsiyasi 11,3 mkg/g ni tashkil qildi va preparat qo‘llangandan keyin 4-6 soat o‘tgach erishildi. O‘pkadagi kontsentratsiyasi qon plazmasidagi kontsentratsiyasidan oshadi. O‘t pufagi ichidagisiga o‘tishi O‘t pufagi ichidagisiga o‘tishi preparat qo‘llangandan so‘ng, sutkada 500 mg dozada bir yoki ikki marta qo‘llashga qarab muvofiq ravishda 2-4 soatdan so‘ng va 3 kundan so‘ng levofloksatsinning maksimal kontsentratsiyasi 4,0-6,7 mkg/ml ga erishildi. Orqa miya suyuqligiga o‘tishi Levofloksatsin orqa miya suyuqligiga yomon o‘tadi. Prostata to‘qimasiga o‘tishi 500 mg levofloksatsinni sutkada 1 marta 3 kun davomida qo‘llangandan so‘ng, prostata to‘qimasidagi o‘rtacha kontsentratsiyasi 2 soat, 6 soat va 24 soatda muvofiq ravishda             8,7 mkg/g, 8,2 mkg/g va 2,0 mkg/g ni tashkil qiladi; prostata/plazma kontsentratsiyasining o‘rtacha koeffitsiyenti 1,84 ni tashkil qiladi. Siydikdagi kontsentratsiyasi Levofloksatsinning 150 mg, 300 mg va 500 mg dozasini bir marta qabul qilgandan so‘ng 8-12 soatdan so‘ng siydikdagi o‘rtacha kontsentratsiyasi, muvofiq ravishda 44 mg/l, 91 mg/l va 200 mg/l ni tashkil qiladi. Biotransformatsiyasi Levofloksatsin juda kam miqdorda metabolizmga uchraydi, dismetil- levofloksatsin va levofloksatsin N-oksid metabolitlari hisoblanadi. Bu metabolitlar siydik bilan chiqariladigan preparatning 5% dan kamrog‘ini tashkil qiladi. Levofloksatsin stereokimyoviy turg‘un hisoblanadi va xiral tuzilishi inversiyaga uchramaydi. Chiqarilishi Levofloksatsin peroral va vena ichiga yuborilgandan so‘ng, qon plazmasidan nisbatan sekin chiqariladi (yarim chiqarilish davri 6-8 soatni tashkil qiladi). Odatda buyrak orqali chiqariladi (yuborilgan dozaning 85% dan ko‘prog‘i). Levofloksatsin vena ichiga yuborilganidan va peroral qabul qilingandan keyingi farmakokinetikasida nisbatan ahamiyatli farqi yo‘q, bu ikkala yo‘l (peroral va vena ichiga) bir-birining o‘rnini bosishi mumkinligidan dalolat beradi. To‘g‘ri proportsional Levofloksatsin  50-600 mg diapazonda to‘g‘ri chiziqli farmakokinetikaga ega. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar proportsional Buyrak yetishmovchiligi levofloksatsinning farmakokinetikasiga ta’sir qiladi. Buyrak faoliyati pasayganda quyida keltirilgan jadvalda ko‘rsatilganidek buyrak orqali chiqarilishi va klirensi kamayadi, yarim chiqarilish davri esa uzayadi: Kreatinin klirensi (ml/minut)<2020-4050-80Buyrak klirensi (ml/minut)132657Yarim chiqarilish davri (soatlar)35279

Vena ichiga yuborish uchun Leflotsin® kattalarda bakterial yallig‘lanish jarayonlarni davolash uchun, agar ular levofloksatsinga sezgir bakteriyalar tomonidan chaqirilgan bo‘lsa buyuriladi: o‘pka yallig‘lanishi, siydik chiqaruv yo‘llarining asoratlangan infektsiyalari (shu jumladan, piyelonefrit), teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalari, surunkali bakterial prostatitda qo‘llanadi.

