Kodelak Bronxo rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: ambroksol gidroxloridi (ambroksol) – 20 mg, glitsirrizin kislotasining trinatriyli tuzi (natriy glitsirrizanati) – 30 mg, termopsisning quruq ekstrakti – 10 mg, natriy gidrokarbonati – 200 mg; yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali – 84,30 mg, mikrokristall tsellyuloza – 150,10 mg, povidon (polivinilpirrolidon, povidon K 25) – 26,40 mg, talk – 13,00 mg, stearin kislotasi – 5,20 mg, karboksimetilkraxmal natriy (natriy kraxmal glikolyati) – 11,00 mg.

Preparatning savdo nomi:

Kodelak Bronxo

Farmakalogik guruhi:

majmuaviy balg‘am ko‘chiruvchi vosita

Dori shakli:

tabletkalar

yassi tsilindrik, och-sariqdan sarg‘ish tusli och-sariq rangli, to‘qroq yoki ochroq dog‘li, riskali va faskali tabletkalar.

majmuaviy balg‘am ko‘chiruvchi vosita

R05CA10.

Ambroksol So‘rilishi. Ambroksol uchun me’da-ichak yo‘llaridan tez va deyarli to‘liq so‘rilish xarakterli. Biokiraolishligi 70-80% ni tashkil etadi. Ichga qabul qilingandan keyin qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasiga 1-3 soatdan keyin erishiladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 80-90% ni tashkil qiladi. Taqsimlanishi. Ambroksolni ichga qabul qilganda qondan to‘qimalarga o‘tishi tez amalga oshadi. Preparatning faol komponentining eng yuqori kontsentratsiyalari o‘pkalarda kuzatiladi. Gematoentsefalik to‘siq, yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi, ko‘krak suti bilan ajraladi. Metabolizmi. Qabul qilingan dozaning taxminan 30% jigar orqali “birinchi o‘tish” samarasiga uchraydi. Odamning jigar mikrosomalarida o‘tkazilgan tadqiqotlar CYP3A4 izofermenti ambroksolning metabolizmiga javobgar bo‘lgan asosiy izoferment ekanligini namoyish qilgan. Ambroksolning qolgan qismi jigarda faol metabolitlargacha metabolizmga uchraydi. Chiqarilishi. Ambroksolning yarim chiqarilish davri (T1/2) taxminan 10 soatni tashkil qiladi. Buyraklar orqali chiqariladi: 90% metabolitlari ko‘rinishida, 10% o‘zgarmagan ko‘rinishda.

Qovushqoq balg‘am hosil bo‘lishi bilan kechuvchi nafas yo‘llarining kasalliklari: o‘tkir va surunkali bronxit, pnevmoniya, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi (O‘SOK), bronxoektatik kasallikda qo‘llanadi.

Ichga, ovqat qabul qilish vaqtida buyuriladi. Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga 1 tabletkadan sutkada 3 marta buyuriladi. Shifokor tavsiyasisiz 4-5 kundan ortiq qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Allergik reaktsiyalar. Kam hollarda – holsizlik, bosh og‘rig‘i, diareya, og‘iz bo‘shlig‘i va nafas yo‘llarini qurishi, ekzantemalar, rinoreya, qabziyat, dizuriya. Yuqori dozalarda uzoq muddat qo‘llanganda – gastralgiya, ko‘ngil aynishi, qusish.

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, homiladorlik, laktatsiya davri, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Yo‘talga qarshi dori vositalari bilan birga qo‘llash balg‘am ajralishini qiyinlashishiga olib keladi. Preparat bronxial sekretga antibiotiklarni kirishini kuchaytiradi.

Yo‘talga qarshi vositalar bilan birga qo‘llash mumkin emas.

Homiladorlik davrida preparatni qo‘llash mumkin emas. Preparatni laktatsiya davrida qo‘llash zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish kerak.

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, dispepsiya. Davolash simptomatik, preparatni qabul qilishdan keyin birinchi 1-2 soatda me’dani yuvish maqsadga muvofiq.

Retseptsiz

Tabletkalar. 10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda. 1 yoki 2 kontur uyali o‘ramlar davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

2 yil.