Kleksan inyektsiya uchun eritmaretsept bilan rasmini ko'rish

Preparatning savdo nomi:

Kleksan® inyektsiya uchun eritma

Farmakalogik guruhi:

bevosita ta’sirga ega antikoagulyant vosita.

Dori shakli:

inyektsiya uchun eritma

tiniq, rangsizdan to och-sariq rangligacha bo‘lgan eritma.

bevosita ta’sirga ega antikoagulyant vosita.

Enoksaparin natriy – o‘rtacha molekulyar massasi taxminan 4,500 dalton bo‘lgan quyimolekulyar geparin; 2000 daltondan kam – <20%; 2000 dan 8000 daltongacha – >68%, 8000 daltondan ortiq – <18%. Enoksaparin natriy cho‘chqaning ingichka ichagining shilliq qavatidan ajratib olingan, geparinning benzil efirini gidrolizi yordamida olinadi. Uning strukturasi 2-O-sulfo-4-yenpirazinosuron kislotasining tiklanmaydigan fragmenti va 2-N,6-O-disulfo-D-glyukopiranozidning tiklanadigan fragmenti bilan ifodalanadi. Enoksaparinning strukturasi polisaxarid zanjirning tiklanayotgan fragmentida taxminan 20% (taxminan 15% dan 25% gacha) 1,6-angidro hosilasini saqlaydi. Tozalangan in vitro tizimida enoksaparin natriy anti-Xa faollikka (taxminan 100 XB/ml) va pastroq anti-IIa yoki antitrombin faollikka (taxminan 28 XB/ml) ega. U profilaktik dozalarda ishlatilganida, u faollashgan qisman tromboplastin vaqtini (ACHTV) biroz o‘zgartiradi, trombotsitlar agregatsiyasiga va fibrinogenni trombotsitlarning retseptorlari bilan bog‘lanish darajasiga amalda ta’sir ko‘rsatmaydi. Plazmada anti-IIa faolligi, anti-Xa-faollikka nisbatan taxminan 10 marta past. O‘rtacha maksimal anti-IIa faolligi teri ostiga yuborilganidan keyin taxminan 3-4 soat o‘tgach kuzatiladi va tana vazniga 1 kg/mg ni ikki marta yuborish va tana vazniga 1,5 mg/kg bir marta yuborish bilan takror yuborilganidan keyin muvofiq 0,13 XB/ml va 0,18 XB/ml ga yetadi. O‘rtacha maksimal anti-Xa faolligi preparat teri ostiga yuborilganidan keyin 3-5 soat o‘tgach kuzatiladi va 20, 40 mg ni va 1 mg/kg va 1,5 mg/kg ni teri ostiga yuborilganidan keyin muvofiq taxminan 0,2; 0,4; 1,0 va 1,3 anti-Xa XB,ml ni tashkil qiladi.