Vena ichiga yuborish uchun Leflotsin® ni rezina tiqini teshilgandan keyin darhol (3 soat davomida) qo‘llash kerak. Infuziya vaqtida yorug‘likdan himoya qilish kerak emas. Vena ichiga yuborish uchun ertimani yorug‘likdan himoyalanmagan holda xona yorug‘ligida maksimum 3 sutka davomida saqlash mumkin. Peroral va parenteral shakllarining biologik ekvivalentligini hisobga olib, bir xil dozalash mumkin. Dozalash infektsiyaning turi va og‘irligiga bog‘liq. Kreatinin klirensi minutiga 50 ml dan yuqori buyrak faoliyati normal bo‘lgan  kattalar uchun, odatda preparatning quyidagi dozalari tavsiya qilinadi: Ko‘rsatmaSutkalik dozaSutkada yuborishlar soniKasalxonadan tashqari pnevmoniyalar500 mg1-2 martaSiydik chiqarish yo‘llarining asoratlangan infektsiyalari, shu jumladan piyelonefrit250 mg*1 martaSurunkali bakterial prostatit500 mg**1 martaTeri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalari500 mg**1-2 marta *Og‘ir infektsiyada dozani oshirish maqsadga muvofiqligini ko‘rib chiqish kerak (bu faqat infuziya uchun eritmalarga taaluqli). **Patsiyentning holatiga qarab, bir necha kun o‘tgandan keyin boshlang‘ich vena ichiga yuborishdan xuddi shu dozada peroral qabul qilishga o‘tish mumkin. ***Anaerob qo‘zg‘atuvchilarga ta’sir qiluvchi antibiotiklar bilan majmuada. Levofloksatsin asosan buyraklar orqali chiqarilishi tufayli, buyrak faoliyati susaygan patsiyentlarda doza kamaytirilishi kerak. Kreatinin klirensi minutiga 50 ml dan kamroqni tashkil etuvchi buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlar uchun dozalash:

