Kyupen Yuniorretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Har 5 ml suspenziya quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: ibuprofen BF                      100 mg; paratsetamol BF                   162.5 mg; aromatizatsiyalangan asos    q.s. yordamchi moddalar: suvsiz kolloid kremniy, natriy benzoati, 70% li sorbitol eritmasi, ksantan kamedi, natriy metilparaben, natriy propilparaben, natriy xloridi, polisarbat – 80, dinatriy edetati, limon kislotasi, natriy saxarrin, sukraloza, glitserol, Pineapple Sweet aromatizatori.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

paratsetamol, ibuprofen

Preparatning savdo nomi:

Kyupen Yunior

Farmakalogik guruhi:

analgetik-antipiretik

Dori shakli:

qandsiz peroral suspenziya

to‘q sariq rangli suspenziya.

analgetik-antipiretik

N02DE51

Ibuprofen me’da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi va plazma oqsillari bilan bog‘lanadi. Ibuprofen sinovial suyuqlikka o‘tadi. Ibuprofen jigarda ikkita asosiy metabolitigacha metabolizmga uchraydi va metabolitlar ko‘rinishida yoki asosiy kon’yugatlar ko‘rinishida buyrak orqali birlamchi chiqariladi, shuningdek o‘zgarmagan ibuprofen ko‘rinishida kam miqdorda chiqariladi. Buyrak orqali chiqarilishi tez va to‘liqdir. Yarim chiqarilish davri taxminan 2 soatni tashkil etadi. Paratsetamol me’da-ichak yo‘llaridan oson so‘riladi. Paratsetamol jigarda metabolizmga uchraydi va siydik bilan asosan glyukuronid va sulfat kon’yugatlari ko‘rinishida va taxminan 10% glutation kon’yugatlari ko‘rinishida chiqariladi. Paratsetamolning 5% dan kamroq qismi o‘zgarmagan xolda chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 3 soatni tashkil etadi.

Isitma, turli sohalarda joylashgan og‘riqlar emlashdan keyingi isitma, tish og‘rig‘i, infektsion yallig‘lanish va suyak-mushaklardagi og‘riqlarni barcha turlari, shu jumladan sportdagi jaroxatlarni yengillashtirish uchun qo‘llanadi.

Ichga qabul qilinadi. Bolalarga: 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga                         1 choy qoshiqdan sutkada 3-4 marta. 1 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga          2 choy qoshiqdan sutkada 3-4 marta. 5 yoshdan oshgan bolalarga                           4 choy qoshiqqacha sutkada 3-4 marta yoki shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha qabul qilinadi. Suspenziyani qabul qilishdan oldin flakonni yaxshilab chayqating.

O‘ta yuqori sezuvchanlik, me’da va 12-barmoq ichak yara kasalligini zo‘rayish bosqichi yoki me’da-ichak yo‘llaridan qon ketishlar, pankreatit, teri toshmalari, ko‘ngil aynishi, qusish, epigastral soxada diskomfort, bosh aylanishi va boshqa allergik reaktsiyalar kuzatilishi mumkin. Dori vositasi bekor qilingandan so‘ng nojo‘ya reaktsiyalarning simptomlari (agar ular bo‘lsa) kamayishi kerak. Agar simptomlari yo‘qolmasa, shifokorga murojaat qiling.

Tarkibida ibuprofen va paratsetamol saqlovchi vositalar gipotenziv preparatlar, diuretiklar, tsiklosporinlar, kortikosteroidlar, antikoagulyantlar, xloramfenikol va varfarin bilan ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Jigar va buyrak funktsiyasini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llaganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. O‘ramidagi yaroqlilik muddatini tekshiring. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºC dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Paratsetamol Kattalarda jigarni shikastlanishi paratsetamolni 10 g va undan ko‘proq qabul qilinganida kuzatilishi mumkin. Agar patsiyent karbamazepin, fenobarbital, fenitoin, primidon, rifampitsin yoki jigar fermentlarini induktsiya qiladigan boshqa preparatlar bilan uzoq davolanganda yoki etanolni haddan tashqari ko‘proq dozalarda qo‘llanganda, paratsetamol 5 g va undan katta dozalarda qabul qilinganida jigarni shikastlanishiga olib kelishi mumkin. Doza oshirib yuborilgandan keyin 1 soat davomida faollashtirilgan ko‘mir bilan davolash o‘tkazish kerak. Ibuprofen. Dozani oshirib yuborilishi: ko‘ngil aynishi, qusish, epigastral soxada og‘riq, kam hollarda ich ketishi, bosh og‘rig‘i va me’da-ichakdan qon ketishlar kabi simptomlarni chaqirishi mumkin. Davolash simptomatik va bir maromda tutib turuvchi bo‘lishi kerak va nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligini tutib turishi va yurak monitoringi va xayot uchun muhim funktsiyalarni stabil darajada tutib turishni o‘z ichiga oladi.

Retsept bo‘yicha

Ichga qabul qilish uchun suspenziya 60 ml dan o‘lchov stakanchasi bilan komplektda (flakonda).

3 yil.