Konvuleksretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi faol modda: 300 mg natriy valproati (260,30 mg valproat kislotasi va 72,20 mg natriy gidroksidiga ekvivalent), yordamchi moddalar: natriy saxarin, apelsin aromatizatori, natriy gidroksidi, xlorid kislotasi, tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

valproat kislotasi

Preparatning savdo nomi:

Konvuleks

Farmakalogik guruhi:

Tutqanoqqa qarshi preparatlar. Yog‘ kislotalarining xosilalari. Valproat kislotasi.

Dori shakli:

ichga qabul qilish uchun tomchilar

tiniq rangsizdan to biroz sarg‘ish rangligacha bo‘lgan, shirin apelsin mazali va keyinchalik biroz achchiq tam beruvchi eritma.

Tutqanoqqa qarshi preparatlar. Yog‘ kislotalarining xosilalari. Valproat kislotasi.

N03AG01.

Valproat kislotasi me’da-ichak yo‘llari (MIY) da tez va deyarli to‘liq so‘riladi, ichga qabul qilinganida biokiraolishligi 100% ni tashkil qiladi. Ovqat qabul qilish so‘rilish tezligini pasaytirmaydi. Plazmadagi kontsentratsiyasining maksimal darajasi 3-4 soatdan so‘ng aniqlanadi. Muvozanat kontsentratsiyasiga dozalash intervaliga qarab, davolashning 2-4 kunlari erishiladi. Preparatning qon plazmasidagi terapevtik kontsentratsiyasi 50-150 mg/l chegaralarida o‘zgarib turadi. Valproat kislotasi plazma oqsillari bilan qon plazmasidagi 50 mg/l gacha kontsentratsiyalarda 90-95% ga va 50- 100 mg/l kontsentratsiyada 80-85% ga bog‘langan, uremiyada, gipoproteinemiyada va jigar tsirrozida oqsillar bilan bog‘lanishi pasaygan. Orqa miya suyuqligidagi kontsentratsiyasining darajalari preparatning oqsillar bilan bog‘lanmagan fraktsiyasining kattaligi bilan mos keladi. Valproat kislotasi yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi, ko‘krak suti bilan chiqariladi. Ko‘krak sutidagi kontsentratsiyasi ona qoni plazmasidagi kontsentratsiyasining 1-10% ni tashkil qiladi. Preparat jigarda glyukuronlanish va oksidlanishga uchraydi, metabolitlari va o‘zgarmagan valproat kislotasi (dozaning 1-3%) buyrak orqali chiqariladi, katta bo‘lmagan miqdori axlat va chiqarilayotgan nafas bilan chiqariladi. Sog‘lom sinalayotganlarda va monoterapiyada preparatning yarim chiqarilish davri 8 soatdan 24 soatgachani tashkil qiladi, boshqa dori vositalari bilan birga qo‘llanganda metabolik fermentlarning induktsiyasi oqibatida, yarim chiqarilish davri 6-8 soatni tashkil qilishi mumkin, jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarda va keksa bemorlarda sezilarli darajada uzoqroq bo‘lishi mumkin. Ta’siri uzaytirilgan shakli so‘rilishining latent vaqtini bo‘lmasligi, sekin so‘rilishi, 4 va 14 soatlar orasida plazmada pastroq (25% ga), lekin nisbatan barqarorroq kontsentratsiyasi bilan xarakterlanadi.

tutqanoq xurujlari (shu jumladan yoyilgan va partsial, shuningdek miyaning organik kasalliklari fonidagi)migren xurujlarini oldini olishlitiyni qo‘llash mumkin bo‘lmagan yoki patsiyent o‘zlashtiraolmagan xollarda bipolyar kechuvchi maniakal-depressiv sindromda qo‘llaniladi.

