Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
och-to‘q sariq rangli, dumaloq, yassi, plyonka bilan qoplanmagan chaynaladigan tabletkalar.
antigelmint vosita.
P02CA03
So‘rilishi Albendazol og‘iz orqali qo‘llanganda odamlarda yomon (5% dan kam) so‘riladi.
Agar preparat yog‘li ovqat bilan qabul qilinsa, albendazolning tizimli farmakologik ta’siri kuchayadi, u preparatni so‘rilishini taxminan 5 barobarga oshiradi.
Taqsimlanishi Albendazolning 400 mg li bir martalik dozasi nonushta vaqtida ichga qabul qilinganidan keyin uning farmakologik faol metaboliti – Albendazol sulfoksidi plazmada 1,6 dan 6,0 mikromol/l gacha bo‘lgan kontsentratsiyalarga erishiladi.
Metabolizmi Albendazol jigarda tez estensiv birlamchi metabolizmga uchraydi va, asosan, plazmada aniqlanmaydi.
Albendazol sulfoksidi birlamchi metabolit hisoblanib, u tizimli to‘qima infektsiyalariga nisbatan faol hisoblanadi.
Chiqarilishi Albendazol sulfoksidining plazmadan yarim chiqarilish davri 8½ soatni tashkil qiladi.
Albendazol sulfoskidi va uning metabolitlari asosan safro bilan chiqariladi va faqat ozgina qismi siydik bilan chiqariladi.
Shuningdek yuqori dozalarda uzoq muddat qabul qilinganidan keyin bir necha hafta davomida tsistalarni chiqarilishi yuz berishi ko‘rsatilgan.
Alohida guruhi patsiyentlari Keksalar Garchi Albendazol sulfoksidining farmakokinetikasiga patsiyentning yoshini ta’siri bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan bo‘lsada, 26 exinokokkli kistasi bo‘lgan patsiyentlardagi (79 yoshgacha) ma’lumotlar, ularni farmakokinetikasini yosh sog‘lom odamlarning farmakokinetikasi bilan o‘xshash ekanligini taxmin qiladi.
Kistoz exinokokkoz yoki neyrotsisterkozdan davolangan keksa patsiyentlarning soni chegaralangan, ammo keksa patsiyentlar bilan bog‘liq hech qanday muammolar kuzatilmagan.
Buyrak yetishmovchiligi Buyrak faoliyati susaygan patsiyentlarda albendazolning farmakokinetikasi o‘rganilmagan.
Jigar yetishmovchiligi Jigar faoliyati susaygan patsiyentlarda albendazolning farmakokinetikasi o‘rganilmagan
Kyuravorm quyidagi ichak va to‘qima parazitlariga nisbatan antigelment va protozoylarga qarshi faollikka ega bo‘lgan benzimidazol karbamat hisoblanadi.
Ichak kasalliklarini va Larva migrans teri sindromini davolash uchun (past dozalar bilan qisqa davolash kursi): Albendazol albendazolga sezuvchan ichak gelmintlari/sodda hayvonlar chaqirgan quyidagi holatlarni davolash uchun qo‘llaniladi (batafsil ma’lumot uchun farmakodinamikasi bo‘limiga qarang): – enterobioz; – ankilostomoz, nekatoroz; – gimenolepidoz; – tenioz; – strongiloidoz; – askaridoz; – trixotsefalez; – klonorxoz va opistorxoz (clonorchis sinensis va/yoki opisthorchis viverrini); – larva migrans teri sindromi; – bolalarda jiardiaz.
Agar uch haftadan keyin patsiyentni sog‘ayishi kuzatilmasa, u holda ikkinchi davolash kursi buyuriladi.
Och qolish (och qoringa qabul qilish) yoki ichakni tozalash kabi maxsus muolajalar talab qilinmaydi.
Nojo‘ya reaktsiyalarni uchrash tez-tezligini aniqlashda quyidagi shartli tasnif qo‘llanilgan: Juda tez-tez >1/10 Tez-tez > 1/100 va < 1/10 Ba’zida > 1/1000 va < 1/100 Kam hollarda > 1/10000 va < 1/1000 Juda kam hollarda <1/10000 Ichak kasalliklari va Larva migrans teri sindromini davolash uchun qo‘llanganda (kichik dozalar bilan qisqa davolash kursi): Immun tizimi tomonidan Kam: yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, shu jumladan toshma, qichishish va eshakemi.
