KLION– D 100retsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Har bir vaginal tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: metronidazol – 100 mg, mikonazol nitrati – 100 mg; yordamchi moddalar: natriy laurilsulfati, kremniy dioksidi kolloid suvsiz, magniy stearati, povidon, natriy gidrokarbonati, vino kislotasi, natriy karboksimetilkraxmali (A tipi), krospovidon, gipromelloza, laktoza monogidrati.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

metronidazol/mikonazol (metronidazole/miconazole)

Preparatning savdo nomi:

KLION– D 100

Farmakalogik guruhi:

Mikroblarga qarshi va antiseptik vositalar, kortikosteroidlar bilan majmuadan tashqari. Imidazol hosilalari.

Dori shakli:

vaginal tabletkalar

deyarli oq rangli, taxminan 24 mm x 14 mm o‘lchamli ikki tomoni o‘tkirlashgan oval shaklli, bir tomonida “100” gravirovkasi bo‘lgan ikki yoqlama qavariq vaginal tabletkalar.

Mikroblarga qarshi va antiseptik vositalar, kortikosteroidlar bilan majmuadan tashqari. Imidazol hosilalari.

G01AF20.

Ayollarda trixomoniaz va/yoki siydik-tanosil yo‘llarning zamburug‘li infektsiyalarini mahalliy davolash uchun qo‘llaniladi.

Klion-D 100 vaginal tabletkalarini mahalliy qo‘llanganda ta’sirlanish paydo bo‘lgan holatlar to‘g‘risida xabar berilgan. Kam hollarda mahalliy o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari yuz berishi mumkin.Ichga qabul qilish uchun metronidazol tabletkalari bilan majmuada qo‘llanganda quyidagi nojo‘ya reaktsiyalar yuz berishi mumkin:

Ta’sir etuvchi modda yoki preparatning yordamchi moddalaridan birontasiga o‘ta yuqori sezuvchanlik. Homiladorlikning birinchi uch oyligida qo‘llash mumkin emas.

Vaginal qo‘llanganda metronidazol va mikonazol nitratining o‘zaro ta’sirlari yuzasidan ma’lumotlar hozirgi vaqtgacha ma’lum emas. Klion-D 100 vaginal tabletkalarini ichga qabul qilish uchun metronidazol tabletkalari bilan majmuada qo‘llaganda dori vositalarning quyidagi o‘zaro ta’siri yuz berishi mumkin: Metronidazol peroral antikoagulyantlarning antikoagulyatsion samarasini potentsiya qilishi mumkin, bu protrombin vaqtini uzayishiga olib kelishi mumkin, shuning uchun ularning dozasiga tuzatish kiritish lozim.Ferment induktorlari (masalan, fenitoin, fenobarbital) metronidazolning metabolizmini tezlashishiga yordam berishi mumkin, bu fenitoinning plazmadagi darajasini pasayishiga va plazmadagi klirensini oshishiga olib kelishi mumkin.Ferment ingibitorlari (masalan, tsimetidin) metronidazolning yarim chiqarilish vaqtini uzaytirishi va plazmadagi klirensini kamaytirishi mumkin.Metranidazolni qabul qilish vaqtida spirtli ichimliklarni iste’mol qilish disulfiramsimon nojo‘ya samaralarni (ichak sanchig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i, yuzni qizarishini) chaqirishi mumkin.Metronidazol va disulfiram birga qabul qilinmasligi lozim (additiv ta’sir, psixotik reaktsiyalar, ongni chalkashishi yuz berishi mumkin)Metronidazolni qabul qilinishi qon plazmasida litiyni oshishiga olib kelishi mumkin, shu boisdan metronidazol bilan davolashdan oldin litiy preparatlarining dozasini kamaytirish yoki ularni bekor qilish kerak.Tsiklosporin va metronidazolni bir vaqtda qo‘llangan hollarda, qon plazmasida tsiklosporinning kontsentratsiyasi oshishi mumkin. Agar ushbu preparatlar bilan majmuaviy davolash zarur bo‘lsa, qon plazmasida tsiklosporinning kontsentratsiyasini nazorat qilish tavsiya qilinadi.Metronidazol 5-ftoruratsilning klirensini kamayiga va uning toksikligini oshishiga zamin yaratadi.Metronidazol qon zardobining aspartataminotransferaza (AST), alaninaminotransferaza (ALT), laktatdegidrogenaza (LDG), triglitseridlar va glyukozogeksokinaza kabi ayrim biokimyoviy ko‘rsatkichlariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Klion-D 100 preparati bilan davolanish kursi davomida, shuningdek u tugatganidan so‘ng kamida bir kun davomida alkogolli ichimliklar iste’mol qilish man etiladi. Klion-D 100 vaginal tabletkalari preparati bilan davolanish davrida jinsiy aloqa qilishdan saqlanish kerak. Davolash samara bermagan hollarda, boshqa tizimli trixomonadotsid va/yoki zamburug‘larga qarshi preparatga almashtirish tavsiya qilinadi. O‘ta yuqori sezuvchanlik, shilliq qatlamlar ta’sirlanishi vujudga kelgan taqdirda ushbu preparat bilan davolanishni to‘xtatish kerak.

