Preparatning dozasini cheklovchi nojo‘ya reaktsiyalar diareya, qorin og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, stomatit va kaft-tovon sindromi xisoblanadi.
Kseloda® preparati bilan davolanayotgan patsiyentlarda toksiklikning ko‘rinishlarini sinchkov tibbiy nazoratini o‘tkazish kerak.
Ko‘pchilik noxush ko‘rinishlar qaytuvchan bo‘ladi va garchi dozaga tuzatish kiritish yoki preparatni vaqtincha bekor qilish zarurati paydo bo‘lishi mumkin bo‘lsa xam, preparatni butunlay bekor qilishni talab qilmaydi.
Diareya: Kseloda® preparati bilan davolash diareyani, ba’zida og‘ir, diareyani chaqirishi mumkin.
Og‘ir diareyali bemorlarni sinchiklab kuzatish kerak, degidratatsiya paydo bo‘lganida esa regidratatsiya va yo‘qotilgan elektrolitlarning o‘rnini to‘ldirishni o‘tkazish kerak.
Standart diareyaga qarshi preparatlarni (masalan, loperamid) tibbiy ko‘rsatmalar bo‘yicha iloji boricha erta buyurish kerak.
Kanada Milliy onkologik institutining (NCIC CTC, versiya 2) mezonlari bo‘yicha ich kelishi sutkada 4-6 martagacha tezlashganida yoki tungi vaqtdagi ich kelishida 2 darajali diareya sifatida belgilanadi; 3 darajali diareya – ich kelishini sutkada 7-9 martagacha tezlashishi yoki tutib turaolmaslik va malabsorbtsiya sindromi; 4darajali diareya – ich kelishini sutkada 10 va ko‘proq martaga tezlashishi, axlatda ko‘rinadigan qonni paydo bo‘lishi parenteral bir maromda ushlab turuvchi davolashni zarurati.
Zarurati bo‘lganida Kseloda® preparatining dozasini pasaytirish kerak.
Degidratatsiya: degidratatsiyani oldini olish yoki paydo bo‘lishini eng boshida bartaraf qilish kerak.
Degidratatsiya anoreksiyasi, asteniyasi, qo‘ngil aynishi, qusish yoki diareyasi bo‘lgan bemorlarda tez rivojlanishi mumkin.
Degidratatsiya, ayrim xollarda o‘lim bilan yakunlanuvchi, o‘tkir buyrak yetishmovchiligining, ayniqsa davolashni boshlash vaqtida buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda yoki agar patsiyent kapetsitabinni nefrotoksik ta’sirga ega bo‘lgan preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilayotgan xolda rivojlanishini sababi bo‘lishi mumkin.
2 darajali va undan yuqori degidratatsiya rivojlanganida, Kseloda® preparati bilan davolashni darxol bekor qilish va regidratatsiyani o‘tkazish kerak.
Regidratatsiya yakunlangunicha va uni chaqirgan omillar yo‘qotilishi yoki to‘g‘irlanmagunicha davolashni qayta tiklash mumkin emas.
Preparatning dozasini degidratatsiyaga olib kelgan noxush ko‘rinishlar uchun tavsiyalarga muvofiq o‘zgartirish kerak.
Kapetsitabin bilan davolashdagi kardiotoksiklik doirasi boshqa ftorpirimidinlar ishlatilganidagi bilan o‘xshash va miokard infarkti, stenokardiya, aritmiya, yurakni to‘xtashi, yurak yetishmovchiligi va EKG dagi o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi.
Bu noxush ko‘rinishlar anamnezida YUIK bo‘lgan bemorlar uchun xos.
Anamnezida aritmiyasi va stenokardiyasi bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Kapetsitabin bilan davolash davomida gipo- va giperkaltsiyemiya rivojlanishi aniqlangan.
Ilgari tashhislangan gipo- va giperkaltsiyemiyasi bo‘lgan patsiyentlarda extiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Markaziy va periferik nerv tizimining kasalliklari (masalan, bosh miyada metastazlari va neyropatiyalar bo‘lganida) bo‘lgan patsiyentlarda, shuningdek qandli diabeti va suv-elektrolit muvozanatini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda extiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki kapetsitabin bilan davolash davomida bu kasalliklarni zo‘rayishi mumkin.
