Klotrimazol rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi: Faol modda: klotrimazol 10 mg Yordamchi moddalar: izopropil miristati, suvsiz etanol.

Preparatning savdo nomi:

Klotrimazol

Farmakalogik guruhi:

sirtga qo‘llash uchun zamburug‘larga qarshi vosita.

Dori shakli:

sirtga qo‘llash uchun 1% li eritma

tiniq, rangsiz o‘ziga xos hidli suyuqlik.

sirtga qo‘llash uchun zamburug‘larga qarshi vosita.

D01AS01.

Klotrimazol teriga surilgandan so‘ng amalda so‘rilmaydi (1%), lekin epidermisning shox qavatiga o‘tadi va o‘sha joyda to‘planadi. Kam darajada shilliq qavatdan so‘riladi (3%). So‘rilgan preparat jigarda metabolizmga uchraydi va buyraklar orqali chiqariladi; yarim parchalanish davri 3-5 soatni tashkil etadi.

achitqisimon zamburug‘lar chaqirgan og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining infektsiyalarioyoq panjalari, tirnoqlar (onixomikoz), kaftlar mikozlaribosh, tana, chov sohasi dermatomikozi, trixofitozkepaksimon temiratki va eritrazma.

Sirtga qo‘llash uchun. Bir necha tomchi suyuqlik kuniga 2-3 marta terining o‘zgargan joylariga surtilib, yengil ishqalanadi. Kasallikning o‘tkir belgilari bartaraf qilingandan so‘ng davolash, belgilar butunlay yo‘q qilingunicha yana kamida 4 hafta davom ettirilishi lozim. Oyoq panjalarining dermatomikozida preparatni kasallikning qaytalanishiga qarshilik ko‘rsatish uchun, barcha belgilar bartaraf qilinganidan keyin yana ikki hafta davomida qo‘llash kerak. Yuvgandan keyin oyoq panjalarini, ayniqsa barmoqlar orasini yaxshilab quritish kerak. Oyoq panjalarining dermatomikozida har gal yuvgandan keyin eritmani qo‘llash tavsiya qilinadi. Preparatni okklyuzion bog‘lov bilan birga qo‘llamaslik lozim.

Kamdan-kam hollarda mahalliy allergik reaktsiyalar, achishish, qichishish, preparat qo‘llangan joyda ozgina ta’sirlanish paydo bo‘lishi mumkin. Juda kam katta eritema, toshma, shish, eshakemi, epidermisni ko‘chishi kuzatiladi. Barcha paydo bo‘lgan nojo‘ya (odatdagi bo‘lmagan) samaralar, shu jumladan yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan samaralar to‘g‘risida o‘z shifokoringizga xabar berish kerak.

Klotrimazolga va/yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Ko‘z sohasiga qo‘llanmasin.

Klotrimazol boshqa sirtga qo‘llanadigan zamburug‘larga qarshi preparatlarning ta’sirini tormozlashi mumkin. R-gidroksibenzoy kislotasining propil efiri yuqori kontsentratsiyalarda klotrimazolning zamburug‘larga qarshi ta’sirini kuchaytiradi. Deksametazon yuqori dozalarda klotrimazolning zamburug‘larga qarshi ta’sirini tormozlaydi.

Qichishayotgan og‘riqli o‘zgargan joylarni qichish va timdalash mumkin emas, chunki bu kasallikni tarqalishini chaqiradi. Preparatni ko‘zga tushishidan saqlanish kerak. Nam va issiq o‘tkazmaydigan kiyim va poyabzal kiyish mumkin emas. Yuvgandan keyin og‘riqli o‘zgargan joylarni yaxshilab quritish kerak. Og‘riqli joylarni berkituvchi kiyimni va sochiqni har kuni almashtirish va 90oS haroratda yuvish kerak (bir marta ishlatiladigan sochiqdan foydalanish tavsiya etiladi). Agar kasallik simptomlari 4 hafta davomida yo‘qolmasa, davolovchi shifokor bilan tashxisni aniqlash uchun mikrobiologik tekshiruv o‘tkazish zarurligi haqida maslahatlashish lozim. Homiladorlik va laktatsiya davri Klotrimazol bilan davolangan ayollarda homilaga salbiy ta’siri aniqlanmagan, ammo preparatni homiladorlikning I uch oyligida qo‘llash tavsiya etilmaydi. Preparat emizikli ayollarda qo‘llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Transport vositalarini haydash va mexanik qurilmalarga xizmat qilish qobiliyatiga ta’siri. Ta’sir qilmaydi. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

15oS dan 25oS gacha bo‘lgan haroratda, quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.

Preparatni so‘rilishi past bo‘lganligi tufayli, sirtga qo‘llanganida dozani oshirib yuborish ehtimoli kam.

Retseptsiz

Sirtga qo‘llash uchun 1% li eritma. 15 ml dan polietilen tomchilatgich-tiqinli va buraladigan “birinchi ochilish” kafolat halqasiga ega bo‘lgan to‘q shisha flakonlarda chiqariladi. 1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga karton qutida.

3 yil.