Laktumaksretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Har 5 ml eritma quyidagilarni saqlaydi: Laktuloza kontsentrati (USP) laktulozaga ekvivalent …….. 3,35 g Suvli asos ………………… q.s

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Laktuloza

Preparatning savdo nomi:

Laktumaks

Farmakalogik guruhi:

surgi vositasi

Dori shakli:

ichga qabul uchun eritma

sariq rangli eritma.

surgi vositasi

Laktuloza ichga qabul qilinganidan keyin sekin so‘riladi va yo‘g‘on ichakka o‘zgarishsiz yetib boradi. 40-75 ml gacha dozada qabul qilinganidan keyin yo‘g‘on ichakda bakterial flora ishtirokida metabolizmga uchraydi. Yuqoriroq dozalarda qo‘llanganida, bir qismi o‘zgarmagan holda chiqarilishi mumkin.

Surunkali qabziyatlar, jigar entsefalopatiyasi (nerv-psixik buzilishlar bilan birga kechuvchi jigarning og‘ir kasalliklari); salmonellez (me’da-ichak yo‘llarining o‘tkir infektsion kasalliklari), yoyilgan shakllaridan tashqari (infektsiyani qo‘zg‘atuvchilarini qonga tushishi bilan birga kechuvchi salmonellezlar), emizikli bolalalar va 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarda ovqatdan zaharlanishlar natijasida chirish jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan ovqatni hazm bo‘lishini buzilishlari. Laktulozani homilador va emizikli ayollarda, 6 haftalikdan katta bolalarda, keksa odamlarda, shuningdek gemorroidal tugunlarning rezektsiyasini o‘tkazgan shaxslarda (to‘g‘ri ichakning shishgan va yallig‘langan venalarini olib tashlash) qo‘llanadi.

Preparat ichga qabul qilinadi. Sutkalik doza shaxsiy tanlanadi. Qabziyatlarda va ichni yumshatish (tibbiy maqsadlarda) uchun quyidagi dozalarda buyuriladi:

Qorinda og‘riq, meteorizm, diareya, ba’zida ko‘ngil aynishi, qusish, anoreksiya.

– Galaktozemiya, – O‘tkir ichak tutilishi; – Preparatning har qanday komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Yo‘g‘on ichakning rN ga bog‘liq preparatlarining ta’siri (5-ASA kabi agentlar) pasayadi, chunki Laktumaks yo‘g‘on ichakda rH darajasini pasaytiradi.

Laktulozani galaktozemiyali yoki ichakni tutilishi bo‘lgan patsiyentlarga, shuningdek yuqori galaktozali patsiyentlarga buyurish mumkin emaas. Laktozani o‘zlashtiraolmasligi yoki qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda, biroz erkin galaktoza va laktoza bo‘lganligi tufayli, ehtiyotkorlik ko‘rsatish kerak. Homiladorlik va laktatsiya Preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida shifokorni ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llash mumkin. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va u yaroqlilik muddati tugagandan keyin qo‘llanmasin.

Quruq, salqin, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Simptomlari: preparat uzoq muddat qo‘llanganida diareya (suvsizlanish, gipokaliyemiya) bo‘lishi mumkin. Davolash: darhol preparatni bekor qilish.

Retsept bo‘yicha

Ichga qabul uchun eritma 100 ml, 200 ml dan plastik flakonlarda.

3 yil. Flakon ochilganidan keyin – 1 oy.