L-Deksopt 5 mg/ml + 1 mg/ml, ko‘z tomchilari, mahalliy qo‘llash uchun oftalmologik eritma, lekin inyektsiyalar yoki peroral qo‘llash uchun emas.
Eritmani bevosita ko‘zning oldingi kamerasiga yuborish kerak emas.
Ftorxinolonlarni tizimli qo‘llash, xatto doza bir marta qabul qilinganidan keyin xam, o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyasiga olib kelishi mumkin.
Agar levofloksatsinga allergik reaktsiya namoyon bo‘lsa, preparatni qo‘llashni to‘xtatish kerak.
Boshqa antibakterial vositalar bilan davolashdagi kabi, levofloksatsinni davomli qo‘llash, rezistent mikroorganizmlarni xaddan tashqari o‘sishiga, zamburug‘li infektsiyalarni xam qo‘shib, olib kelishi mumkin.
Agar infektsiyani yomonlashishi kuzatilsa, yoki ma’lum muddat davomida klinik yaxshilanish kuzatilmasa qo‘llashni to‘xtatish va muqobil davolashni buyurish kerak.
Klinik davolash sharoitlarida, patsiyent magnifikatsiya, masalan, tirqish lampa yordami bilan biomikroskopiya, shuningdek, zarurati bo‘lganida, fluoretsein bilan bo‘yash, yordamida ko‘rilgan bo‘lishi lozim.
Maxalliy qo‘llash uchun oftalmologik kortikosteroidlarni davomli ishlatish (ya’ni, klinik tekshirishlarda ishlatilgan maksimal davomlikdan [24 kun] ko‘p) ko‘z gipertenziyasi/ko‘rish nervini shikastlanishi va ko‘rish o‘tkirligini pasayishi bilan glaukomaga, ko‘rish maydonining nuqsonlariga olib kelishi mumkin, shuningdek orqa subkapsulyar katarakta xosil bo‘lishiga xam olib kelishi mumkin.
Ko‘z ichki bosimini oshishi va/yoki kataraktani shakillanishi kabi kortikosteroidlarning xavflari, moyilligi bo‘lgan patsiyentlarda (masalan, qandli diabeti bo‘lgan) oshadi.
Davomli qo‘llash, shuningdek patsiyentda organizm reaktsiyasini bostirilishi xisobiga ikkilamchi ko‘z infektsiyasiga olib kelishi mumkin.
Kortikosteroidlar organizmning qarshiligini kamaytirishi va bakterial, virusli yoki zamburug‘li infektsiyalar rivojlanishiga yordam berishi va xatto infektsiyaning klinik belgilarini niqoblashi mumkin.
Zamburug‘li infektsiyalarga shox pardani doimiy yaralanishi bo‘lgan patsiyentlarda yo‘l qo‘yiladi.
Zamburug‘li infektsiya paydo bo‘lgan xolda, kortikosteroidli davolashni to‘xtatish kerak.
Mahalliy qo‘llash uchun oftalmologik kortikosteroidlar, shox pardaning jaroxatlarini bitishini sekinlashtirishi mumkin.
Shuningdek maxalliy qo‘llash uchun NYAQV ni щlldash tuzalishni sekinlashtirishi yoki kechiktirishi ma’lum.
Maxalliy qo‘llash uchun NYAQP ni maxalliy qo‘llash uchun steroidlar bilan birga qo‘llash, bitishda muammolar potentsialini oshirishi mumkin.
Bunday kasalliklarda, shox pardani yupqalashishi xam yoki shox pardani teshilishi xam kuzatilgan, buni maxalliy qo‘llash uchun kortikosteroidlarni uzoq muddat ishlatishda yuz berishi ma’lum.
Bu preparatda konservant sifatida ishlatiladigan benzalkoniy xloridi, keratopatiya – nuqtali/yoki toksik yarali keratopatiyaning sababi bo‘lishi mumkin.
Benzalkoniy xloridi ko‘zlarning ta’sirlanishini chaqirishi va yumshoq kontakt linzalarni rangsizlantirishi mumkin.
Yumshoq kontakt linzalar bilan kontaktdan saqlanish kerak.
Ko‘z infektsiyasi yoki yallig‘lanishni davolash vaqtida kontakt linzalarni ishlatish tavsiya etilmaydi.