Ko‘rsatilgan dozalash tartiblarida enoksaparinning farmakokinetikasi to‘g‘ri chiziqli xarakterga ega. Patsiyentlar guruhining ichida va o‘rtasida o‘zgaruvchanlik past. 40 mg enoksaparin natriy sutkada bir marta teri ostiga takror yuborilganidan keyin va enoksiparin natriy tana vazniga 1,5 mg/kg dozada sutkada bir marta teri ostiga yuborilganidan keyin, sog‘lom ko‘ngillilarda muvozanatli kontsentratsiyaga 2 kunga kelib erishiladi, ayni vaqtda farmakokinetik egri chiziq ostidagi maydon, bir marta yuborilganidan keyingiga qaraganda o‘rtacha 15% ga yuqori bo‘lgan. Enoksaparin natriy tana vazniga 1 mg/kg sutkalik dozada sutkada ikki marta teri ostiga takror yuborilganidan keyin muvozanatli kontsentratsiyasiga 3-4 kundan keyin erishiladi, ayni vaqtda farmakokinetik egri chiziq ostidagi maydon, bir marta yuborilganidan keyingi ko‘rsatkichga qaraganda o‘rtacha 65% ga yuqori va maksimal kontsentratsiyalarining o‘rtacha qiymatlari muvofiq 1,2 XB/ml va 0,52 XB/ml ni tashkil qiladi. Teri ostiga yuborilganida enoksaparin natriyning anti-Xa faolligiga asoslanib baholangan biokiraolishligi 100% ga yaqin. Enoksaparin natriyning anti-Xa faolligini taqsimlanish hajmi taxminan 5 l ni tashkil qiladi va qon hajmiga yaqinlashadi. Enoksaparin natriy past klirensli preparatdir. Tana vazniga 1,5 mg/kg dozada 6 soat davomida vena ichiga yuborilgandan keyin, anti-Xa ning plazmadagi klirensini o‘rtacha qiymati 0,74 l/soat ni tashkil qiladi. Preparatni chiqarilishi 4 soatlik yarimchiqarilish davri (teri ostiga bir marta yuborilganidan keyin) va 7 soatlik (preparat ko‘p marta yuborilganidan keyin) yarimchiqarilish davri bilan monofazali xarakterga ega. Enoksaparin natriy juda past biologik faollikka ega bo‘lgan quyimolekulyar moddalarning hosil bo‘lishi bilan desulfatlanish va/yoki depolimerlanish yo‘li bilan asosan jigarda metabolizmga uchraydi. Preparatning faol fragmentlarini buyraklar orqali chiqarilishi yuborilgan dozaning taxminan 10% ni tashkil qiladi va faol va nofaol fragmentlarining umumiy ekskretsiyasi yuborilgan dozaning taxminan 40% ni tashkil qiladi. Yosh o‘tgan sari buyraklar faoliyatini pasayishi natijasida keksa patsiyentlarda enoksaparin natriyni chiqarilishi kechikishi mumkin. Buyraklar faoliyati pasaygan bemorlarda enoksaparin natriyning klirensini kamayishi aniqlangan. 40 mg enoksaparin natriy sutkada bir marta teri ostiga takror yuborilganidan keyin, buyraklar faoliyatini biroz (kreatinin klirensi 50-80 ml/min) va o‘rtacha buzilishi (kreatinin klirensi 30-50 ml/min) bo‘lgan bemorlarda farmakokinetik egri chiziq ostidagi maydon bilan ifodalangan anti-Xa faolligini oshishi yuz beradi. Buyraklar faoliyatini og‘ir buzilishlari (kreatinin klirensi 30 ml/min dan kam) bo‘lgan bemorlarda farmakokinetik egri chiziq ostidagi maydon muvozanat holatida, 40 mg preparat sutkada bir marta teri ostiga takror yuborilganida o‘rtacha 65% yuqori bo‘lgan. Tana vazni oshiqcha bo‘lgan odamlarda preparat teri ostiga yuborilganida klirensi bir muncha kam. Agarda bemorning tana vaznini hisobga olib dozaga to‘g‘rilash kiritilsa, unda 40 mg enoksaparin natriy teri ostiga bir marta yuborilganidan keyin anti-Xa faollik, odatdagi o‘rtacha tana vazniga ega patsiyentlarga nisbatan tana vazni 45 kg dan kam bo‘lgan ayollarda 50% ga yuqori va tana vazni 57 kg dan kam bo‘lgan erkaklarda 27% ga yuqori bo‘ladi.

