Ksilometazolin Asp rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol modda: ksilometazolin gidroxloridi.- 0,5 mg; yordamchi moddalar: dinatriy edetati – 0,5 mg, natriy gidrofosfat digidrati – 2 mg, digidrofosfat digidrati – 2 mg; natriya xloridi – 7,3 mg, 10% li benzalkoniy eritmasi shaklida benzalkoniy xloridi – 0,1 mg, tozalangan suv – 1 ml gacha.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

ksilometazolin

Preparatning savdo nomi:

Ksilometazolin-Asp

Farmakalogik guruhi:

LOR-a’zolari kasalliklarini davolash uchun vosita.

Dori shakli:

nazal sprey.

tiniq, rangsiz suyuqlik.

LOR-a’zolari kasalliklarini davolash uchun vosita.

R01AA07

Ksilometazolin mahalliy qo‘llanganida preparat deyarli so‘rilmaydi, shuning uchun plazmada uning kontsentratsiyasi juda kam (zamonaviy analitik usullar bilan aniqlanmaydi).

O‘tkir rinit (shu jumladan, o‘tkir respirator kasalliklar fonidagi va allergik rinit), pollinoz, sinusit, yevstaxiit, o‘rta otitda (burun-xalqum shishini kamaytirish uchun) qo‘llanadi. Burun bo‘shlig‘idagi diagnostik muolajalar uchun bemorni tayyorlash uchun qo‘llanadi.

Intranazal buyuriladi. 2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun 0,05% li eritma: xar bir burun yo‘liga 1 tomchidan (purkashdan) kuniga 1-2 marta buyuriladi; kuniga 3 martadan ortiq qo‘llash mumkin emas. Kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalar uchun 0,1% li eritma: xar bir burun yo‘liga 1 tomchidan (purkashdan) buyuriladi (zarurati bo‘lganda takrorlash mumkin), kuniga 3 martadan ortiq qo‘llash mumkin emas. Preparat ko‘pi bilan 7 kun qo‘llaniladi, keyinchalik shifokor ko‘rsatmasiga bo‘yicha.

Mahalliy reaktsiyalar: tez-tez va/yoki uzoq vaqt qo‘llanganida – burun halqum shilliq qavatini ta’sirlanishi va/yoki qurishi, achishish, paresteziyalar, aksirish, gipersekretsiya; burun shillik qavatini shishi. Tizimli reaktsiyalar: qusish, bosh og‘rig‘i, yurak urushini his qilish, arterial bosimni oshishi, uyqusizlik, ko‘rishni buzilishi; depressiya (yuqori dozalarda uzoq vaqt qo‘llaganda).

Monoaminooksidaza (MAO) ingibitorlari va tritsiklik antidepressantlar bir vaqtda qo‘llanishi tizimli ta’sirni kuchaytirishi mumkin.

Uzoq vaqt davomida qo‘llash mumkin emas, masalan surunkali rinitda. Xomiladorlik va laktatsiya Xomiladorlik va laktatsiya davrida preparatni faqat ona uchun foyda va xomila va bolaga bo‘lgan xavf nisbati sinchiklab baxolangandan keyin, extiyotkorlik bilan, tavsiya etilgan dozani oshirishga yo‘l qshymasdan qo‘llash kerak. Avtotransportni xaydash va mexanizmlarni boshkarish kobiliyati ta’siri Tavsiya qilinganidan yuqori dozalarda qabul qilish transport vositalarini boshqarish va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaktsiya tezligini talab qiluvchi boshqa potentsial xavflifaoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta’sir qilishi mumkin, bu extiyotkorlikka rioya qilishni talab etadi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Quruq yorug‘likdan ximoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Retseptsiz

Nazal tomchilar 0,05% va 0,1%. 10 ml, 20 ml dan tyubik tomchilagichlarda. Nazal sprey 0,05% va 0,1%. 15 ml dan preparat ko‘p dozali purkagich uchlik bilan ta’minlangan va ximoya qalpoqchalari tyubiklarda.

2 yil.