Nerv tizimi tomonidan Ba’zida: bosh og‘rig‘i va bosh aylanishi Me’da-ichak yo‘llari tomonidan Ba’zida: me’da-ichak yo‘llarining yuqori bo‘limlaridagi simptomlar (masalan, epigastriya yoki qorin sohasida og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish) va diareya Gepatobiliar tizim tomonidan Kam hollarda: jigar enzimlari darajasini oshishi Dermatologik reaktsiyalar Juda kam hollarda: turli genezli eritema, Stivens-Djonson sindromi.
Albendazolni homiladorlikda yoki taxmin qilinayotgan homiladorlikda buyurish mumkin emas.
Albendazolni albendazolga va anamnezida dori vositasini boshqa komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Tsimetidin, prazikvantel va deksametazon preparatning tizimli samaradorligiga mas’ul bo‘lgan Albendazolning faol metabolitini plazmadagi darajasini oshiradi.
Ritonavir, fenitoin, karbamazepin, fenobarbital albendazolning faol metaboliti – Albendazol sulfoksidining plazmadagi kontsentratsiyasini kamayishini potentsiyalashi mumkin.
Buning klinik ahamiyati noma’lum, ammo bu, ayniqsa tizimli gelmint kasalliklarini davolashda samarani pasayishiga olib kelishi mumkin.
bunday patsiyentlar nazorat ostida bo‘lishlari kerak va ularga muqobil dozalash tartibi yoki davolash talab qilinishi mumkin.
Albendazolni ilk homiladorlik davrida qabul qilishdan saqlanish uchun, tug‘ruq yoshidagi ayolalar hayz ko‘rishdan keyin yoki homiladorlikka salbiy testidan keyin birinchi haftada davolashni o‘tkazishlari kerak.
Albendazol bilan davolanganda ilgari kuzatilgan neyrotsistitserkoz, ayniqsa tenioz bilan yuqori darajali infektsiyalangan hududlarda namoyon bo‘lishi mumkin.
Patsiyentlar nevrologik simpomlarni, masalan, tutqanoq xurujlarini, bosh miya ichki bosimini oshishini va miyada parazitlarni halok bo‘lishi chaqirgan yallig‘lanish reaktsiyalari natijasida o‘choq simptomlarini sezishlari mumkin.
Simptomlar ko‘proq davolanishdan keyin paydo bo‘lishi mumkin.
Steroidlar va antikonvulsantlar bilan muvofiq davolash darhol boshlanishi kerak.
Albendazol suspenziyasi benzoy kislotasini saqlaydi, u teri, ko‘zlar va shilliq qavati uchun sust ta’sirlovchidir.
Bu yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda sariqlik xavfini oshiradi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi: Albendazolni homiladorlikda yoki taxmin qilinayotgan homiladorlikda buyurilmaydi (Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlarga qarang).
Albendazolni odamlarda va hayvonlarda laktatsiya davrida qo‘llanishi to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q.
Mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri: Transport vositalarini haydash va harakatdagi mexanik qurilmalarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir etuvchi nojo‘ya reaktsiyalar kuzatilmagan.
Klinik bo‘lmagan ma’lumot Albendazol kalamushlar va quyonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda teratogen va embriotoksik faollikni namoyon qilgan.
Albendazol in vitro va in vivo tadqiqotlardagi guruhlarda mutagenlik va genotoksiklik namoyon qilmagan.
Odam uchun tavsiya qilinadigan dozadan 30 marta oshadigan kundalik dozani kalamush va sichqonlarga berib o‘tkazilgan toksiklikni uzoq tadqiqotlarda patologik o‘smalarni rivojlanish tez-tezligini oshishini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar yo‘q.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin qo‘llanilmasin.
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Dozani oshirib yuborilishida keyingi davolash klinik ko‘rsatmalarga yoki milliy toksikologiya markazlarining tavsiyalariga muvofiq o‘tkazilishi kerak.