Preparat ichga, kuniga 2-3 marta, ovqatlanish vaqtida yoki undan keyin oz miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilinadi. Kattalar. Monoterapiyada boshlang‘ich doza – sutkada 5-15 mg/kg, majmuaviy davolashda – sutkada 10-30 mg/kg ni tashkil qiladi, so‘ngra bu doza asta-sekin haftada 5-10 mg/kg ga oshiriladi. O‘rtacha sutkalik doza -tana vazniga 20-30 mg/kg ni tashkil qiladi. Qon plazmasida preparatning kontsentratsiyasini nozorat qilish imkoni bo‘lganida, sutkalik doza 60 mg/kg gacha oshirilishi mumkin. 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar. Monoterapiyada o‘rtacha sutkalik doza – 15-45 mg/kg, maksimal – 50 mg/kg ni tashkil qiladi. Majmuaviy davolashda – sutkada 30-100 mg/kg buyuriladi. 6 yoshli va undan katta bolalarda doza asta-sekin sutkada 20-30 mg/kg gacha oshirish bilan 5-15 mg/kg ni tashkil qiladi. Sutkada 40 mg/kg dan yuqori doza talab qilinuvchi bolalarda biokimyoviy va gematologik parametrlar kuzatilishi kerak. O‘rtacha sutkalik dozalar:

Nojo‘ya samaralari asosan preparatning plazmadagi darajasi 100 mg/l dan yuqori bo‘lganida yoki majmuaviy davolashda kuzatilishi mumkin. Tez-tez ko‘ngil aynishi, qusish, anoreksiya yoki ishtahani oshishi, diareya, gastralgiyalar, gepatittremordiplopiya, ko‘z oldida “mayda pashshalar”ni lip-lip o‘tishianemiya, trombotsitopeniya, qon ketish vaqtini uzayishi, petexial qon quyilishlar, qontalashlar, gematomalar, qon oquvchanlik bilan kechuvchi fibrinogenning miqdorini, trombotsitlar agregatsiyasini va qon ivishini pasayishi, agranulotsitoz, limfotsitoz.tana vaznini pasayishi yoki oshishigiperkreatininemiya, giperammoniyemiya, giperbilirubinemiya, “jigar” transaminazavlari, laktatdegirogenaza (LDG) ni (dozaga bog‘liq) faolligini ahamiyatsiz oshishiperiferik shishlar, soch to‘kilishi (odatda, preparat bekor qilinganidan keyin tiklanadi)vaskuliteshitishni yomonlashishi, parasteziyatuxumdonlar polikistozixayz ko‘rish tsiklining buzilishibolalarda enurez Kam hollarda qabziyatlarxulq, kayfiyat yoki ruhiy holatni o‘zgarishi (depressiya, charchoqlik xissi, gallyutsinatsiyalar, tajovuzkorlik, o‘ta faol holat, psixozlar, odatdagi bo‘lmagan qo‘zg‘alish, xarakat bezovtaligi yoki ta’sirchanlik), ataksiya, bosh aylanishi, uyquchanlik, bosh og‘rig‘i, entsefalopatiya, dizartriya, stupor, ongni buzilishi, komaleykopeniya, pantsitopeniya, agranulotsitozjigar faoliyatini buzilishitizimli qizil yugurikletargiya, ongni chalkashishibosh og‘rig‘i, nistagmqaytuvchan parkinsonizm sindromiteri toshmasi, eshakemi, angionevrotik shish, fotosensibilizatsiya Juda kam hollarda entsefalopatiya, komaxatto o‘lim bilan yakunlanuvchi og‘ir shikastlanishlargacha bo‘lgan pankreatit (davolashning birinchi 6 oyida, ko‘proq 2-12 xaftalarda)toksik epidermal nekroliz, Stivens-Djonson sindromi, ko‘p shakilli eritemaqaytuvchan Fankoni sindromisuyak ko‘migini aplaziyasigiponatriyemiyabuyrak faoliyatini buzilishi

valproatga yoki to‘ldiruvchilardan birontasiga yuqori sezuvchanlikjigar va/yoki me’da osti bezi faoliyatini yaqqol buzilishlarijigar porfiriyasipatsiyentning shaxsiy yoki oilaviy anamnezidagi og‘ir gepatit holati, shu jumladan, dorilarni qabul qilish oqibatidagi gepatit.trombotsitopeniyagemorragik diatezkarbapenemlar bilan birga qabul qilishdalachoy bilan birga qabul qilishmefloxin bilan birga qabul qilish3 oylikkacha bo‘lgan bolalarhomiladorlik va laktatsiya davribipolyar kechuvchi maniakal-depressiv sindromi bo‘lgan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalaro‘tkir va surunkali gepatitlarda qo‘llash mumkin emas.

