Klimadinonretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 20 mg tsimitsifuga ildizpoyasining quruq ekstrakti. yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, kartoshka kraxmali, magniy stearati, kaltsiy gidrofosfat digidrati, talk, titan dioksidi (Ye 171), temir III oksidi (Ye 172), temir II oksidi (Ye 172), makrogol 6000, ammiak metakrilati sopolimeri.

Preparatning savdo nomi:

Klimadinon

Farmakalogik guruhi:

Klimaksga qarshi vositasi.

Dori shakli:

qobiq bilan qoplangan tabletkalar

qobiq bilan qoplangan, qizil-jigarrang rangli, ikki tomoni qavariq, dumaloq, silliq yuzali tabletkalar.

Klimaksga qarshi vositasi.

Ta’riflanmagan

Qon quyilishi va ko‘p terlash kabi menopauza simptomlarini yengillashtirish uchun o‘simlikdan olinadigan dori vositasi.

Dozalash

Teri reaktsiyalari (masalan, toshma, qichishish), yuzni shishi, periferik shishlar va me’da-ichak buzilishlari (masalan, dispepsiya, diareya) paydo bo‘lishi mumkin. Tsimitsifuga saqlovchi preparatlarni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan, jigarning shikastlanishi haqida ma’lumotlar mavjud. Iltimos, “Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga ham qaralsin. Nojo‘ya ta’sirlar paydo bo‘lganida dori vositasini qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish zarur.

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Aniqlanmagan.

Jigar kasalligi bo‘lgan patsiyentlarga Klimadinon® ni shifokor maslahatisiz qo‘llash mumkin emas Jigarni shikastlanishini ko‘rsatuvchi simptomlar (charchoqlik, ishtahani yo‘qolishi, teri va ko‘zni sarg‘ayishi, ko‘ngil aynish va qusish bilan birga qorinning yuqori qismida kuchli og‘riq bo‘lishi yoki siydik rangini to‘q bo‘lishi) paydo bo‘lganida preparatni qabul qilishni darhol to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish lozim. Ayollarning jinsiy gormonlarini (estrogenlar) qabul qilayotgan patsiyentlarga, shuningdek sut bezining raki yoki gormonga bog‘liq o‘smalar bo‘yicha davolanayotgan patsiyentlar shifokor maslahatisiz preparatni qabul qilishi mumkin emas. Dori preparatini tarkibiga laktoza kiradi. Agar Sizda biron-bir qandlarni o‘zlashtiraolmaslik bo‘lsa, ushbu dori preparatini qo‘llashdan avval shifokorga murojaat qiling. Homiladorlik vaqtida va emizish davrida qo‘llashni xavfsizligi aniqlanmagan. Yetarli ma’lumotlarni yo‘qligi tufayli, homiladorlik vaqtida va laktatsiya davrida preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi. Tug‘ruq yoshidagi ayollarda davolash vaqtida samarali kontratseptsiyani qo‘llash masalasini ko‘rib chiqish lozim. Preparat tavsiya etilgan dozalarda avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’sir qilmaydi. Qandli diabet bemorlari uchun ma’lumot Bir tabletka o‘rtacha 0,01 non birligi (NB) saqlaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Quruq va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Dozani oshirib yuborilishi haqida ma’lumotlar yo‘q. Davolash simptomatik.

Retseptisiz

Qobiq bilan qoplangan tabletkalar: har bir blisterda 15 ta tabletkadan. O‘ramning o‘lchami: №60 (4x15) va №90 (6x15).

4 yil.