Klobetazol LPretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Bir tuba (20 g surtma) quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 10,0 mg klobetazol propionati; yordamchi moddalar: xlorokrezol, propilenglikol, suyuq parafin, oq yumshoq parafin, butilgidroksitoluol.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

klobetazol

Preparatning savdo nomi:

Klobetazol-LP

Farmakalogik guruhi:

mahalliy qo‘llash uchun glyukokortikosteroid.

Dori shakli:

sirtga qo‘llash uchun 0,05% li surtma

oq rangli surtma.

mahalliy qo‘llash uchun glyukokortikosteroid.

D07AD01.

Plazmada klobetazol propionatining o‘rtacha Smax 0,63 ng/ml ni tashkil qiladi va 0,05% surtma ko‘rinishidagi 30 g klobetazol propionatini sog‘lom teriga birinchi applikatsiyasidan so‘ng 13 soatdan keyin va takroran surtilganidan so‘ng 8 soatdan keyin erishiladi. Krem klobetazol propionatining ko‘rinishidagi ikkinchi dozasi (30 g) applikatsiya qilingan   10 soatdan keyin plazmada uning o‘rtacha Smax surtmani surtilganda  biroz yuqori bo‘ladi. Psoriazi va ekzemasi bo‘lgan patsiyentlarda 25 g 0,05% li surtmani bir marta qo‘llagandan so‘ng 3 soatdan keyin preparatning plazmadagi o‘rtacha Smax  muvofiq ravishda 2,3 ng/ml va 4,6 ng/ml ga tashkil qiladi.

Psoriaz (tarqalgan psoriazdan tashqari), davolab bo‘lmaydigan ekzema, qizil yassi temiratki, diskoid qizil yugurik kabi rezistent dermatozlarni va faolligi kamroq bo‘lgan steroidlar bilan davolashga chidamli bo‘lgan boshqa teri kasalliklarini davolash uchun qo‘llanadi.

Davolash 2 haftadan oshmasligi va preparatni xaftada 50 g dan ortiq ishlatish mumkin emas.

Terini qo‘llanadigan sohalarida qichishish, achishish yoki ta’sirchanlik kuzatilishi mumkin.

Klobetazol propionatiga yoki preparatning tarkibiga kiruvchi har qanday ingrediyentlarga yuqori sezuvchanlik;Preparatni rozatseani, perioral dermatitni, husnbuzar va terini infektsiyalarida ishlatish mumkin emas;Yuzda yoki qo‘ltiq osti sohasida ishlatish mumkin emas.Preparatni 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash tavsiya qilinmaydi.Homiladorlik vaqtida va laktatsiya davrida qo‘llashdan saqlanish kerak.okklyuzion bog‘lovlarni qo‘llash mumkin emas.

CYP3A4 ni ingibitsiya qilishi mumkin bo‘lgan dori vostalari (masalan, ritonavir va intrakonazol) bilan birga qo‘llash isbotlanganidan tizimli ta’sirini oshishiga olib keluvchi kortikosteroidlarni metabolizmni ingibitsiya qiladi. Klinik ahamiyatli bunday o‘zaro ta’sir darajasi kortikosteroidlar dozasiga va yuborish yo‘llariga va CYP3A4 ingibitorining samaradorligiga bog‘liq.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.

Klobetazol dozasi oshirib yuborilgan giperkortitsizmning belgilari rivojlanadi. Shifokorning nazorati ostida klobetazolni bekor qilish kerak.

Retsept bo‘yicha

20 g dan surtma alyumin tubada. 1 tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutili penalga joylanadi.

3 yil.