Infektsiya va invaziyalar: mikozlar (va boshqa rezistent mikroorganizmlarning proliferatsiyasi) Qon yaratish tizimi va limfatik tizim tomonidan buzilishlar: leykopeniya, eozinofiliya, trombotsitopeniya, neytropeniya, agranulotsitoz, pantsitopeniya, gemolitik anemiya. Immun tizimini buzilishlari: anafilaktik shok (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang), anafilaktik va anafilaktoid reaktsiyalar ba’zida xatto birinchi dozani qabul qilgandan so‘ng paydo bo‘lishi mumkin, yuqori sezuvchanlik (o‘ta yuqori sezuvchanlik) (“Maxsus ko‘rsatmalar”bo‘limiga qarang). Metabolizm va oziqlanishni buzilishlari: anoreksiya, gipoglikemiya, asosan qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlarda (“Maxsus ko‘rsatmalar”bo‘limiga qarang). Ruhiy o‘zgarishlar: uyqusizlik, asabiylik, psixotik buzilishlar, depressiya, ongni chalkashishi, bezovtalik, ajitatsiya, tashvishga tushish, suitsidal yunalishga ega bo‘lgan fikrashni yoki harakatni o‘z ichiga olgan o‘z-o‘zini buzuvchi xatti-harakatli psixotik reaktsiyalar Maxsus ko‘rsatmalar”bo‘limiga qarang), gallyutsinatsiyalar. Nerv tizimini buzilishlari: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, uyquchanlik. Kam hollarda: konvulsiyalar, tremor, paresteziya, sensor yoki sensomotor periferik neyropatiya, disgevziya (ta’m bilishni subyektiv buzilishi), shu jumladan agevziya (ta’m bilishni yo‘qolishi), parosmiyadan (hid bilishni buzilishi), shu jumladan anosmiya (hid bilishni yo‘qolishi). Ko‘rishni buzilishi: ko‘rishni buzilishlari. Eshitish va quloq labirintini buzilishi: vertigo, eshitishni buzilishi, quloqlarda shovqin. Yurak tomonidan buzilishlar: taxikardiya,  elektrokardiogrammada QT intervalini uzayishi (“Maxsus ko‘rsatmalar” (QT intervalini uzayishi) va “Dozani oshirib yuborilishi” bo‘limiga qarang). Vaskulyar buzilishlar: gipotenziya. Nafas, ko‘krak qafasi va mediastinal buzilishlar: bronxospazmlar, dispnoe, allergik pnevmonit. Me’da-ichak yo‘llarini buzilishlari: diareya, ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq, dispepsiya, qorinni dam bo‘lishi, gemorragik diareya, bu kam hollarda soxta membranoz kolitni o‘z ichiga olgan enterokolit haqida dalolat berish mumkin. Gepatobiliar buzilishlar: jigar enzimlari ko‘rsatkichlarini oshishi (ALT/AST, ishqoriy fosfotza, GGTP). Tez-tez emas: asosan og‘ir darajadagi asosiy kasalligi bo‘lgan patsiyentlarda levofloksatsin qabul qilganda qonda bilirubinni oshishi, gepatit, sariqlik va o‘tkir jigar yetishmovchiligi hollarini o‘z ichiga olgan jigarning og‘ir shikastlanish hollari qayd etilgan (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang). Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar: toshma, qichishish, urtikariya, angionevrotik shish, quyosh va ultrabinafsha nurlariga yuqori sezuvchanlik, toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), Stivens-Djonson sindromi, ko‘p shaklli ekssudativ eritema, gipergidroz. Ba’zida hatto birinchi doza qabul qilinganidayoq teri-shilliq qavatlar reaktsiyalari paydo bo‘lishi mumkin. Suyak-mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar: paylarni shikastlanishi (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang), shu jumladan ularni yallig‘lanishi (masalan, axill paylarini), artralgiya, mialgiya, paylarni uzilishi (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang). Bu noxush nojo‘ya ta’sirlar davolash boshlangandan keyin 48 soat davomida paydo bo‘lishi va ikkala oyoqning axill paylarini shikastlashi mumkin. Mushaklarni shikastlanishi (rabdomioliz), ayniqsa og‘ir miasteniya gravis bo‘lgan bemorda bo‘lishi mumkin bo‘lgan mushaklarning kuchsizligi alohida ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Buyrak va siydik chiqarish tizimi tomonidan buzilishlar: qon zardobida kreatinin ko‘rsatkichlarini oshishi, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi (masalan, interstitsial nefrit oqibatida). Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi holat: infuziya joyida og‘riq va qizarish, venalarni yallig‘lanishi (flebit), asteniya, pireksiya, og‘riq (shu jumladan, belda, ko‘krakda va qo‘l-oyoqlardagi og‘riq). Ftorxinolonlarni qabul qilish bilan assotsiatsiyalangan boshqa nojo‘ya ta’sirlar orasida, quyidagilar: ekstrapiramid simptomlar va harakat koordinatsiyasining boshqa buzilishlari;gipersensitiv vaskulit;porfiriyasi bo‘lgan patsiyentlarda porfiriya xurujlari.