Valproat kislotasi markaziy nerv tizimi (MNT) ni susaytiruvchi preparatlar (tritsiklik antidepressantlar, monoaminooksidaza ingibitorlari (MAO) va neyroleptiklar) bilan bir vaqtda qo‘llanganida, MNT depressiyasi kuchayishi mumkin. Etanol va boshqa gepatotoksik vositalar jigarni shikastlanish extimolini oshiradi. Tritsiklik antidepressantlar, MAO ingibitorlari, neyroleptiklar va tirishish faolligi bo‘sag‘asini pasaytiruvchi boshqa preparatlar, valproat kislotasining samaradorligini kamaytiradi. Konvuleks, plazmadagi kontsentratsiyasiga qarab, tireoid gormonlarni qon plazmasi oqsillari bilan ularni bog‘lanish joyidan siqib chiqarishi va ularning metabolizmini chaqirishi mumkin, u gipotireozga ishora qiluvchi soxta tashxisga olib kelishi mumkin. Ferment – induktsiyalovchi ta’sirga ega bo‘lgan boshqa tutqanoqqa qarshi preparatlar (fenitoin, fenobarbital, primidon, karbamazepin) qon plazmasida valproatning kontsentratsiyasini kamaytiradi. Konvuleks bilan antidepressantlar, neyroleptiklar, trankvilizatorlar, barbituratlar, MAO ingibitorlari, timoleptiklar, etanolni bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Valproatni klonazepamga qo‘shish yakka xollarda absans statusini yaqqol kuchayishiga olib kelishi mumkin. Valproat lamotridjinning metabolizmini pasaytirishi va uning o‘rtacha yarim chiqarilish davrini oshirishi mumkin). Dozaga tuzatish kiritish (lamotridjinning dozasini pasaytirish) talab qilinishi mumkin. Lamotridjin va valproatni bir vaqtda qo‘llash teri (og‘ir) reaktsiyalarini, ayniqsa bolalarda rivojlanish xavfini oshirishi mumkin. Valproat qon plazmasida zidovudinning kontsentratsiyasini oshirishi mumkin, bu oxirgisining toksikligini oshishiga olib keladi. Valproat kislotasi barbaturatlar yoki primidon bilan bir vaqtda qo‘llanganida, qon plazmasida ularning kontsentratsiyasini oshishi aniqlanadi. Lamotridjinning yarim chiqarilish davrini (T1/2) oshiradi (jigar fermentlarini ingibitsiya qiladi, lamotridjinning metabolizmini sekinlashishini chaqiradi, buning oqibatida bolalarda uning T1/2 45-55 soatgacha cho‘ziladi). Zidovudinning klirensini 38% ga pasaytiradi, bunda uning T1/2  o‘zgarmaydi. Salitsilatlar bilan birga qo‘llanganda valproat kislotasining samaralarini kuchayishi kuzatiladi (plazma oqsillari bilan bog‘idan siqib chiqarilishi tufayli). Konvuleks antiagregantlar (atsetilsalitsil kislotasi) va bilvosita antikoagulyantlarning samarasini kuchaytiradi. Fenobarbital, fenitoin, karbamazepin, mefloxin bilan birga qo‘llanganda, qon zardobida valproat kislotasining miqdori pasayadi (metabolizmini tezlashishi). Felbamat plazmada valproat kislotasining kontsentratsiyasini 35-50% ga oshiradi (dozaga tuzatish kiritish kerak). Tsimetidin yoki eritromitsin bilan birga qo‘llanganida, qon plazmasida valproatning kontsentratsiyasi oshishi mumkin (jigarda uning metabolizmini kamayishi oqibatida). Xolesteramin valproat kislotasining so‘rilishini pasaytirishi mumkin. Rifampitsin bilan bir vaqtda qabul qilinganida, rifampitsinning ta’siri ostida valproatning kuchaygan jigar metabolizmi oqibatida xurujlar xavfi oshadi. Klinik va laborator monitoring tavsiya etiladi, rifampitsin bilan davolash vaqtida  va u bekor qilinganidan keyin antikonvulsiv preparatning dozasiga tuzatish kiritish mumkin. Valproat kislotasi jigar fermentlarining induktsiyasini chaqirmaydi va peroral kontratseptivlarning samaradorligini pasaytirmaydi.

