Lamizilretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 250 mg terbinafinga qayta hisoblanganda 281,25 mg terbinafin gidroxloridi; yordamchi moddalar: magniy stearati, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, gipromelloza, natriy kraxmal glikolyati, mikrokristall tsellyuloza.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

terbinafin gidroxloridi

Preparatning savdo nomi:

Lamizil

Farmakalogik guruhi:

tizimli qo‘llash uchun zamburug‘larga qarshi preparatlar.

Dori shakli:

tabletkalar

dumaloq, ikki tomonlama qavariq, oqdan to sarg‘ish tusli oq rangligacha bo‘lgan, silliq yoki biroz g‘adir-budur yuzali, chetlari o‘yilgan, bir tomonida riskali va boshqa tomonida LAMISIL 250 (aylana bo‘ylab) yozuvi bo‘lgan tabletkalar.

tizimli qo‘llash uchun zamburug‘larga qarshi preparatlar.

D01BA02.

Ichga qabul qilingandan keyin terbinafin yaxshi so‘riladi (> 70%), ammo terbinafinni mutloq biokiraolishligi jigardan birinchi o‘tishdan keyingi metabolizmini hisobga olinganida, taxminan 50% ni tashkil qiladi. Terbinafinning 250 mg bir martalik peroral dozasi plazmadagi o‘rtacha maksimal kontsentratsiyasi qabul qilgandan keyin 1,5 soatdan so‘ng 1,3 mkg/ml ni tashkil etadi. Muvozanat holatda bir martalik dozaga solishtirganda, terbinafinning maksimal kontsentratsiyasi o‘rtacha 25% ga yuqori bo‘ladi, plazmadagi ekspozitsiyasi (AUC) esa 2,3 marta oshadi. Plazmadagi ekspozitsiyasini oshishiga qarab, uni samarali yarim chiqarilish davrini hisoblash mumkin (taxminan 30 soatga teng). Ovqat qabul qilish terbinafinning biokiraolishligiga kam ta’sir ko‘rsatadi (ekspozitsiyani oshishi taxminan 20% ga oshishi), bu dozaga tuzatish kiritishni talab etmaydi. Terbinafin plazma oqsillari bilan faol (99%) bog‘lanadi. U derma orqali tez so‘riladi va lipofil shox qavatida to‘planadi. Shuningdek, terbinafin yog‘ bezlari sekreti bilan ajraladi va soch follikulalarida, sochlarda va terida yuqori kontsentratsiyaga erishadi. Terbinafin davolash boshlangandan keyin birinchi bir necha haftada tirnoq plastinkalariga ichiga kirishi tasdiqlangan. Terbinafin tsitoxrom R450 ning kamida yetti izofermenti ishtirokida tez metabolizmga uchraydi, bunda CYP2C9, CYP1A2, CYP3A4, CYP2C8, CYP2C19 izofermentlari asosiy rolni o‘ynaydi. Terbinafinni biotransfarmatsiyasi oqibatida zamburug‘ga qarshi faollikka ega bo‘lmagan metabolitlari hosil bo‘ladi. Ular asosan siydik bilan chiqariladi. Plazmada terbinafinning muvozanat kontsentratsiyasini yoshga bog‘liq klinik ahamiyatga ega o‘zgarishlari aniqlanmagan. Buyrak kasalliklari (kreatinin klirensi <50 ml/min) yoki yondosh jigar kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda bir martalik dozaning farmakokinetik tadqiqotlari Lamizil® preparatining klirensini taxminan 50% ga kamayishini ko‘rsatdi.

Dermatofit-zamburug‘lar chaqirgan onixomikoz (tirnoqlarning zamburug‘li infektsiyasi).Boshni soch qismining mikozlari.Shikastlanishning joylashgan joyi, infektsiyani yaqqolligi va tarqalishi peroral davolash maqsadga muvofiqligini ko‘rsatgan hollarda terining zamburug‘li infektsiyalari– Candida turi (masalan, Candida albicans) zamburug‘lari chaqirgan silliq terining, chot sohasining, trixofitiyalari terining dermatomikozlari va achitqi infektsiyalarini davolashda qo‘llaniladi. Izoh: mahalliy qo‘llash uchun Lamizil® preparatidan farqli ravishda, ichga qabul qilish uchun Lamizil® preparati rang-barang temiratkida samarali emas.

