Kyusid rasmini ko'rish

Tarkibi:

Har 5 ml suspenziya quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: quritilgan alyuminiy gidroksidiga ekvivalent bo‘lgan pasta ko‘rinishidagi alyuminiy gidroksidi     125 mg; magniy gidroksidiga ekvivalent bo‘lgan pasta ko‘rinishidagi magniy gidroksidi          250 mg; faollashtirilgan dimetikon                                           50 mg; natriy alginati                                                                100 mg; yordamchi moddalar: polisorbat 60, monostearat sorbitan, metilgidroksibenzoat, propilgidroksibenzoat, guar, suyuq sorbitol, natriy saxarini, xloroform, qand, natriy karboksimetiltsellyuloza, gidroksitoluola butilat, propilenglikol, xinolin sariq WS bo‘yovchisi, ananas essentsiyasi, tozalangan suv.

Preparatning savdo nomi:

Kyusid

Farmakalogik guruhi:

me’da-o‘n ikki barmoq ichak yarasiga qarshi vosita (antatsid vosita).

Dori shakli:

ichga qabul qilish uchun suspenziya

me’da-o‘n ikki barmoq ichak yarasiga qarshi vosita (antatsid vosita).

Kyusid – so‘rilmaydigan preparat. Dozalash tartibi va davolash davomiyligiga to‘g‘ri rioya qilinganda MIY dan deyarli so‘rilmaydi va elektrolit muvozanatni izdan chiqarmasdan va alkaloz yoki metabolizmni boshqa buzilishlari xavfini tug‘dirmasdan davomli bir tekis ta’sir ko‘rsatadi. U siydik chiqarish tizimini ta’sirlamaydi va uzoq muddat qo‘llanganda alkalozni va siydik chiqarish yo‘llarida konkrementlarni hosil bo‘lishini chaqirmaydi.

Kislotalilikni oshishi bilan kechuvchi o‘tkir gastrit.me’daning va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi (zo‘rayishi);ezofagit;ovqat bilan bog‘liq bo‘lgan toksikoinfektsiyalar;duodenit, enterit;diofragmadagi qizilo‘ngach teshigi churrasi;meteorizm;parhezni buzilishi, alkogol, kofe, nikotinni, xaddan tashqari qabul qilish turli dori preparatlarni qabul qilgandan keyingi qorinda og‘riqlar yoki diskomfort.nosteroid yalig‘lanishga qarshi preparatlar va glyukokortikosteroidlar qo‘llanganida yarali shikastlanishlarni oldini olish uchun Kyusidni profilaktik qabul qilish maqsadga muvofiqdir.

Kyusid ichga qabul qilinadi, qabul qilishdan oldin flakonni chayqatish lozim. Kattalar uchun 1–2 choy qoshiqdan ovqat qabul qilishdan 30 minut oldin va uxlashdan oldin buyuriladi. Samarasi yetarli bo‘lmaganida 3 choy qoshiqdan qabul qilish mumkin. Sutka davomidagi maksimal dozasi 16 choy qoshiqni tashkil etadi. Agar Kyusid maksimal dozada qabul qilinsa, u holda davolash davomiyligi 14 kundan oshmasligi kerak. 6 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun kattalarga qo‘llanadigan dozani 1/3 qismi, 10 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarda– kattalarga qo‘llanadigan dozaning yarmi qo‘llanadi.

Kam hollarda (<1/10000) allergik reaktsiyalar (eshakemi, bronxospazm, anafilaktik reaktsiyalar) bo‘lishi mumkin. Kaltsiy karbonatining katta miqdorini (tavsiya etilgan dozadan ko‘p) qabul qilish alkoloz, giperkaltsemiya, sut–ishqoriy sindromi, “rikoshet” fenomeni, qabziyatni chaqirishi mumkin.

Buyrak faoliyatini og‘ir darajadagi buzilishlari;Altsgeymer kasalligi;preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik;6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Kyusid tetratsiklinlar, yurak glikozidlari, ketokonazol, N1-gistamin retseptorlarining blokatorlari, temir saqlovchi preparatlar, tsiprofloksatsin, izoniazid, fenotiazin, rinitidin va tsimetidin bilan birga qo‘llanganida erimaydigan birikma hosil bo‘ladi, bu preparatlarning so‘rilishini kamaytiradi.

Kyusid va boshqa dori vositalarini qabul qilish orasidagi interval 1–2 soatni tashkil etishi kerak. Preparatni sutkada 16 choy qoshiqdan ortiq dozada qabul qilish tavsiya etilmaydi, yoki agar ushbu dozada qabul qilinsa, davolash kursi davomiyligi 2 haftadan oshmasligi kerak. Preparat uzoq muddat qabul qilinganida fosforni ovqat bilan yetarli miqdorda kirishini ta’minlash kerak. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi. Preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin. Mexanizmlar va avtomobilni boshqarish qobiliyatiga ta’siri. Preparat avtotransportni va mexanizmlarni boshqarish, shuningdek diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng qo‘llanilmasin.

25ºS dan past haroratda, quruq va qorong‘i joyda saqlansin. Muzlatilmasin. Zich berkitilgan butilkada saqlansin.

Dozani oshirib yuborish hollari ta’riflanmagan.

Retseptsiz

170 ml/200 ml preparat LDPE flakonga qadoqlangan muvofiq yorliq va birinchi ochish nazorati bo‘lgan buraladigan alyumin qopqoq berkitilgan o‘lchov stakani bilan ta’minlangan. Flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

3 yil.