Konvuleks quyidagi gurux bemorlarga buyurilganida aloxida ehtiyotkorlik talab etiladi: jigar va me’da osti bezi kasalliklari, shuningdek suyak ko‘migini shikastlanishi haqidagi anamnestik ma’lumotlar bo‘lganbuyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgantug‘ma enzimopatiyalari bo‘lganaqliy zaif bolalardagipoproteinemiyada. Preparat bilan davolash davrida alkogolni iste’mol qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Suitsidal fikrlash va xulq ayrim ko‘rsatmalar bo‘yicha tutqanoqqa qarish moddalarni olgan patsiyentlar orasida aniqlangan. Bunday xavfni paydo bo‘lish mexanizmi noma’lum bo‘lib qolmoqda, va bor bo‘lgan ma’lumotlar valproat kislotasini qabul qilish tufayli xavfni oshishi ehtimolini istisno qilmaydi. Shu boisdan patsiyentlar suitsidal fikrlash va xulq belgilari paydo bo‘lishi yuzasidan sinchkov kuzatuv ostida bo‘lishlari va muvofiq davolashni boshlash masalasi ko‘rib chiqilishi kerak. Patsiyentlarga (va patsiyentlarga qarovchi shaxslarga), suitsidal fikrlash va xulq paydo bo‘lgan hollarda, ular darhol shifokorga murojaat qilishlari kerakligi haqida xabar berilgan bo‘lishi kerak. Jigar tomonidan buzilishlarda Davolashni boshlash oldidan va davolashning birinchi olti oylari davomida vaqti-vaqti bilan, ayniqsa xavf guruhiga kiruvchi patsiyentlar orasida va anamnezida jigar kalalliklari aniqlanganlarda, jigar faoliyatining parametrlarini doimiy nazorati amalga oshirishishi kerak. Bunday patsiyentlar sinchkov shifokor kuzatuvi ostida bo‘lishlari kerak. Jigar faoliyatini tekshirishlari protrombin vaqtini, aminotransferazalar va/yoki bilirubin va/yoki fibrinogenni parchalanishini chaqiruvchi mahsulotlarning darajalarini aniqlashni o‘z ichiga oladi. Birinchi bosqichda aminotransferazalar darajasini oshishi aniqlanishi mumkin; bu odatda vaqtinchalik ko‘rinish bo‘lib, u dozani pasaytirilishi uchun javob beradi. Biokimyoviy tahlillarni o‘zgarishlari bo‘lgan patsiyentlar klinik va jigar faoliyatini takroriy baholashdan (shu jumladan protrombin vaqtini baholashdan) o‘tishlari kerak, ular normallashmagunicha nazoratda bo‘lishlari kerak. Shunga qaramay, protrombin vaqtini haddan ziyod cho‘zilishi, ayniqsa, agar bu boshqa revelent tekshirishlarning normal bo‘lmagan ko‘rsatkichlari bilan bog‘liq bo‘lsa, davolashni to‘xtatishni talab etadi. Jigar disfunktsiyasi, shu jumladan o‘limga olib keluvchi jigar yetishmovchiligi, valproat kislotasi yoki natriy valproati bilan davolangan patsiyentlarda aniqlanadi. Ko‘proq xavf guruhiga kiruvchi patsiyentlar – bu bolalar, ayniqsa 3 yoshdan kichik bolalar va nasliy metabolik yoki degenerativ buzilishlari, cheklangan miya disfunktsiyalari yoki aqliy rivojlanishini kechikishi bilan bog‘liq bo‘lgan jiddiy tutqanoq xurujlari bo‘lgan patsiyentlar hisoblanadi. Bu ko‘rinishlarning ko‘pchiligi davolashning birinchi olti oylari vaqtida, ko‘proq 2-12 haftalarda aniqlanadi va, odatda bir necha preparatlardan iborat tutqanoqqa qarshi davolashni o‘z ichiga oladi. Bunday guruh patsiyentlar uchun monoterapiyada buyurgan avzaldir. Jigar