Nojo‘ya reaktsiyalari MedDRA tasnifiga muvofiq keltirilgan. Turli nojo‘ya reaktsiyalarni uchrash tez-tezligini baholashda quyidagi tasnifdan foydalanilgan: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100, <1/10); tez-tez emas (≥1/1000, <1/100); kam hollarda (≥1/10000, <1/1000); juda kam hollarda (<1/10000), shu jumladan alohida xabarlar; postmarketing spontan xabarlar- tez-tezligi noma’lum. Qon va limfatik tizimi tomonidan: tez-tez emas – anemiya; juda kam hollarda – neytropeniya, agranulotsitoz, trombotsitopeniya, pantsitopeniya. Immun tizimi tomonidan: juda kam hollarda – anafilaktoid reaktsiyalar (shu jumladan angionevrotik shish), teri va tizimli qizil yuguruk; tez-tezligi noma’lum – anafilaktik reaktsiyalar, zardob kasalligi kabi reaktsiyalar. Ruhiy buzilishlar: tez-tez – depressiya; tez-tez emas – havotirlik. Nerv tizimi tomonidan: juda tez-tez – bosh og‘rig‘i; tez-tez – disgeziya (ta’m sezish hissini buzilishi) shu jumladan ta’m bilishni yo‘qolishi – odatda preparatni qo‘llash to‘xtatilganidan so‘ng bir necha hafta davomida o‘tib ketadi. Ta’m sezish hissini davomli pasayishining alohida hollari haqida xabar berilgan; tez-tez emas – paresteziya va gipesteziya; tez-tezligi noma’lum – anosmiya, shu jumladan doimiy anosmiya, giposmiya. Ko‘rish a’zolari tomonidan: tez-tez – ko‘rishni susayishi; tez-tezligi noma’lum – ko‘rish o‘tkirligini pasayishi. Eshitish a’zolari va labirint tomonidan: tez-tez emas – quloqlarni shang‘illashi; tez-tezligi noma’lum – gipoakuziya, eshitishni buzilishi. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tezligi noma’lum -vaskulit. Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: juda tez-tez – me’dani to‘lib ketishi hissi, ishtahani pasayishi, dispepsiya, ko‘ngil aynishi, qorinda yengil og‘riq; diareya; tez-tezligi noma’lum – pankreatit. Gepatobiliar tizimi tomonidan: kam hollarda – jigar faoliyatini buzilishi, gepatit, sariqlik, xolestaz, jigar fermentlari darajasini oshishi. Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan: juda tez-tez – toshma, eshakemi; tez-tez emas -fotosezuvchanlik reaktsiyalari; juda kam hollarda – Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, o‘tkir tarqalgan ekzantematoz pustulyoz, ko‘p shaklli eritema, toksik toshma, eksfoliativ dermatit, bullyoz dermatit, psoriazsimon toshma yoki psoriazni zo‘rayishi xuruji, sochlarni to‘kilishi; tez-tezligi noma’lum –eozinofiliya va tizimli simptomlar bilan kechuvchi dorilar ta’siridagi toshma. Tayanch-harakat tizimi tomonidan: juda tez-tez artralgiya, mialgiya; tez-tezligi noma’lum – rabdomioliz. Umumiy buzilishlar: tez-tez – charchoq; tez-tez emas – isitma; tez-tezligi noma’lum – gripp simptomlari bilan kechuvchi kasallik. Tekshirishlar: tez-tez emas – disgevziya oqibatida vaznni kamayishi; tez-tezligi noma’lum – kreatinfosfokinaza darajasini oshishi.

Terbinafinga yoki preparatning yordamchi komponentiga o‘ta yuqori sezuvchanlik. Surunkali yoki o‘tkir jigar kasalliklarida qo‘llash mumkin emas.

