Kreazim 10000, Kreazim 20000retsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

ta’sir etuvchi modda: pankreatin

Preparatning savdo nomi:

Kreazim 10000, Kreazim 20000

Farmakalogik guruhi:

Ovqat hazm bo‘lishiga yordam beruvchi, shuningdek ferment vositalar. Ferment preparatlar.

Dori shakli:

ichakda eruvchi qattiq kapsulalar.

sarg‘ish-jigarrang rangli granulalar saqlovchi sariq rangli tsilindr shaklidagi qattiq jelatin kapsulalar (Kreazim 10000), yoki sarg‘ish-jigarrang rangli granulalar saqlovchi qizil rangli tiniq bo‘lmagan korpusli va qora rangli tiniq bo‘lmagan qopqoqli qattiq jelatin kapsulalar (Kreazim 20000).

Ovqat hazm bo‘lishiga yordam beruvchi, shuningdek ferment vositalar. Ferment preparatlar.

Klassik farmakokinetik tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Me’da osti bezi fermentlarini saqlovchi preparatlar o‘zining samarasini namoyon etishi uchun so‘rilishi talab qilinmaydi. Aksincha, ko‘rsatilgan preparatlarning to‘liq terapevtik faolligi me’da­ichak yo‘llari oralig‘ida amalga oshadi. Bundan tashqari, o‘zining kimyoviy tuzilishi bo‘yicha ular oqsillar hisoblanadi, va shu boisdan, me’da­ichak yo‘llaridan o‘tganida ular to peptidlar va aminokislotalar shaklida so‘rilmagunigacha proteolitik parchalanishga uchraydi. Granulalar rN 5,5 dan past bo‘lgan me’da muhitida barqarordir. Me’da shirasining ishtirokida 45 minut davomida chidamlidir. rN = 6 bo‘lganida fermentativ faollikni ajralib chiqishi 1 soat davomida 75-100% ni tashkil qiladi, rN = 6,8 bo‘lganida 30 minut davomida 100% , rN = 8 bo‘lganida 15 minut ichida to‘liq ajralib chiqadi.

Quyidagi hollarda me’da osti bezining ekzokrin faoliyatini yetishmovchiligini davolash uchun o‘rinbosar terapiyada qo‘llaniladi: surunkali pankreatit,pankreatektomiya,me’da osti bezining raki,pankreatik yoki umumiy o‘t yo‘lining (masalan, o‘sma oqibatidagi) obstruktsiyasi,Shvaxman-Daymond sindromi,me’da osti bezining ekzokrin faoliyatini yetishmovchiligi bilan kechuvchi boshqa kasalliklar.

Ichga, kapsulalarni chaynamasdan, yetarli miqdordagi suyuqlik bilan yutish kerak. Doza me’da osti bezining faoliyatini yetishmovchilik darajasi va parhezning tarkibiga qarab, shaxsiy ravishda tanlanadi. Agar bir martalik doza bir kapsuladan ortiq bo‘lsa, ovqat qabul qilishni boshida kapsulalarning umumiy miqdorini yarmini yoki uchdan bir qismini, qolgan qismini esa – ovqat vaqtida qabul qilish tavsiya etiladi. Yutish qiyin bo‘lganida kapsulalar ehtiyotkorlik bilan ochiladi, granulalar esa chaynashni talab etmaydigan suyuq ovqatga qo‘shiladi yoki suyuqlik bilan ichiladi. Tayyorlangan aralashmani saqlab bo‘lmaydi. Davolashning boshida preparat ovqatni asosiy qabul qilinishi bilan 10000-20000 TB lipazadan buyuriladi. Steatoreyani kamaytirish va patsiyentning optimal holatini tutib turish uchun dozani oshirish mumkin: ovqatni asosiy qabuli qilinishi bilan qabul qilinadigan doza 20000-70000 TB lipazani tashkil qiladi, yengil tamaddi qilish vaqtida – 5000-20000 TB lipazani tashkil qiladi. Davolash davomiyligi bir necha kundan (parhezdagi xatoliklar tufayli, ovqat hazm bo‘lishi jarayonlarini buzilishida) bir necha oygacha va xatto bir necha yilgacha (doimiy o‘rinbosar davolashning zaruratida) o‘zgarib turishi mumkin. Ayniqsa kuchli suyuqlik yo‘qotilishida muntazam yetarli miqdorlagi suyuqlik qabul qilinishini ta’minlash kerak. Suyuqlikni noadekvat qabul qilinishi qabziyatni kuchayishiga olib kelishi mumkin.

O‘rtacha terapevtik dozalarda qo‘llanganida nojo‘ya ta’sirlari 1% dan kam hollarda kuzatiladi. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ayrim hollarda – diareya, qabziyat, me’da sohasida diskomfort hissi, ko‘ngil aynashi. Allergik reaktsiyalar: alohida hollarda – teri ko‘rinishlari.

O‘ta yuqori sezuvchanlik, o‘tkir pankreatit, surunkali pankreatitni zo‘rayishida qo‘llash mumkin emas.

Pankreatin temir preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida oxirgisini so‘rilishi susayishi mumkin. Boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta’siri yoki o‘zaro ta’sirning boshqa turlari haqida ma’lumotlar yo‘q.

Homiladorlikda qo‘llash xavfsizligi yetarli o‘rganilmagan. Homiladorlik yoki emizish vaqtida qo‘llash, agar ona uchun davolashdan kutilayotgan samara homila yoki bola uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lgandagina mumkin.

Homiladorlikda qo‘llash xavfsizligi yetarli o‘rganilmagan. Homiladorlik yoki emizish vaqtida qo‘llash, agar ona uchun davolashdan kutilayotgan samara homila yoki bola uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lgandagina mumkin.

25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda original o‘ramda saqlansin.

Simptomlari: giperurikozuriya, giperurikemiya kuzatilishi mumkin. Davolash: preparatni bekor qilish, simptomatik davolash kerak.

Shifokor retseptisiz

10 kapsuladan blisterda. 2 blisterdan karton qutiga joylangan.

2 yil.