yetishmovchiligining erta bosqichlarida klinik simptomlar laboratoriya tekshirishlariga qaraganda, tashxisni muvofiqlashtirishda katta yordam ko‘rsatishi mumkin. Og‘irlik darajasi jiddiy yoki o‘lim bilan yakunlanuvchi jigar kasalliklari oldidan tutqanoq xurujlari ustidan nazoratni yo‘qolishi, diskomfort, kuchsizlik, letargiya, shish, ishtaxani yo‘qolishi, qusish, qorin og‘rig‘i, uyquchanlik va sariqlik kabi odatda to‘satdan paydo bo‘luvchi xarakterli bo‘lmagan simptomlar paydo bo‘lishi mumkin. Ular dori preparatini qo‘llashni zudlik bilan to‘xtatish uchun ko‘rsatma hisoblanadi. Patsiyentlar muvofiq tekshiruvni o‘tkazish uchun har qanday bunday belgilar haqida darhol davolovchi shifokorga xabar berishlari kerakligi haqida ogohlantirilgan bo‘lishlari kerak. Qanday tekshiruvlar aniq prognoz berishi mumkinligini aniq belgilash qiyinligiga qaramay, oqsil sintezini aks ettiruvchi tekshiruvlar, masalan, protrombin vaqti, haligacha eng relevant bo‘lib hisoblanadi. Jigar disfunktsiyasi bo‘lgan patsiyentlarda salitsil kislotasining tuzlarini bir vaqtda qo‘llashni to‘xtatish kerak, chunki u xam xuddi shunday metabolik yo‘lni o‘tishi mumkin va shu bilan, jigar yetishmovchiligi paydo bo‘lishi xavfini oshirishi mumkin. Gematologik buzilishlarda Xirurgik aralashuvi oldidan qonning umumiy tahlilini (shu jumladan trombotsitlar sonini), qon ketishi vaqtini, koagulogramma ko‘rsatkichlarini aniqlash kerak. Kasallik tarixida suyak ko‘migini shikastlanishi aniqlangan patsiyentlar ham sinchkov nazorat ostida bo‘lishlari kerak. Me’da osti bezi tomonidan buzilishlar Juda kam hollarda og‘irligi jiddiy darajali pankreatit haqida xabar berilgan, u o‘limga olib kelishi mumkin. O‘lim bilan yakunlanish xavfi hammadan ko‘proq kichik yoshli bolalarda aniqlanadi va yosh oshishi bilan pasayadi. Majmuaviy tutqanoqqa qarshi davolash qo‘llanganida og‘irligi jiddiy darajali tutqanoq xurujlari yoki nevrologik xarakterli buzilishlar, jiddiy pankreatit paydo bo‘lishini xavf omili bo‘lishi mumkin. Agar buyrak yetishmovchiligi pankreatit bilan birga paydo bo‘lsa, o‘lim xavfi oshadi. Patsiyentlar, agar ularda pankreatitga ishora qiluvchi simptomlar (masalan, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish) paydo bo‘lsa, ular darhol shifokorga murojaat qilishlari kerakligi haqida xabardor qilingan bo‘lishlari kerak. Bunday patsiyentga nisbatan sinchkov tibbiy baholashni (shu jumladan zardobda amilaza darajasini o‘lchash) o‘tkazilishi kerak; pankreatit tashxislanganida natriy valproatini qabul qilish to‘xtatilishi kerak. Anamnezida pankreatiti aniqlangan patsiyentlar, sinchkov klinik nazorat ostida bo‘lishlari kerak. Diabetda Davolanish vaqtida qandli diabetda (ketomahsulotlarning miqdorini oshishi oqibatida) siydik tahlillarining natijalarini, qalqonsimon bezi faoliyatining ko‘rsatkichlarini mumkin bo‘lgan buzilishini hisobga olish kerak. Tana vaznini oshishi Valproat juda ko‘p hollarda tana vaznini oshishini chaqiradi, u sezilarli bo‘lishi va rivojlanib borishi mumkin. Davolashni boshida patsiyentlarga bunday