Kodelak Bronxo s chabretsom rasmini ko'rish

Tarkibi:

5 ml eliksir quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: ambroksol gidroxloridi – 10 mg, glitsirrizin kislotasining trinatriyli tuzi (natriy glitsirrizanati) – 30 mg, suyuq toshcho‘p ekstrakti – 500 mg; yordamchi moddalar: metilparagidroksibenzoat (nipagin) – 3,75 mg, propilparagidroksibenzoat (nipazol) – 1,25 mg, sorbitol (sorbit) – 3000 mg, tozalangan suv – 5 ml gacha.

Preparatning savdo nomi:

Kodelak Bronxo s chabretsom

Farmakalogik guruhi:

majmuaviy balg‘am ko‘chiruvchi vosita.

Dori shakli:

eliksir

och-jigarrangdan jigarrang ranggacha suyuqlik. Saqlash jarayonida cho‘kma hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.

majmuaviy balg‘am ko‘chiruvchi vosita.

R05CA10.

Qovushqoq balg‘am hosil bo‘lishi bilan kechuvchi nafas yo‘llarining kasalliklari: o‘tkir va surunkali bronxit, pnevmoniya, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi (O‘SOK), bronxoektatik kasallikda qo‘llanadi.

Ichga buyuriladi, ovqat qabul qilish vaqtida, oz miqdordagi suv bilan qabul qilinadi. Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga – 10 ml dan sutkada 4 marta buyuriladi. 2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 2,5 ml dan eliksir sutkada 3 marta, 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 5 ml dan sutkada 3 marta buyuriladi. Shifokor maslahatisiz davolashning maksimal davomiyligi – 5 kunni tashkil qiladi.

Allergik reaktsiyalar. Kam hollarda – holsizlik, bosh og‘rig‘i, diareya, og‘iz bo‘shlig‘i va nafas yo‘llarini qurishi, ekzantemalar, rinoreya, qabziyat, dizuriya. Yuqori dozalarda uzoq muddat qabul qilinganda – gastralgiya, ko‘ngil aynishi, qusish.

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar, homiladorlik, laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas. Ehtiyotkorlik bilan: jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi, me’da va o‘n ikki barmoq yara kasalligi, bronxial astma.

Yo‘talga qarshi dori vositalari bilan birga qo‘llash balham ajralishini qiyinlashishiga olib keladi.

Yo‘talga qarshi vositalar bilan birga qo‘llash mumkin emas. Qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlarda 5 ml eliksirda 0,18 NB miqdorda sorbit mavjudligini hisobi bilan qo‘llash mumkin.

Kodelak® Bronxo s chabritsom preparatini homiladorlik davrida qo‘llash mumkin emas. Kodelak® Bronxo s chabretsom preparatini emizish davrida qo‘llash zarurati bo‘lsa emizishni to‘xtatish kerak.

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, dispepsiya. Davolash: sun’iy qusishni chaqirish, preparatni qabul qilishdan keyin birinchi 1-2 soatda me’dani yuvish.

Retseptsiz

100 yoki 200 ml dan to‘q shisha flakonlarda. Bir flakon davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va o‘lchov qoshiqchasi bilan karton qutiga joylanadi.

3 yil.