KLION infuziya uchun eritma, 0,5 %retsept bilanrasmini ko'rish
Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Preparatning savdo nomi:
KLION® infuziya uchun eritma, 0,5 %
Terapevtik maqsadlarda: Klion infuziyasi metronidazolga sezgir, anaerob bakteriyalar tomonidan chaqirilgan jiddiy infektsiyalarni davolash uchun buyuriladi.
Aralash aerob va anaerob infektsiyalarda Klion infuziyasiga qo‘shimcha sifatida aerob infektsiyalarni davolashga yaroqli bo‘lgan antibiotiklar buyurilishi lozim.
Metronidazol klindamitsin, xloramfenikol va penitsillinga rezistent bo‘lgan Bacteroides fragilis tomonidan chaqirilgan infektsiyalarda samaradir.
Metronidazolni qo‘llanilishi taxminan yoki aynan anaerob bakteriyalar tomonidan chaqirilgan infektsiyalarni davolash uchun mo‘ljallangan.
Intraabdominal infektsiyalar: masalan, peritonit.
Ginekologik infektsiyalar: masalan, kichik chanoq abstsessi, parametrit, tug‘ruqdan keyingi isitma.
Markaziy nerv tizimi infektsiyalari (MNT): masalan, Bacteroides fragilis tomonidan chaqirilgan bosh miya abstsessi.
Quyi nafas yo‘llarining infektsiyalari: masalan, Bacteroides fragilis tomonidan chaqirilgan nekrotik pnevmoniya.
Suyak va bo‘g‘imlarning infektsiyalari: masalan, osteomiyelit.
Bacteroides turi va Clostridium turi tomonidan chaqirilgan bakterial sepsis.
Profilaktika maqsadida: Profilaktika sifatida operatsiyadan oldin va keyin vena ichiga yuboriladi Klion patsiyentlarda operatsiyadan keyingi yangi infektsiyalar sonini kamaytirishi mumkin, shuningdek me’da-ichak va ginekologik jarrohlik operatsiyalarida qo‘llaniladi.
Metronidazolni ichga qabul qilish imkoni bo‘lmagan patsiyentlar uchun eritmani vena ichiga infuziya shaklida yuboriladi.
Patsiyentning holati dorini ichga qabul qilishga o‘tish imkonini berganda, uni peroral buyurish kerak.
Aralash aerob va anaerob infektsiyalarda vena ichiga Klion infuziyasiga qo‘shimcha sifatida aerob bakteriyalar tomonidan chaqirilgan kasalliklarni davolash uchun to‘g‘ri keladigan parenteral antibiotiklarni, preparatlarni aralashtirmagan holda qo‘llash mumkin.
Klion, infuziya uchun eritmani boshqa preparatlar bilan bitta eritmada aralashtirish mumkin emas.
Infuziyani yuborish tezligi minutiga 5 ml ni tashkil etadi.
Faol substantsiyasiga yoki har qanday yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Nitroimidazolning boshqa hosilalariga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Davolash 10 kundan ortiq davom etganida –agar ko‘rsatmalar asoslangan bo‘lsa va patsiyent kuzatuv ostida bo‘lsa – muntazam klinik va laborator tekshirishlar o‘tkazilishi lozim.
Agar surunkali kasalliklar tufayli uzoq muddatli davolash kursi lozim bo‘lsa, davolashdan kutilayotgan foyda va xavf orasidagi nisbatni baholash kerak.
Jigar faoliyati yomonlashganda metronidazolning metabolizmi sekinlashadi, bu esa plazmadagi metronidazol va uning metabolitlarini to‘planishiga olib keladi.
Bunday hollarda dozani pasaytirish lozim.
Jigar entsefalopatiyasi bo‘lgan patsiyentlarga Klionni venaga yuborilishi ehtiyotkorlik bilan o‘tkazilishi kerak.
Natriy ionlarini saqlovchi eritmalarni yuborilishi, organizmda natriyni tutilishiga olib kelishi mumkin.