Boshqa dori vositalarini terbinafinga ta’siri Plazmada terbinafinning klirensi metabolizmini qo‘zg‘atuvchi preparatlar tomonidan oshishi va tsitoxrom R450 ni susaytiruvchi preparatlar tomonidan pasayishi mumkin. Ushbu preparatlar bilan birga davolash zarurati bo‘lgan hollarda, Lamizil® preparatini dozasiga tuzatish kiritish lozim. Terbinafinning ta’sirini kuchaytirish yoki plazmada uning kontsentratsiyasini oshirish mumkin bo‘lgan dori vositalari Tsimetidin terbinafinning klirensini 33% ga kamaytiradi. Flukonazol CYP2S9 va CYP3A4 fermentini susaytirishni hisobiga, terbinafinning Smax va AUC ko‘rsatkichini muvofiq 52% va 69% ga oshiradi. Agar ketokonazol va amiodaron kabi bir vaqtda CYP2SD va CYP3A4 ni ingibitsiya qiluvchi boshqa preparatlar, terbinafin bilan bir vaqtda buyurilsa, ekspozitsiyani xuddi shunday oshishi yuz berishi mumkin. Terbinafinning ta’sirini kamaytirishi yoki plazmada uning kontsentratsiyasini pasaytirishi mumkin bo‘lgan dori vositalari Rifampitsin terbinafinning klirensini 100% ga oshiradi. Terbinafinni boshqa dori vositalariga ta’siri In vitro sharoitida va sog‘lom ko‘ngillilarda o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari, terbinafin tsitoxrom R450 ishtirokida metabolizmga uchraydigan preparatlarning (masalan: terfenadin, triazolam, tolbutamid yoki peroral kontratseptivlar) klirensini bostirishi yoki kuchaytirishi uchun ahamiyatsiz potentsialga ega ekanligini ko‘rsatadi. Terbinafin antipirin yoki digoksinning klirensiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Terbinafin flukonazolning farmakokinetikasiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Shuningdek terbinafin va ko-trimoksazol (trimetoprim va sulfametoksazol), zidovudin yoki teofillin orasida klinik ahamiyatiga ega o‘zaro ta’sirlari aniqlanmagan. Lamizil® preparati va peroral kontratseptivlarni bir vaqtda qabul qilayotgan patsiyentlarda, ayrim hollarda xayz tsiklining muntazam emasligi aniqlangan, lekin ushbu buzilishlarning tez-tezligi peroral kontratseptivlarni alohida qo‘llanganda kuzatiladigan ko‘rsatkich chegarasida qolgan. Terbinafin quyidagi dori vositalarini ta’sirini kuchaytirishi yoki plazmadagi kontsentratsiyasini oshirishi mumkin:

Jigar faoliyati Lamizil® preparati jigarning surunkali yoki faol shikastlanishlari bo‘lgan patsiyentlarga tavsiya etilmaydi. Lamizil® preparatini buyurishdan oldin, jigar funktsional sinamalarni o‘tkazish lozim, chunki gepatotoksiklik jigarning mavjud kasalliklari bo‘lgan  yoki bo‘lmagan patsiyentlarda kuzatilishi mumkin. Shuning uchun jigarning funktsional sinamalarini vaqti-vaqti bilan  nazoratini (davolashning 4-6 haftasidan keyin) o‘tkazish tavsiya etiladi. Qonda jigar sinamalari darajasi oshganida Lamizil® preparatini qabul qilishni darhol to‘xtatish zarur. Lamizil® preparati tabletkasini qabul qilayotgan patsiyentlarda juda kam hollarda og‘ir jigar yetishmovchiligi (ayrim hollarda o‘lim bilan yoki jigarni ko‘chirib o‘tkazish zarurati bilan) kuzatilgan. Jigar yetishmovchiligini rivojlanishining ko‘pchilik hollarida patsiyentlarda jigar faoliyatini jiddiy buzilishlari oldindan mavjud bo‘lgan. Lamizil® preparati tabletkalarini qabul qilayotgan patsiyentlar, tushuntirib bo‘lmaydigan to‘xtovsiz ko‘ngil aynishi, ishtahani pasayishi, charchoq, qusish, qorinning yuqori o‘ng qismida og‘riqlar, sariqlik, to‘q rangli siydik yoki och rangda ich kelishi kabi simptomlar paydo bo‘lgan hollarda darhol shifokorga murojaat qilishlari lozimligi to‘g‘risida ogohlantirilgan bo‘lishlari lozim. Ushbu simptomlari bo‘lgan patsiyentlar Lamizil® preparatini qabul qilishni to‘xtatishlari lozim va ularda jigar faoliyatini tekshirishlarini darhol o‘tkazish zarur. Dermatologik reaktsiyalar. Lamizil® preparati tabletkasini qabul qilayotgan patsiyentlarda juda kam hollarda jiddiy teri reaktsiyalari (Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, eozinofiliya va tizimli simptomlari bilan dori bilan bog‘liq toshma) kuzatilgan. Terida avj olib boruvchi toshmalar paydo bo‘lgan hollarda Lamizil® preparati bilan davolash to‘xtatilishi lozim. Terbinafinni psoriazi yoki qizil yugurigi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llashda ehtiyotkorlik zarur, chunki psoriazni, teri va tizimli qizil yugurikni zo‘rayishi va kelib chiqishi haqida postmarketing xabarlar mavjud bo‘lgan. Gematologik reaktsiyalar. Lamizil® preparati tabletkasini qabul qilayotgan patsiyentlarda juda kam hollarda qonda patologik o‘zgarishlari (neyropatiya, agranulotsitoz, trombotsitopeniya, pantsitopeniya) aniqlangan. Lamizil® preparatini qabul qilayotgan patsiyentlarda qonda, har qanday patologik o‘zgarishlar aniqlangan hollarda, medikamentoz davolashni o‘zgartirish, shu jumladan preparatni qabul qilishni to‘xtatishni tavsiya etish lozim. Buyrak faoliyati. Buyrak faoliyati pasaygan (kreatinin klirensi minutiga 50 ml dan kam yoki qon zardobida kreatinin darajasi 300 mkmol/l dan oshgan) patsiyentlarda Lamizil® preparatini qo‘llash yetarli darajada o‘rganilmagan, shuning uchun bunday patsiyentlarga preparatni qabul qilish tavsiya etilmaydi. In vitro va in vivo sharoitda o‘tkazilgan tadqiqotlarda terbinafin CYP2D6 fermenti bilan bog‘liq metabolizmni susaytirishi aniqlangan. Bu asosan CYP2D6 ta’siri ostida metabolizmga uchraydigan preparatlar uchun klinik ahamiyatga ega, ayniqsa agar ular tor terapevtik doiraga ega bo‘lsa, masalan quyidagi sinflarga mansub ayrim preparatlar: tritsiklik antidepressantlar, serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlari, V tur MAO ingibitorlari, antiaritmik vositalar (shu jumladan 1A, 1V va 1S sinflari), shuningdek beta-retseptorlari blokatorlari.

Lamizil® preparatini homiladorlarda qo‘llashning klinik tajribasi cheklangan, shuning uchun homiladorlik vaqtida preparatni, faqat ona uchun kutilayotgan foyda, homila uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina qo‘llash mumkin. Terbinafin ko‘krak sutiga o‘tadi, shuning uchun laktatsiya davrida preparatni qo‘llash zarurati bo‘lsa, davolash davrida emizishni to‘xtatish masalasini xal etish lozim.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Dozani oshirib yuborilishining bir necha hollari ma’lum (Lamizil® preparatini 5 g gacha qabul qilingan). Bunda bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, epigastriyda og‘riq va bosh aylanishi kuzatilgan. Dozani oshirib yuborilishi davolash birinchi navbatda faollashtirilgan ko‘mir yordamida preparatni chiqarib yuborishni, zarurati bo‘lganida simptomatik davolashni o‘z ichiga oladi.

Retsept bo‘yicha

250 mg li tabletkalar 14 donadan blisterda, 1 blister o‘ramda.

3 yil.