Laybotenretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol modda: kreatin fosfat natriyli tuzi – 1 g.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

natriy kreatin fosfat

Preparatning savdo nomi:

Layboten

Farmakalogik guruhi:

metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vosita.

Dori shakli:

vena ichiga inyektsion eritma tayyorlash uchun kukun.

oq kukun yoki oq kristall kukun.

metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vosita.

S01ЕV06.

O‘tkir miokard infarkti; surunkali yurak yetishmovchiligi; yurakda o‘tkaziladigan operatsiya; skelet mushaklarini zo‘riqish holatlarida qo‘llanadi.

Miokard infrakti Birlamchi dozasi birinchi kunida – 2 g, vena ichiga oqim bilan yuboriladi (inyektsiya 4 minutdan ortiq davom etishi kerak) 2 soatdan keyin 5 g preparat infuziya holida tomchilab yuboriladi, bunda har bir grammi 5% li glyukoza eritmasining 30 ml da suyultiriladi (tomchilab yuborish 1 soat davomida o‘tkazilishi kerak). Ikkinchi sutkadan beshinchi sutkagacha preparat 5 g dan har kuni vena ichiga tomchilab yuborilishi mumkin. Agar bemor kritik holatda bo‘lsa yoki terapevtik samarasi yetarli darajada bo‘lmasa, dozasi 10 g gacha oshirilishi mumkin. Yurak yetishmovchiligi Dastlabki 14 kun davomida 1 g dan kuniga 2 marta vena ichiga inyektsiya ko‘rinishida yuboriladi. Preparatni sekin (2 minutdan ortiq vaqt davomida) yuborish kerak. 15 sutkadan 44-sutkagacha dozasi kuniga 0,5-1 g gacha kamaytirilishi mumkin vena ichiga yuboriladi yoki 0,5 g gacha kamaytirilishi mumkin – mushak ichiga yuboriladi. Mushak ichiga inyektsiya qilish uchun preparatni inyektsiya qilinadigan joyda og‘riqni oldini olish uchun tarkibida 40 mg lidokain saqlovchi 4 ml eritmada suyultirish kerak. Yurak jarrohligi Operatsiyadan oldingi ikki kun davomida 12 ml inyektsiya uchun steril suvda suyultirilgan 2 g preparatni vena ichiga sekin (kamida 4 minut davomida) har kuni yuborish tavsiya etiladi. So‘ngra, aortani siqishdan oldin va to‘liq anesteziya kuzatilgunicha, kardioplegik eritmani ishlatishdan oldin soatiga 1 g dozada vena ichiga yuboriladi. Operatsiya vaqtida ushbu preparat 2,5 g/l (10 mmol/l) kontsentratsiyaga erishish uchun kardioplegik eritmaga qo‘shiladi va so‘ngra 4oS haroratda tana vazniga 15 mmol/kg birlamchi dozada, keyinchalik to aorta qon tomiri siqilishi tugamagunicha 10 mmol/kg/30 minut dozada koronar arteriyaga yuboriladi. Operatsiya tugaganidan so‘ng va aortani siqib turgan zajim olib tashlanganidan so‘ng preparat 8 g kundalik dozada 48 soat davomida uzluksiz (4 g 500 ml 5% li glyukoza eritmasida soatiga 40 ml tezlik bilan) ravishda yuboriladi.

Ushbu preparat fiziologik faol substantsiya hisoblanadi va nojo‘ya samaralari kuzatilmagan.

Preparatga individual yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Kreatin fosfat digoksin, furosemid, dopamin, maksilitin, karnitin, verapamil, gidrokortizon, tsitikolin, oksitotsin, propafenom kabi preparatlar bilan birga qo‘llanganida 3-5 soat davomida barqarorligi saqlanib turadi.

Preparat 1 g:6 ml nisbatda inyektsiya uchun suvda eritilishi mumkin, vena ichiga yuborilish vaqti kamida 2 minut bo‘lishi kerak. Preparat 5% li glyukoza eritmasi, inyektsiya uchun suv, fiziologik va kardioplegik eritmada kamida 16 soat davomida barqarordir. Preparat yurakni himoya qiluvchi vosita hisoblanadi, ammo u kardiokinetik davolashni o‘rnini bosmaydi. Diabet bilan xastalangan patsiyentlar uchun preparatni 5% li glyukoza eritmasida suyultirish mumkin emas, ammo inyektsiya uchun suv yoki fiziologik eritmada suyultirish mumkin. Homiladorlik va period davrida qo‘llanishi Hozirgi vaqtgacha fetal toksiklik va homiladorlikka ta’siriga tegishli hech qanday ma’lumotlar aniqlanmagan. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Xona haroratida (+15oS – +25oS), quyosh nurlarining ta’siridan va namlikdan saqlansin.

Retsept bo‘yicha

Natriy kreatin fosfat 1 g. Har bir qutida 1 g preparatli 1 flakon saqlanadi.

30 oy.