Lantorolretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi: faol modda: lansoprazol – 30 mg; yordamchi moddalar: mannitol, saxaroza, kaltsiy karmelloza, laktoza monogidrati, yengil magniy karbonati, gipromelloza Ye-5, metakril kislotasining sopolimeri L30D, propilenglikol, tsetil spirti, natriy gidroksidi, polisorbat-80, kopovidon, titan dioksidi.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

lansoprazol

Preparatning savdo nomi:

Lantorol

Farmakalogik guruhi:

me’da-ichak yarasiga qarshi vosita. (N+-K+-ATF-aza ingibitori).

Dori shakli:

kapsulalar

qattiq jelatin kapsulalar: qopqoqchasi xira moviy rangli / korpusi oq rangli, №1 o‘lchamli, oq yoki sarg‘ish oq rangli palletlardan tarkib topgan qattiq jelatin kapsulalar.

me’da-ichak yarasiga qarshi vosita. (N+-K+-ATF-aza ingibitori).

A02VS03

Ichga qabul qilinganidan so‘ng so‘rilishi yuqori. Maksimal kontsentratsiyasiga 1,5-2,2 soatdan keyin erishiladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 98% ni tashkil etadi. Buyraklar orqali metabolitlar ko‘rinishida va ichak orqali chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 1,3-1,7 soatni tashkil etadi.

me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligida;me’da va o‘n ikki barmoq ichakni, nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (NYAQV) ni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan eroziv-yarali shikastlanishlari, stress oqibatida rivojlangan yaralarni davolash uchun;gastroezofageal reflyuks kasalligi (GERK): reflyuks-ezofagitni davolash, reflyuks-ezofagitda simptomatik davolashda;Helicobacter pylori eradikatsiyasida (antibiotiklar bilan majmuada);patologik gipersekretor holatlar, jumladan Zollinger-Ellison sindromida; me’daning kislota hosil qilish faoliyatini oshishi bilan kechuvchi surunkali gastritni zo‘rayish bosqichida;me’da-ichak yarasi bo‘lmagan dispepsiyada qo‘llash mumkin emas.

Lantorol kapsulalari butun holda, chaynamasdan, ovqatlanishdan qat’iy nazar ichga qabul qilinadi. Me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligida sutkada 30 mg dan buyuriladi. O‘n ikki barmoq ichak yara kasalligini zo‘rayishida davolash kursi 2-4 haftani, me’da yara kasalligida esa 4-8 haftani tashkil etadi. Me’da va o‘n ikki barmoq ichakni, NYAQV qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan eroziv-yarali shikastlanishida tavsiya etilgan dozasi sutkada 30 mg, davolash kursi 4-8 haftani tashkil etadi. Gastroezofageal reflyuks kasalligida (reflyuks-ezofagitni davolash) sutkada 30 mg dan 4-8 hafta davomida qabul qilinadi, zarurat bo‘lganida davolashni 8 haftagacha uzaytiriladi. Helicobacter pylori eradikatsiyasida 30 mg dan sutkada 2 marta antibiotiklar bilan majmuada qabul qilinadi. Patologik gipersekretor holatlarda, jumladan Zollinger-Ellison sindromida preparatning boshlang‘ich dozasi sutkada 2 marta 30 mg ni tashkil etadi, zarurat bo‘lganida dozasi sutkada 120 mg gacha oshiriladi. Davolash kursi individual ravishda aniqlanadi. Me’da-ichak yarasi bo‘lmagan dispepsiyada 30 mg dan sutkada 1-2 marta buyuriladi. Davolash kursi 2-3 haftani tashkil etadi. Jigar yetishmovchiligida va keksa yoshdagi patsiyentlarga davolash preparatning yarim dozalari bilan boshlanadi, asta-sekin tavsiya etilgan dozalarigacha oshiriladi, ammo sutkada 30 mg dan oshmasin.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: diareya, ishtahani oshishi yoki pasayishi, ko‘ngil aynishi, qorinda og‘riq, qabziyat. Markaziy nerv tizimi (MNT) tomonidan: bosh og‘rig‘i, lohaslik, bosh aylanishi, uyquchanlik, depressiya, havotirlik. Allergik reaktsiyalar: teri toshmalari. Boshqalar: yakka hollarda – grippsimon sindrom, mialgiya.

preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda;MIY ni havfli o‘smalarida;homiladorlikni birinchi uch oyligida, laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Lansoprazol teofillinning klirensini (10% ga) pasaytiradi. Sukralfat lansoprazolning biokiraolishligini 30% ga kamaytiradi (ushbu preparatlarni qabul qilishlar o‘rtasidagi oraliq 30-40 minut bo‘lishi kerak). Tsitoxrom R450 fermentlar tizimi ishtirokida metabolizmga uchraydigan preparatlar bilan o‘zaro ta’sir qilishi mumkin. Antatsidlarni Lantorol preparatini qabul qilishdan 1 soat oldin yoki qabul qilgandan so‘ng bir soat o‘tgach qabul qilish kerak, chunki ular organizmda dori vositasini so‘rilishini pasaytirishlari mumkin. Biokiraolishligi me’daning rN muhitiga bog‘liq bo‘lgan preparatlar (masalan, ketokonazol) bilan bir vaqtda qo‘llanganida, Lantorol preparati ularning so‘rilishini o‘zgartirishi mumkin. Preparat antipirin, diazepam, ibuprofen, indometatsin, peroral homiladorlikka qarshi preparatlar, fenitoin, prednizolon, propranolol, varfarin preparatlari bilan mutanosibdir.

Preparat bilan davolashni boshlashdan oldin me’da va qizilo‘ngachda havfli jarayon borligini istisno qilish kerak, chunki preparatni qabul qilish kasallikning simptomlarini yashirishi va tashxis qo‘yishni kechiktirishi mumkin. Jigarning faoliyati pasaygan bemorlarga va keksa yoshdagi patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.

Agar davolashdan kutilgan foyda homila uchun potentsial havfdan ustun bo‘lsa, preparatni homiladorlikni II va III uch oyliklarida qo‘llash mumkin. Preparat bilan davolanish vaqtida emizishni to‘xtatish kerak.

Quruq joyda 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Dozani oshirib yuborilishi yuzasidan ma’lumotlar yo‘q.

Retsept bo‘yicha

Qattiq jelatin kapsulalar. 7 kapsula blisterda. 2 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

3 yil.