Kam hollarda FU bilan assotsiatsiyalangan toksiklikning kutilmagan og‘ir ko‘rinishlari (masalan, stomatit, diareya, neytropeniya va neyrotoksiklik), digidropirimidindegidrogenazaning (DPD) yetarli bo‘lmagan faolligi bilan bog‘liq.
Shunday qilib, DPD ning pasaygan faolligi va FU ning yaqqolroq, potentsial letal toksikligi orasidagi aloqani istisno qilish mumkin emas.
Patsiyentlarni keratit yoki shox parda patologiyasi kabi, ayniqsa anamnezda ko‘rish a’zosi tomonidan buzilishlar bo‘lgan xolda, oftalmologik asoratlar paydo bo‘lishiga nisbatan patsiyentlarni kuzatish kerak.
Ko‘rish a’zosi tomonidan asoratlar rivojlangan holda, muvofiq davolashni buyurish kerak.
Kseloda® preparati bilan davolash Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz kabi jiddiy teri reaktsiyalarini chaqirishi mumkin.
Kseloda® preparatini qo‘llash fonida og‘ir teri reaktsiyalari rivojlanganida, Kseloda® preparatini va qabul qilishni to‘xtatish va qayta boshlamaslik kerak.
Kseloda® preparatini teriga toksikligini ko‘rinishi kaft-tovon sindromini (sinonimi – kaft-tovon eritrodizesteziyasi yoki ximioterapiya chaqirgan akral eritema) paydo bo‘lishi hisoblanadi.
Kseloda® preparati bilan monoterapiya olayotgan patsiyentlarda toksiklik ko‘rinishlarini rivojlanishigacha bo‘lgan vaqt medianasi 79 kunni tashkil qiladi (11 dan 360 kun diapazonida), og‘irlik darajasi esa 1-nchi darajadan 3-nchi darajagacha o‘zgaradi.
1-nchi darajali kaft-tovon sindromi bemorning kundalik faolligini buzmaydi va kaftlar va/yoki tovonlarni uvishishi, dizesteziyalari/paresteziyalari, sanchilishlar yoki qizarishlari, diskomfort bilan namoyon bo‘ladi.
2-nchi darajali kaft-tovon sindromi qo‘l va/yoki oyoq panjalarini og‘riqli qizarishi va shishlari bilan xarakterlanadi, bunda bu simptomlar chaqirgan diskomfort patsiyentning kundalik faolligini buzadi.
3-nchi darajali kaft-tovon sindromi, qo‘l va/yoki oyoq panjalarining nam deskvamatsiyasi, yaralanishi, pufaklar hosil bo‘lishi va keskin og‘riqlar, shuningdek patsiyent uchun kundalik faoliyatning har qanday turlarini bajarishi mumkin bo‘lmagan kuchli diskomfort sifatida belgilanadi.
2-nchi yoki 3-nchi darajali kaft-tovon sindromi paydo bo‘lganida, simptomlar yo‘qolgunicha yoki ular 1-nchi darajaligacha kamaygunicha Kseloda® preparati bilan davolashni to‘xtatish kerak.
3-nchi darajali simptom paydo bo‘lganida Kseloda® preparatining keyingi dozalari kamaytirilgan bo‘lishi kerak.
Kseloda® preparati tsisplatin bilan majmuada buyurilganida kaft-tovon sindromini simptomatik yoki ikkilamchi profilaktik davolash uchun V6 vitamini (piridoksin) qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki u tsisplatinning samaradorligini pasaytirishi mumkin.
Kseloda® preparati bilan davolashdagi kaft-tovon sindromining rivojlanishini oldini olishda dekspantenolning samaradorligi haqida ma’lumotlar bor.
Kseloda® preparati giperbilirubinemiya chaqirishi mumkin.
Agar Kseloda® preparati bilan davolash tufayli giperbilirubinemiya rivojlansa >3,0xNYUCh (normaning yuqori chegarasi) yoki “jigar” aminotransferazalarining (ALT, AST) folligi oshsa >2,5xNYUCh, davolashni to‘xtatish kerak.