Boshqa dori vositalarini Leflotsin® preparatiga ta’siri. Teofillin, fenbufen yoki shunga o‘xshash nosteroid yallig‘lanishga qarshi dori vositalar Levofloksatsinni teofillin bilan o‘zaro farmakokinetik ta’siri aniqlanmagan. Lekin xinolonlarni tirishish bo‘sag‘asini pasaytirishi mumkin bo‘lgan teofillin, nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar va boshqa agentlar bilan bir vaqtda qo‘llaganda, tirishish bo‘sag‘asi ahamiyatli darajada pasayishi mumkin. Levofloksatsinning faqat o‘zini qabul qilgandagiga qaraganda, fenbufen mavjudligida levofloksatsinning kontsentratsiyasi taxminan 13% yuqori. Probenetsid va tsimetidin Probenetsid va tsimetidin levofloksatsinni chiqarilishiga statistik ishonchli ta’sir ko‘rsatadi. Levofloksatsinning buyrak klirensi tsimetidin mavjudligida 24% ga, probenetsid mavjudligida esa 34% ga pasayadi. Chunki ikkala preparatlar levofloksatsinning naychalardagi sekretsiyasini bloklash kabi xususiyatiga ega. Ammo tadqiqotlarda sinalgan dozalarda, statistik ahamiyatli kinetik farqlarni klinik ahamiyatga ega bo‘lish ehtimoli yo‘q. Ayniqsa buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda levofloksatsinni probenetsid va  tsimetidin kabi naychalar sekretsiyasiga ta’sir qiluvchi dori vositalari bilan qo‘llaganda ehtiyotkorlik bilan yondashish kerak. Boshqa ma’lumotlar. Farmakologiyaning klinik tadqiqotlarida, levofloksatsin quyidagi dori vositalari: kaltsiy karbonati, digoksin, glibenklamid, ranitidin bilan birga qo‘llanilganda, levofloksatsinning farmakokinetikasiga hech qanday klinik ahamiyatli ta’sir qilmasligi namoyish qilingan. Leflotsin® preparatining boshqa dori vositalariga ta’siri Tsiklosporin Levofloksatsin bilan birga qo‘llanilganda tsiklosporinning yarim chiqarilish davri 33% ga oshadi. K vitamini antagonistlari K vitamini antagonistlari (masalan, varfarin) bilan bir vaqtda qo‘llanilganda koagulyatsion testlarni (PV/xalqaro me’yorlashtirilgan nisbatlar) oshganligi va/yoki yaqqol rivojlangan qon ketishlari yuzaga kelganligi haqida ma’lumotlar bor. K vitamini antagonistlarini paralell qabul qilayotgan patsiyentlarda, koagulyatsiya ko‘rsatkichlarini nazorat qilib turish tavsiya etiladi (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang). QT intervalini uzaytiruvchi dori vositalari QT intervalini uzaytiruvchi ta’sirga ega bo‘lgan dori vositalarini (masalan;  ІA i III sinfi aritmiyaga qarshi vositalar, tritsiklik antidepressantlar, makrolidlar) qabul qiluvchi patsiyentlarda, boshqa ftorxinolonlar kabi levofloksatsinni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak (“Maxsus ko‘rsatmalar” (QT intervalining uzayishi) bo‘limiga qarang).

