Qon ketishi – eng ko‘p uchraydigan reaktsiya bo‘lib, preparatni qabul qilishning birinchi oylari davomida kuzatiladi.
Klopidogrelni ASK bilan yoki klopidogrel, ASK va geparin bilan bir vaqtda qabul qilgan patsiyentlarda kuchli qon ketish xollari ta’riflangan.
Markaziy nerv tizimi tomonidan – tez–tez emas: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi va parezteziya; kam hollarda: tizimli bosh aylanishi; juda kam hollarda: ongni chalkashishi, gallyutsinatsiyalar, ta’m bilish hissini buzilishlari.
Me’da–ichak yo‘llari tomonidan – tez–tez: me’da–ichakdan qon ketishlari, diareya, qorinda og‘riq, dispepsiya; tez-tez emas: gemorragik insult, me’da yarasi, o‘n ikki barmoq ichak yarasi, gastrit, ko‘ngil aynishi, qusish, qabziyat, ichakni dam bo‘lishi; juda kam hollarda: pankreatit, kolit, (shu jumladan yarali va limfotsitar kolit), stomatit, o‘tkir jigar yetishmovchiligi, gepatit.
Yurak–qon tomir tizimi va qon yaratish tizimi tomonidan – tez-tez emas: qon ketishi vaqtini oshishi va trombotsitlar sonining kamayishi (trombotsitopeniya), leykopeniya, neytropeniya va eozinofiliya; juda kam hollarda: vaskulit, gipotenziya, trombogemolitik trombotsitopenik purpura (TTP) (preparatni qabul qilgan 1/200 000 patsiyentlarda), og‘ir trombotsitopeniya (trombotsitlar soni <30x109/l), agranulotsitoz, granulotsitopeniya, aplastik anemiya/pantsitopeniya, anemiya.
Teri qoplamalari tomonidan – tez- tez emas: allergik reaktsiyalar (teri toshmasi), terini qichishishi; juda kam hollarda: angionevrotik shish, bullyoz dermatit (ko‘p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi, zaharli epidermal nekroliz), eritematoz toshma, eshakemi, ekzema va yassi temiratki.
Nafas a’zolari tomonidan – juda kam hollarda: bronxospazm, interstitsial pnevmonit.
Boshqalar – juda kam hollarda: artralgiya, artrit, mialgiya, anafilaktoid reaktsiyalar, zardob kasalligi, haroratni ko‘tarilishi, jigarning funktsional sinamalarini buzilishi, qonda kreatinin miqdorini oshishi, glomerulonefrit.