Bilirubinning kontsentratsiyasini va “jigar” aminotransferazalarining faolligini pasayishi quyida ko‘rsatilgin chegaralargacha pasayganida davolash o‘tkazishni qayta tiklash mumkin.
Kseloda® preparati va peroral antikoagulyantlar – kumarin hosilalarini bir vaqtda qabul qilayotgan bemorlarda, qon ivishi ko‘rsatgichlarini (protrombin vaqti va XNN) nazorat qilish va shunga muvofiq antikoagulyantning dozasini tanlash kerak.
Keksa va qari yoshli patsiyentlarda preparatni qo‘llash Kolorektal raki bo‘lgan 60-79 yoshli, Kseloda® preparati bilan monoterapiya olayotgan patsiyentlarda me’da-ichak yo‘llari tomonidan toksik ko‘rinishlarning tez-tezligi, bemorlarning umumiy populyatsiyasidagidan farq qilmagan.
80 yoshli va undan katta patsiyentlarda, diareya, ko‘ngil aynishi va qusish kabi 3-nchi va 4-nchi darajali me’da-ichak yo‘llari tomonidan qaytuvchan noxush ko‘rinishlar ko‘proq rivojlangan.
Kapetsitabin va boshqa o‘smalarga qarshi preparatlar bilan majmuaviy davolangan ≥65 yoshli patsiyentlarda og‘irligi 3-nchi va 4-nchi darajali noxush reaktsiyalar va 65 dan yoshroq patsiyentlar bilan solishtirganda, davolashni to‘xtatishga olib kelgan noxush ko‘rinishlar tez-tezligini oshishi aniqlangan.
Kapetsitabin preparati va dotsetaksel bilan majmuaviy davolangan ≥60 yoshli patsiyentlardagi xavfsizlik ma’lumotlarini taxlilida, davolash bilan bog‘liq bo‘lgan og‘irligi 3-nchi va 4-nchi darajali noxush ko‘rinishlar, jiddiy noxush ko‘rinishlar va 60 dan yoshroq patsiyentlar bilan solishtirganda, davolashni to‘xtatishga olib kelgan noxush ko‘rinishlar tufayli davolashni erta bekor qilish tez-tezligini oshishi aniqlangan.
Buyrak yetishmovchiligi Og‘irligi o‘rtacha darajali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga Kseloda® preparatini buyurishda extiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Ftoruratsil bilan davolashdagi kabi, o‘tkazilayotgan davolash bilan bog‘liq bo‘lgan 3-nchi va 4-nchi darajali noxush ko‘rinishlarni rivojlanish tez-tezligi, og‘irligi o‘rtacha darajali buyrak yetishmovchiligi (KK minutiga 30-50 ml) bo‘lgan patsiyentlarda yuqori bo‘lgan.
Jigar yetishmovchiligi Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar Kseloda® preparati bilan davolash vaqtida sinchkov tibbiy kuzatuv ostida bo‘lishlari kerak.
Jigarni metastatik shikastlanishi yoki og‘ir jigar yetmishmovchiligi bilan bog‘liq bo‘lmagan jigar faoliyatini buzilishini, Kseloda® preparatini taqsimlanishiga ta’siri noma’lum.
Kseloda® preparati bilan davolash vaqtida, va u tugaganidan keyin eng kamida 3 oy davomida kontratseptsiyaning ishonchli usullarini ishlatish kerak.
Agar davolanish vaqtida homiladorlik yuz bersa, patsiyent xomila uchun potentsial xavf haqida xabardor qilingan bo‘lishi kerak.
Ishlatilmagan preparat va yaroqlilik muddati o‘tgan preparat bilan muomala qilish Dori preparatini chiqindilar bilan birga atrof-muhitga tushishi minimumga keltirilishi kerak.
Preparatni oqava suvlar yordamida yoki maishiy chiqindilar bilan birga utilizatsiya qilish mumkin emas.
Iloji boricha dori preparatlarini utilizatsiyasi uchun maxsus tizimlarni ishlatish kerak.