Homiladorlik Preparatni homiladorlikning birinchi uch oyligida qo‘llash mumkin emas. Metronidazol peroral qabul qilganda yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi va tezda homila qon oqimiga o‘tadi. Reproduktiv toksiklikni o‘rganish yuzasidan kalamushlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda odamda qo‘llaniladigan dozadan besh barobar yuqori dozalar qo‘llanilgan. Bu tadqiqotlar davomida metronidazolning ta’siri ostida fertillikni buzilishi yoki homilani shikastlanishi alomatlari aniqlanmagan. Sichqonlarga odamda qo‘llaniladigan dozaga yaqin bo‘lgan miqdorda intraperitoneal yuborilganda, metronidazol fetotoksik ta’sir ko‘rsatgan. Ammo homilador sichqonlarga peroral yuborilganda, fetotoksik ta’sir kuzatilmagan. Shunday bo‘lsada, hozirgi vaqtda homilador ayollarda adekvat va nazoratli tadqiqot natijalari mavjud emas. Homiladorlikning birinchi uch oyligida o‘tkazilgan tadqiqot natijalarining meta-tahlili asosida fetotoksik ta’sir oshishi kuzatilmaganligi to‘g‘risida xulosa qilingan. Shunga qaramay, metronidazol homiladorlik davrida (ayniqsa homiladorlikning birinchi uch oyligida) faqat kutilayotgan foyda, bo‘lishi mumkin bo‘lgan havfdan ustun bo‘lgandagina qo‘llanilishi mumkin. Emizish davri Metronidazol ichga qabul qilinganda ona sutiga qon plazmasidagi kontsentratsiyasiga teng kontsentratsiyalarda o‘tadi. U ona sutiga achchiq ta’m berishi mumkin. Chaqaloqni preparat ta’siridan himoyalash uchun metronidazolni qabul qilishni yoki metronidazolni qabul qilish davri davomida emizishni to‘xtatish, shuningdek ona uchun davolanish zaruratini inobatga olgan holda, davolash tugatilganidan so‘ng 1-2 kunga emizishni to‘xtatib turish kerak.

Klion-D 100 vaginal tabletkalari preparati transport vositasini boshqarish va mexanizmlar bilan ilshash qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanilmasin.

Yorug‘lik va namlik ta’siridan himoyalash uchun original o‘ramda 30°C dan ortiq bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Preparat faqat intravaginal qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Bexosdan og‘iz orqali ko‘p miqdorda preparat qabul qilingan bo‘lsa, me’dani yuvish kerak. Dozani oshirib yuborilishi natijasida zaharlanish alomatlari (ko‘ngil aynishi, qusish va ataksiya) yuz bersa, me’dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish, gemodializ kabi simptomatik davolashni o‘tkazish kerak. Spetsifik antidot yo‘q. Metronidazol va uning metabolitlari dializ yordamida yaxshi chiqariladi.

Retsept bo‘yicha

10 vaginal tabletka yumshoq alyuminiy folgali blisterda. 1 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

5 yil.