Agar davolash vaqtida patsiyentga kontakt linzalarni taqishga ruxsat berilsa, ular L-Deksopt 5 mg/ml + 1 mg/ml ko‘z tomchilari, eritma preparatini tomizish oldidan linzalarni olib qo‘yishlari, va xech bo‘lmaganda, takroriy yuborishgacha 15 minut kutishlari kerakligi xaqida ma’lumot olgan bo‘lishlari kerak.
L-Deksopt 5 mg/ml + 1 mg/ml, ko‘z tomchilari, eritma, metabisulfit natriy saqlaydi: kam o‘ta yuqori sezuvchanlikning jiddiy reaktsiyalari va bronxospazm chaqirishi mumkin.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi L-Deksopt 5 mg/ml + 1 mg/ml preparatini odamda xomiladorlik davrida ishlatish bo‘yicha ma’lumotlar, mumkin bo‘lgan noxush reaktsiyalarini baxolash uchun yetarli emas.
Kortikosteroidlar yo‘ldosh orqali o‘tadi.
Xayvonlarda teratogen samaralar kuzatilgan.
Shunga qaramasdan, odam organizmida teratogen samaralar namoyon bo‘lishi mumkinligiga xech qanday isbotlar yo‘q.
Kortikosteroidlar tizimli qo‘llanganidan keyin, yuqoriroq dozalarda, xomilaga/yangi tug‘ilgan chaqaloqqa ta’siri qayd etilgan (ona qornida rivojlanishni ingibirlanishi, buyrak usti bezlari po‘stlog‘i faoliyatini bostirilish).
Lekin bu ma’lumotlar xaqida maxalliy oftalmologik ishlatishda xabar berilmagan.
Xozirgi vaqtda, xomilador ayollarda levofloksatsinni ishlatish xaqidagi ma’lumotlar miqdori cheklangan.
Hayvonlardagi tekshirishlar noxush reproduktiv toksiklikni ko‘rsatmaydi.
Odamlarda ma’lumotldar bo‘lmagani va eksperimental ma’lumotldar o‘suvchi organizmda ftorxinolonlarni qo‘llash oqibatida tog‘ayning shikastlanishi xavfini ko‘rsatishi tufayli, levofloksatsin xomiladorlik vaqtida ishlatilmasligi kerak.
Mahalliy qo‘llangandan keyin levofloksatsin va deksametazon fosfatini juda past tizimli ta’siriga qaramasdan, L-Deksopt 5 mg/ml – 1 mg/ml, ko‘z tomchilari, eritma preparati, agar homilador ayol uchun potentsial foyda, xomila uchun potentsial xavfni oqlamasa, xomiladorlik vaqtida tavsiya etilmaydi.
Emizish Deksametazon fosfati ko‘krak sutiga chiqariladi.
Qo‘llash usuli va erishilishi mumkin bo‘lgan tizimli darajalarini xisobga olib, chaqaloqqa samaralari kutilmaydi.
Emizish davrida levofloksatsinni qo‘llash mumkin emas.
Levofloksatsinni ko‘krak sutiga chiqarishili bo‘yicha ma’lumotlar yetarli emas, ammo, boshqa ftorxinolonlar odam ko‘krak sutiga chiqariladi.
Odamda eksperimental ma’lumotlar yo‘qligi va eksperimental ma’lumotlar ftorxinolonlarni qo‘llash oqibatida o‘suvchi organizmda tog‘ayni shikastlanish xavfini ko‘rsatishi tufayli, homilador ayollarda emizish davrida levofloksatsinni qo‘llash mumkin emas.
Shunday qilib, L-Deksopt 5 mg/ml + 1 mg/ml, ko‘z tomchilari, eritmasini emizish davrida qo‘llash mumkin emas.
Fertillik davri L-Deksopt 5 mg/ml + 1 mg/ml, ko‘z tomchilari, eritmasi maxalliy qo‘llash uchun preparatini odamdagi fertillika ta’sirini baxolsh uchun tekshirishlar o‘tkazilmagan.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Avtotransportni xaydash va mexanizmlarni boshqarish qobilyatiga ta’siri bo‘yicha xech qanday tekshirishlar yo‘q.
Lekin xar qanday ko‘z tomchilari, ko‘rishni vaqtinchalik buzilishi yoki ko‘rishni boshqa buzilishlari avtotransportni xaydash va mexanizmlarni boshqarish qobilyatiga noxush ta’sir qilishi mumkin.
Agar ko‘rishni buzilishi paydo bo‘lsa, patsiyent ko‘rish ravshanlashgunicha kutishi va faqat keyin avtotransportni xaydashi va/yoki mexanizmlarni boshqarishga o‘tishi mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.