xavf haqida, shuningdek vaznni oshishini minimallashtirish yuzasidan tegishli tadbirlar to‘g‘risida xabar berilishi kerak. Giperammoniyemiya Agar mochevinini hosil bo‘lish tsiklining fermentativ yetishmovchiligiga gumon bo‘lsa, davolashni boshlash oldidan metabolik tekshirishlar o‘tkazilishi kerak, chunki valproat qo‘llanganida giperammoniyemiya paydo bo‘lishini xavfi bor. Har qanday o‘tkir jiddiy nojo‘ya samaralar rivojlanganida davolashni davom ettirish yoki to‘xtatish maqsadga muvofiqligini shifokor bilan darhol muhokama qilish kerak. Dispepsik buzilishlarni rivojlanish xavfini pasaytirish uchun spazmolitiklar va o‘rab oluvchi vositalarni qabul qilish mumkin. Konvuleksni qabul qilishni keskin to‘xtatish tutqanoq xurujlarini tezlashishiga olib kelishi mumkin. Homiladorlik Homiladorlik vaqtida, shuningdek samarali kontratseptsiyani qo‘llamaydigan tug‘ruq yoshidagi ayollar tomonidan Konvuleksni qabul qilish tavsiya etilmaydi. Valproat chaqirgan nuqsonlarni rivojlanish xavfi bu dori preparatini qabul qilayotgan homilador ayollarda umumiy populyatsiyada aniqlangan xavfga qaraganda 3-4 marta yuqori bo‘lib, u 3% ni tashkil qiladi. Hammasidan ko‘proq kuzatiladigan rivojlanish nuqsonlari nerv nayini bekilish nuqsonlari (taxminan 3%), yuzning deformatsiyasi, yuzning yoriqlari, kraniostenoz, yurak nuqsonlari, buyrak va siydik chiqarish yo‘llarining rivojlanish nuqsonlari va oyoq-qo‘llarning deformatsiyasidan iboratdir. Kuniga 1000 mg dan yuqori dozalarda va boshqa tutqanoqqa qarshi preparatlar bilan majmuada qo‘llash, homilada rivojlanish nuqsonlarini shakllanishining muhim omillari hisoblanadi. Zamonaviy epidemiologik ma’lumotlar natriy valproatining ekspozitsiyasida bolalarning aqliy rivojlanishini umumiy koeffitsiyentini pasayishini ko‘rsatmaydi. Lekin, bunday bolalarda verbal qobiliyatlarni biroz pasayishi va/yoki logopedlarga yoki qo‘shimcha mashg‘ulotlarni olish uchun ko‘proq murojaat qilishlari ta’riflangan. Bundan tashqari, ona qornidagi holatida valproatning ekspozitsiyasini o‘tkazgan bolalarda autizmni va u bilan bog‘liq bo‘lgan buzilishlarning bir necha hollari qayd etilgan. Bu natijalarni tasdiqlash yoki inkor etish uchun qo‘shimcha tekshirishlarni o‘tkazish kerak. Homiladorlik rejalashtirilayotganda

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, bosh aylanishi, diareya, nafas faoliyatini buzilishi, mushak gipotoniyasi, giporefleksiya, mioz. Davolash: me’dani yuvish (kechi bilan 10-12 soat ichida), faollashtirilgan ko‘mir, nalokson vena ichiga, gemodializ, gemoperfuziya, jadallashtirilgan diurez, nafas va yurak-qon tomir tizimi faoliyatini tutib turish.

Retsept bo‘yicha

100 ml dan preparat yuqori bosimli polietilen qizil yoki oq fiksatsiyalangan buraluvchi qopqoqli va birinchi ochish nazoratiga ega qahrabo shisha flakonlarda. Flakonga o‘zi yopishadigan etiketka yopishtiriladi. 1 flakondan dozalovchi moslama va davlat va rus tillaridagi tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

5 yil. Flakon ochilganidan keyin qo‘llash davri – 6 oydan ko‘p emas.