KURIOZINretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 g gel quyidagilarni saqlaydi:

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

1,027 mg rux gialuronati (1,00 mg natriy gialuronatga va 0,33 mg rux xlorid aralashmasidan tashkil topgan). Yordamchi moddalar: Kaliy sorbati, natriy gidroksidi, karbomerlar, inyektsiya uchun suv.

Preparatning savdo nomi:

KURIOZIN®

Rangsiz yoki deyarli rangsiz, deyarli hidsiz tiniq gel. Farmakoterapevtik guruhi: Xusnbuzar toshmalarini davolash uchun sirtga qo‘llash uchun boshqa vositalar. ATX kodi: D10AX Farmakologik xususiyatlari Farmakodinamikasi Xusnbuzarlarni rivojlanishini ikki asosiy etiologik omillari (yog‘ bezlarinining to‘qimalarining proliferatsiyasi va ularni chiqaruvchi yo‘llarining giperkeratozi) dan tashqari Propionibacterium acnes bakteriyasi ta’siri ostida ishlab chiqariladigan biologik faol moddalar katta ahamiyatga egadir. Bunday o‘zgarishlar shikastlangan to‘qimalarda gialuron kislotasining miqdori pasaytiradi; gialuron kislotasiga bo‘lgan yuqori  ehtiyoj Kuriozin gelini mahalliy qo‘llash orqali korrektsiyalanishi mumkin. Gialuron kislotasi – mukopolisaxarid turidagi tabiiy polimer bo‘lib, biriktiruvchi to‘qimaning xujayralararo matriksining muhim elementidir. Boshqa molekulalar va hujayralar bilan fizik-kimyoviy xususiyatlariga bog‘liq o‘zaro ta’sirlari gialuron kislotasini ko‘pchilik biologik jarayonlarning zaruriy komponenti bo‘lishiga olib keladi. Gialuron kislotasi suv molekulalari bilan dispers matriks hosil qiladi va terining tonusi va elastikligini tutib turishga yordam beradi. Proteoglikanlarning boshqa molekulalari bilan bir qatorda gialuron kislotasi ham biriktiruvchi to‘qimaning hujayralararo moddasini barqarorlashtiradi. Preparat tarkibidagi rux P. acnes ning lipazasini faolligini bostiradi, shuningdek antibakterial ta’sir ko‘rsatadi. Gialuron kislotasi  suv molekulalari bilan dispersion matriks hosil qiladi va to‘qimaning nuqsonini to‘ldiradi, hujayralar uchun tabiiy tayanchi bo‘lib xizmat qiladi, granulotsitlar va makrofaglarning faolligini oshiradi, fibroblastlarning proliferatsiyasini va angiogenezni kuchaytiradi. Rux gialuronati natriy tuziga nisbatan bakteriyalarning ko‘pchilik shtammlariga bakteriostatik ta’sir ko‘rsatadi. Farmakokinetikasi Ekzogen gialuron kislotasining farmakokinetikasi to‘g‘risida ma’lumotlar yetarli emas. Adabiyotlardagi ma’lumotlariga ko‘ra, sog‘lom ko‘ngillilarda gialuron kislotasining zardobdagi kontsentratsiyasi 10-100 mkg/l oralig‘ida bo‘ladi. Gialuron kislotasining qon zardobidagi kontsentratsiyasi fiziologik sabablarga ko‘ra tonggi soatlarda yuqori bo‘ladi, yosh o‘tishi bilan, shuningdek jigar faoliyatini buzilishlarida uning kontsentratsiyasi oshib boradi. Gialuron kislotasi qon plazmasidan tez chiqariladi, kichik molekulyar massali komponentlarga parchalanishi asosan jigarda yuz beradi. Vena ichiga yuborilganidan keyin yarim chiqarilish davri (t1/2) 2,5-5,5 minutni tashkil qiladi. Gialuron kislotasi buyraklar orqali deyarli chiqarilmaydi (1%). 22 sog‘lom ko‘ngillilarning ma’lumotlarini baholash bo‘yicha ­ 24 soatda 320 mkg tashkil qiladi.

Og‘irligi yengil va o‘rtacha darajadagi bo‘lgan xusnbuzar toshmalarning hamma turlarini, ayniqsa komedonlarni va papulo-pustulez xusnbuzarlarni mahalliy davolash uchun qo‘llanadi .

Dozalari Preparat sirtga qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Gel yupqa qavat qilib kuniga ikki marta surtiladi. Qo‘llash usuli Oldindan yaxshilab tozalangan so‘ng terining shikastlangan sohasiga yupqa qavat qilib kuniga ikki marta surtiladi. Preparat bir necha minut davomida so‘riladi, shuning uchun bog‘lov qo‘yishning hojati yo‘q.

“Tarkibi” bo‘limidagi ta’sir etuvchi moddaga yoki yordamchi moddalarga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Preparatni homiladorlik va  emizish davrida qo‘llash bo‘yicha ma’lumotlar yo‘q.

sirtga qo‘llash uchun gel