Pelletlarning plyonka qobig‘i faol fermentlarni me’daning shirasini tasiridan asraydi, shu tufayli pankreatin tarkibiga kiruvchi fermentlarning ingichka ichakdagi ishqor muhitida so‘rilishiga va farmakologik ta’sir ko‘rsatishiga yordam beradi.
Ovqat hazm qiluvchi fermentlarning oz miqdori ichak yo‘li orqali chiqarib yuboriladi.
Qo‘llanilishi Me’da osti bezining tashqi sekretor yetishmovchiligini o‘rinbosar davolash: surunkali pankreatit, pankreatektomiya, nurlantirishdan keyingi holat, dispepsiya, mukovistsidoz; meteorizm, noinfektsion genezli diareyada qo‘llanadi.
Ovqatning hazm bo‘lishini buzilishi (me’da va o‘n ikki barmoq ichak rezektsiyasidan keyingi holat) me’da-ichak yo‘llarining faoliyati normal bo‘lgan shaxslarda ovqatlanishdagi buzilishlar holida, yog‘li, ko‘p miqdordagi ovqatni qabul qilish, muntazam ovqatlanmaslik, ovqat hazm qilishni yaxshilash uchun va chaynash faoliyatini buzilishlarida, kam harakatli hayot tarzida, uzoq muddatli immobilizatsiyada va Remxeld sindromida (gastrokardial sindromi) qo‘llanadi.
Qorin bo‘shlig‘i a’zolarini rentgenologik tekshirishlar va UTT ga tayyorlash uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari Preparatning dozasi yosh, simptomlarning og‘irligi va parhezning tarkibiga qarab shaxsiy ravishda tanlanadi.
Kapsulalar ichga yetarli mikdordagi ishqoriy bo‘lmagan suyuqlik (suv, meva sharbatlari) bilan birga qabul qilinadi.
Agar preparatning dozasi 1 kapsuladan ko‘p bo‘lsa, kapsulalarning umumiy miqdorini yarmini bevosita ovqat qabul qilish oldidan, qolgan yarmini esa – ovqatlanish vaqtida qabul qilish kerak.
Agar bir martalik doza – 1 kapsula bo‘lsa, uni ovqat vaqtida qabul qilish kerak.
Yutish qiyin bo‘lganida (masalan, bolalar yoki keksa odamlar) kapsulani ochish va mikrogranulalarni chaynashni talab qilmaydigan ovqatga (masalan, olma pyuresi, yogurt) qo‘shib berish mumkin.
Mikrogranulalarni maydalash va chaynash, shuningdek ularni rN 5,5 dan yuqori bo‘lgan ovqatga qo‘shish, ularning me’da shirasining ta’siridan himoya qiluvchi qobig‘ini yemirilishiga olib keladi.
Mikrogranulalarning ovqat yoki suyuqlik bilan har qanday aralashmasi tayyorlangandan keyin darhol qabul qilinishi kerak.
1,5 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun yo‘l qo‘yiladigan doza – sutkada 50 000 TB; 1,5 yoshdan katta bolalalarga – sutkada 100000 TB buyuriladi.
Pankreatinni qabul qilish davomiyligi bir necha kundan (ovqat hazm qilinishining buzilishi) to bir necha oylar yoki yillargacha (davomli o‘rinbosar davolash) bo‘lishi mumkin.
Me’da osti bezining turli xil ekzokrin yetishmovchiligini o‘rinbosar davolash.
Doza tashqi sekretor yetishmovchilikning darajasiga, patsiyentning shaxsiy ovqat yeyish odatlari va yoshiga qarab, shaxsiy ravishda tanlanadi.
Steatoreyada (sutkada ahlatdagi yog‘ 15 g dan ko‘p).
Diareya bo‘lganida, tana vazni kamayganida va parhez jiddiy samara bermaganida – har bir ovqat qabul qilishda 25000 TB dan lipaza buyuriladi.
Zarurati bo‘lganida va yaxshi o‘zlashtirilganida doza bir qabul qilishda lipazani 30000-35000 TB gacha oshiriladi.
Dozani keyingi oshirilishi, ko‘pchilik hollarda davolash natijalarini yaxshilamaydi va tashxisni qayta ko‘rib chiqishni, ratsionda yog‘ miqdorini kamaytirishni yoki qo‘shimcha proton nasosi ingibitorlari – preparatlarini buyurishni talab qiladi.
Diareya va tana vaznining kamayishi bilan kechmaydigan biroz namoyon bo‘lgan steatoreyada bir qabulga 10000 dan 25 000 TB gacha lipaza buyuriladi.
Mukovistsidoz.
4 yoshdan kichik bolalar uchun boshlang‘ich hisobli dozasi, har bir ovqatlantirishda tana vaznining har 1 kg 1000 TB lipazani, 4 yoshdan katta bolalar uchun har bir ovqatlantirishda har 1 kg 500 TB lipazani tashkil kiladi.
Doza kasallikning og‘irligi, steatoreyaning yaqqolligi va nutritiv statusga qarab shaxsiy ravishda tanlanadi.
Ko‘pchilik patsiyentlar uchun samarani bir maromda ushlab turuvchi doza sutkada tana vaznining har 1 kg 10000 TB dan oshmasligi kerak.
Nojo‘ya ta’sirlarii Preparat komponentlariga allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Preparatning yuqori dozalari ishlatilganida kam hollarda diareya, ko‘ngil aynishi, qabziyatlar, epigastral sohada diskomfort kuzatiladi.
Yuqori dozalarda uzoq vaqt qo‘llanganida giperurikozuriya, giperurikemiya rivojlanishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Pankreatinni yoki preparatning ayrim komponentlarini shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik, o‘tkir pankreatit, surunkali pankreatitning zo‘rayishida qo‘llash mumkin emas.