Pnevmokokklar chaqirgan o‘pka yallig‘lanishini juda og‘ir kechishida, Leflotsin® preparati optimal terapevtik samara bermasligi mumkin. aeruginosa chaqirgan gospital infektsiyalar majmuaviy davolashda talab qilishi mumkin. Yuborish davomiyligi Leflotsin® preparatining infuziya uchun eritmasini tavsiya etilgan yuborish davomiyligi 500 mg uchun 60 minutdan kam bo‘lmasligi kerak. Ma’lumki, ofloksatsinni tegishli, infuziyasi vaqtida taxikardiya va qon bosimining vaqtinchalik oshishi kuzatilishi mumkin. Kam hollarda qon bosimini birdan tushib ketishini oqibati sifatida tsirkulyator kollaps kuzatilishi mumkin. Agar levofloksatsinni yuborish vaqtida (ofloksatsinning l-izomeri) qon bosimini yaqqol pasayishi kuzatilsa, yuborishni darhol to‘xtatish kerak. Tendinit va paylarni uzilishi Kam hollarda tendinit hollari yuzaga kelishi mumkin. Ko‘pincha bu axill payiga tegishli bo‘ladi va payni uzilishiga olib kelishi mumkin. Keksa yoshdagi patsiyentlarda va kortikosteroidlarni qabul qilayotgan patsiyentlarda tendinit va paylarni uzilish xavfi oshadi. Shuning uchun, agar ularga Leflotsin® preparati buyurilsa, bunday patsiyentlarni sinchkovlik bilan kuzatish kerak. Agar patsiyentlar tendinit simptomlari paydo bo‘lganini kuzatishsa, ular shifokor bilan maslahatlashishlari kerak. Tendenitga shubha qilinganda Leflotsin® preparati bilan davolashni zudlik bilan to‘xtatish va tegishli davolashni boshlash kerak (masalan, paylarning immobilizatsiyasini ta’minlash). Clostridium difficile tomonidan chaqirilgan kasalliklar Leflotsin® preparati bilan davolaganda va davolagandan keyin yuzaga kelgan, asosan og‘ir hollardagi doimiy davom etuvchi va/yoki gemorragik diareya Clostridium difficile chaqirgan kasallikning simptomlari bo‘lib, uning og‘irroq shakli soxtamembranoz kolit hisoblanadi. Soxtamembranoz kolitga shubha tug‘ilganda Leflotsin® preparatining infuziyasini darhol to‘xtatish zarur va patsiyentlarni darhol samarani bir maromda saqlab turuvchi vositalar bilan davolashni ± maxsus davolashni (masalan, vankomitsinni peroral qabul qilish) boshlash kerak. Bunday klinik vaziyatda ichak motorikasini susaytiruvchi vositalarni qo‘llash mumkin emas. Tirishishlarga moyilligi bo‘lgan patsiyentlar Anamnezida tutqanog‘i bo‘lgan bemorlarda Leflotsin® infuziya uchun eritmasini qo‘llash mumkin emas. Fenbufen yoki unga o‘xshash nosteroid yallig‘lanishga qarshi dori vositalari yoki teofillin kabi tirishishga tayyorlikni oshiruvchi (tirishish bo‘sag‘asini pasaytiruvchi) o‘xshagan dori vositalari bilan bir vaqtda davolaganda, markaziy nerv tizimining oldingi shikastlanishlar bo‘lgan patsiyentlar kabi tirishishga moyilligi bo‘lgan patsiyentlarda boshqa xinolonlar xolidagi kabi, o‘ta ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak (“Dorilarning o‘zaro ta’siri” bo‘limiga qarang). Konvulsiyalar paydo bo‘lgan xollarda levofloksatsin bilan davolashni to‘xtatish kerak. Glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar Glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza faolligini yashirin yoki mavjud nuqsonlari bo‘lgan patsiyentlarda xinolon guruhi antibakterial vositalar bilan davolanganda gemolitik reaktsiyalarga moyillik bo‘lishi mumkin, shuning uchun ularga levofloksatsinni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar Levofloksatsinni asosan buyraklar orqali chiqarilishi tufayli, buyrak faoliyati susaygan bemorlar uchun dozaga tuzatish kiritish kerak (“Qo‘llash usuli va dozalari” bo‘limiga qarang). Yuqori sezuvchanlik (o‘ta yuqori sezuvchanlik) reaktsiyalari Levofloksatsin boshlang‘ich dozada qo‘llangandan keyin vaqti-vaqti bilan yuqori sezuvchanlikning jiddiy potentsial fatal reaktsiyalarini (masalan, xatto anafilaktik shokkacha bo‘lgan angionevrotik shish) chaqirishi mumkin (“Nojo‘ya ta’sirlari” bo‘limiga qarang). Bunday hollarda darhol davolashni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak. Gipoglikemiya Barcha xinolonlar xolidagi kabi, gipoglikemiya hollari kuzatilganligi haqida ma’lumotlar bor, ayniqsa insulin yoki peroral gipoglikemik vositalar (masalan, glibenklamid) bilan yondosh davolanuvchi qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlarda. Qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlarda qonda glyukoza miqdorini sinchkovlik bilan nazorat qilish tavsiya etiladi (“Nojo‘ya ta’sirlari” bo‘limiga qarang). Fotosensibilizatsiyani oldini olish Garchi levofloksatsin qo‘llanilganda fotosensibilizatsiya juda kam hollarda paydo bo‘lsa ham, undan saqlanish maqsadida, patsiyentlarga alohida zaruratsiz kuchli quyosh nurlari yoki sun’iy ultrabinafsha nurlari (masalan, solyariylarda bo‘lish, sun’iy ultrabinafsha lampalari) ta’siriga duchor bo‘lmaslik tavsiya etiladi. K vitamini antagonistlarini qabul qilgan patsiyentlar K vitamini antagonisti (masalan, varfarin) bilan birga Leflotsin® qabul qilgan patsiyentlarda koagulyatsion testlar ko‘rsatkichlarining mumkin bo‘lgan oshishi (PV/halqaro me’yorlashtiruvchi nisbat) va/yoki qon ketishi natijasida, agar bu dori vositalari bir vaqtda qo‘llansa, koagulyatsion testlarini kuzatish kerak (“Dorilarning o‘zaro ta’siri” bo‘limiga qarang). Psixotik reaktsiyalar Xinolonlar, shu jumladan levofloksatsin qabul qilayotgan patsiyentlarda psixotik reaktsiyalar haqida xabar berilgan. Kam hollarda, ba’zan levofloksatsinning faqat birgina dozasini qabul qilgandan keyin, ular suitsidal fikrlar va o‘z-o‘zini buzuvchi xatti-harakatli psixotik reaktsiyalargacha rivojlangan (“Nojo‘ya ta’sirlari” bo‘limiga qarang). Agar patsiyentda bu reaktsiyalar paydo bo‘lsa, levofloksatsinni qabul qilishni to‘xtatish va tegishli chora-tadbirlarni qo‘rish kerak. Anamnezida ruhiy buzilishlari va psixotik kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda levofloksatsinni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash tavsiya etiladi. QT intervalini uzayishi QT intervalini uzayish xavfining ma’lum omillari bo‘lgan patsiyentlarda ftorxinolonlarni, shu jumladan levofloksatsinni qo‘llashga ehtiyotkorlik bilan yondoshish kerak, masalan: QT intervalini uzayishining tug‘ma sindromi;QT intervalini uzayishiga olib keluvchi preparatlarni yondosh qo‘llash (masalan; ІA i III sinfi aritmiyaga qarshi vositalar, tritsiklik antidepressantlar, makrolidlar);muvofiqlashtirilmagan elektrolitlar disbalansi (masalan; gipokaliyemiya, gipomagniyemiya);keksa yoshdagi patsiyentlar;yurak kasalliklari (masalan, yurak yetishmovchiligi, miokard infarkti, bradikardiya) (“Qo‘llash usuli va dozalari” (Keksa yoshdagi patsiyentlar) bo‘limi, “Dorilaning o‘zaro ta’siri” bo‘limi, “Nojo‘ya ta’sirlar” bo‘limi “Dozani oshirib yuborilishi” bo‘limiga qarang). Periferik neyropatiya Ftorxinolonlar, shu jumladan levofloksatsin qabul qilgan patsiyentlarda tez yuz berishi mumkin bo‘lgan sensor yoki sensomotor periferik neyropatiya haqida xabar berilgan.

