Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Tarkibi:
Faol moddalar: Cimicifuga racemosa (Cimicifuga) S200; Lachesis mutus (Lachesis) S50; Apis mellifica (Apis) S200.
Yordamchi moddalari: gomeopatik granulalar (qandli yorma).
Preparatning savdo nomi:
Klimaksan gomeopaticheskiy
Farmakalogik guruhi:
gomeopatik vosita.
Dori shakli:
gomeopatik granulalar
oqdan to deyarli oq rangligacha bo‘lgan, sharsimon shaklli bir xil granulalar
gomeopatik vosita.
Klimakterik sindromining ko‘rinishlarini (ta’sirchanlik, emotsional labillik, uyquni buzilishi, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, yurak urishi, terlash, “qizish” hissi) simptomatik davolash vositasi sifatida qo‘llanadi.
Bir qabul qilishga – 5 granula (og‘izda to‘liq erib ketgunicha ushab turiladi – ovqatlanish vaqtida emas), kuniga 2 marta, ertalab va kechqurun qabul qilinadi.
Simptomlarning og‘irligiga qarab preparat qabul qilishni kuniga 3-4 martagacha oshirish mumkin.
Preparatni qo‘llashni tavsiya qilingan davomiyligi 6 oyni tashkil qiladi.
Shifokorning tavsiyasi bo‘yicha takroriy davolash kurslarini o‘tkazish mumkin.
Allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Hozirgi vaqtgacha boshqa dori vositalari bilan nomutanosiblik hollari qayd etilmagan.
Preparat bilan davolash kursini o‘tkazish davrida 2 oyda kamida 1 marta davolashni to‘g‘rilash mumkinligi maqsadida davolovchi shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Ma’lumotlar yo‘q.
Retseptsiz
Gomeopatik granulalar.
10 g dan granuladan alyuminiy folga asosida tayyorlangan majmuaviy materialli paketda.
Har bir paket davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.