Ma’lum bo‘lgan yoki ilgari aniqlanmagan kandidoz Klion infuziya uchun eritma bilan davolash vaqtida zo‘rayishi mumkin.
Davolanish davrida spirtli ichimliklarni iste’mol qilish man etiladi.
Metronidazol bilan davolash vaqtida mo‘tadil leykopeniyani yuz berish holatlari qayd etilgan, shuning uchun davolashdan oldin va keyin qon tahlilini o‘tkazish (leykotsitlar sonini tekshirish) tavsiya qilinadi.
Kortikosteroidlarni qabul qilayotgan patsiyentlarga yoki shishga moyil patsiyentlarga Klion infuziya uchun eritmasi yuborilganda, alohida extiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Metronidazol bilan davolash vaqtida qon plazmasida litiyning miqdori ortishi mumkin.
Metronidazol va litiyni bir vaqtda qabul qilayotgan patsiyentlar orasida buyrak yetishmovchiligi holatlari kuzatilgan.
Shuning uchun metronidazol bilan davolashni boshlashdan avval litiyning dozasini kamaytirish yoki qabul qilishni umuman to‘xtatish kerak.
Buyrak faoliyatini pasayishi metronidazolning farmakokinetikasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi; preparat odatdagi dozada buyurilishi mumkin.
Yondosh ravishda gemodializ o‘tkazilgan hollarda, metronidazolning yarim chiqarilish davrini qisqarishini e’tiborga olish kerak.
Shuning uchun gemodializdan so‘ng qo‘shimcha dozani yuborish zarur bo‘lishi mumkin.
Kreatinin klirensi minutiga 10 ml dan kam bo‘lgan patsiyentlarda metronidazolning metabolitlari gemodializsiz to‘planishi mumkin.
Bunday holatda gemodializ samaralidir, ayni paytda peritoneal dializ samarasizdir.
Metronidazol bilan davolash vaqtida peroral antikoagulyantlarning dozasiga tuzatish kiritish (kamaytirish) kerak.
Metronidazol bilan davolash vaqtida markaziy nerv tizimi (MNT) ning faol va jiddiy kaslliklari kuchayishi mumkin, shuning uchun bunday hollarda alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Homiladorlik Metronidazol yo‘ldosh to‘sig‘idan o‘tadi va homila qoniga tezda tushadi.
Kalamushlarda inson uchun maksimal dozadan besh marta yuqori dozalar berilib o‘tkazilgan reproduktiv faoliyatni o‘rganish yuzasidan tadqiqotlarda metronidazol chaqirgan reproduktiv faoliyatni yomonlashishi yoki homila uchun zarar tasdiqlanmagan.
Homilador sichqonlarga metronidazolni odam uchun maksimal dozaga taxminan teng dozada intraperitoneal buyurilganda preparat fetotoksiklikni chaqirdi.
Biroq homilador sichqonlarga metronidazol peroral buyurilganda hech qanday fetotoksiklik kuzatilmadi.
Shunday bo‘lsada, homilador ayollarda hech qanday adekvat va yaxshi nazorat qilingan tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Homiladorlikning birinchi uch oyligida o‘tkazilgan meta-tahlil asosida, fetotoksiklikni hech qanday oshmaganligi to‘g‘risida xulosa qilindi.
Shunga qaramay, homiladorlik vaqtida, ayniqsa birinchi uch oylikda metronidazol faqat kutilayotgan foyda va bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfni sinchkov baholagandan keyingina qo‘llanishi mumkin.
Emizish davri Metronidazol ona sutida, qon plazmasidagi kontsentratsiyasiga teng kontsentratsiyalarda aniqlanadi.
U ko‘krak sutiga achchiq ta’m berishi mumkin.
Preparatning emizikli bolalarga salbiy ta’sirini bartaraf etish uchun metronidazolni qabul qilishni to‘xtatish yoki ona uchun davolashning muhimligini hisobga olib, davolash davrida va davolash tugaganidan keyin 1 yoki 2 kun o‘tgach, emizishdan voz kechish kerak.
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, +15°S dan +30°C gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.