Tadqiqotlar yo‘qligi va o‘suvchi organizmda bo‘g‘im tog‘aylarini xinolonli shikastlanishi mumkin bo‘lganligi tufayli, Leflotsin ni homilador va emizikli ayollarda qo‘llash mumkin emas. Agar Leflotsin bilan davolash vaqtida homiladorlik aniqlansa, shifokorga xabar berish kerak.

Original o‘ramida, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Yorug‘likdan himoyalanmagan eritmani 3 sutkadan ortiq saqlash mumkin emas.

Leflotsin® preparatining dozasini oshirib yuborilishini muxim oldindan aytish mumkin bo‘lgan simptomlari markaziy nerv tizimiga tegishli (bosh aylanishi, ongni buzilishi va tirishish xurujlari). Terapevtik dozadan yuqori dozalar qo‘llagandagi tekshiruv natijalariga ko‘ra, QT-intervalining uzayishi kuzatilgan. Doza oshirib yuborilgan hollarda patsiyentni diqqat bilan, shu jumladan EKG ni kuzatish kerak. Davolash – simptomatik. Gemodializ, shu jumladan peritoneal dializ yoki SAPD, organizmdan levofloksatsinni chiqarish uchun samarali hisoblanmaydi. Hech qanday spetsifik antidotlari yo‘q.

Retsept bo‘yicha

50 ml, 100 ml, 150 ml, 200 ml dan butilkalarda; 1 butilkadan qutida. 100 ml, 150 ml,          200 ml dan konteynerlarda; 1 konteyner dan qutida.

2 yil.