Nerv tizimi tomonidan: qo‘zg‘alish, havotirlik, tremor, bezovtalik, uyqusizlik, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, tutqanoq xurujlari, reflekslarni kuchayishi, taxipnoe.
Preparat uzoq vaqt qo‘llanilgandan keyin to‘satdan bekor qilinganda – markaziy nerv tizimiga ta’sirini kuchayishi, yuqori toliqish, uyquchanlik, mushak tarangligi, depressiya.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: yurak urishini his qilish, ko‘krakda qisilish hissi, taxikardiya, aritmiyalar, arterial bosimni oshishi.
Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligini zo‘rayishi.
Immun tizimi, teri va teri osti kletchatkasi tomonidan: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyasi, shu jumladan toshma, qichishish, eshakemi, Kvinke shishi, bronxospazm.
Laborator ko‘rsatkichlar: gipo- va giperglikemiya, kreatinin klirensini oshishi, natriy va kaltsiy chiqarishini oshishi, qon plazmasida siydik kislotasining kontsentratsiyasini soxta oshishi, bu Bittner usulida aniqlanadi, siydikda 5-gidroksiindolsirka kislotasi, vanililbodom kislotasi va katexolaminlarning kontsentratsiyasini ahamiyatsiz oshishi.
Boshqalar: siyish tez-tezligini oshishi, burunni bitishi, uzoq vaqt qo‘llaganda – ko‘nikib qolish, medikamentoz qaramlik.