Jarrohlik aralashuvlarida, ayniqsa ortopedik va umumjarrohlik operatsiyalarida venoz trombozlar va emboliyalarni oldini olish.O‘tkir terapevtik kasalliklar, shu jumladan o‘tkir yurak yetishmovchiligi va surunkali yurak yetishmovchiligining dekompensatsiyasi (NYHA bo‘yicha III yoki IV sinf), o‘tkir nafas yetishmovchiligi oqibatida yotoq tartibidagi bemorlarda, shuningdek og‘ir o‘tkir infektsiyalarda va venoz tromb hosil bo‘lish xavfi omillaridan biri bilan birga o‘tkir revmatik kasalliklarda venoz trombozlar va emboliyalarni oldini olish (“Maxsus ko‘rsatmalar” ga qarang).O‘pka arteriyasining tromboemboliyasi bilan yoki o‘pka arteriyasining tromboemboliyasisiz kechuvchi chuqur venalar trombozini davolash.Gemodializ vaqtida (odatda seansning davomiyligi ko‘pi bilan 4 soat bo‘lganida), ekstrakorporal qon aylanish tizimida tromb hosil bo‘lishini oldini olish.Nostabil stenokardiya va Q tishisiz miokard infarktini atsetilsalitsil kislotasi bilan birga davolash.Medikamentoz davolash yoki keyinchalik teri orqali koronar aralashuvi o‘tkazilishi lozim bo‘lgan patsiyentlarda ST segmentini ko‘tarilishi bilan kechuvchi o‘tkir miokard infarktini davolash.

Alohida hollardan tashqari (quyiga qarang: “ST segmentini ko‘tarilishisiz miokard infarktini medikamentoz va teri orqali koronar aralashuv yordamida davolash” va “Gemodializni o‘tkazishda ekstrakorporal qon aylanish tizimida tromb hosil bo‘lishini oldini olish”) hollarda enoksaparin natriy teri ostiga chuqur yuboriladi. Inyektsiyalarni bemor yotganida o‘tkazgan afzal. Oldindan 20 mg va 40 mg to‘ldirilgan shpritslar ishlatilganida, inyektsiyadan oldin preparatni yo‘qotilishidan saqlanish uchun, shpritsdan havo pufakchalarini chiqarib tashlash kerak emas. Inyektsiyalarni qorin devorining chap yoki o‘ng old lateral yoki orqa lateral sohalariga navbatma-navbat yuborish kerak. Ignani katta va ko‘rsatkich barmoq orasida yig‘ilgan va inyektsiya tugagancha ushlab turiladigan teri burmasiga butun uzunligi bo‘ylab vertikal yuborish kerak. Preparat yuborilganiden keyin inyektsiya joyini uqalash mumkin emas. Oldindan to‘ldirilgan bir martalik shpriq qo‘llashga tayyor.

Boshqa antikoagulyantlar qo‘llanganida bo‘lgani kabi, ayniqsa qon ketishini rivojlanishiga yordam beruvchi organik shikastlanishlar, invaziv muolajalar yoki gemostazni buzuvchi preparatlarni ishlatilishi kabi yo‘ldosh xavf omillari borligida, qon ketishlari paydo bo‘lishi mumkin (“Maxsus ko‘rsatmalar” va “Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri” ga qarang). Qon ketishi rivojlanganida preparatni yuborishni bekor qilish, qon ketishining sababini aniqlash va tegishli davolashni boshlash kerak. Og‘ir qon ketishlari, shu jumladan qorin orti va kalla suyagi ichki qon quyilishlarini (0,01-0,1% tez-tezlik bilan) rivojlanishi to‘g‘risida xabar berilgan. Bu hollardan ayrimlari o‘lim bilan yakunlangan. Kleksan spinal/epidural anesteziya va kiruvchi kateterlarni operatsiyadan keyin ishlatish fonida qo‘llanganida, turli yaqqollik darajasidagi nevrologik buzilishlar, shu jumladan uzoq muddat saqlanuvchi yoki qaytmas falajga olib keluvchi neyroaksial gematomalarni (0,01-0,1% hollarda) hosil bo‘lish hollari ta’riflangan.

Enoksaparin natriy, geparin yoki uning hosilalariga, shu jumladan boshqa quyimolekulyar geparinlarga yuqori sezuvchanlik.Qon ketishining yuqori xavfi mavjud bo‘lgan holatlar va kasalliklar: xavf soluvchi abort, bosh miya tomirlarining anevrizmasi yoki aortaning qavatlanuvchi anevrizmasi (jarrohlik aralashuvidan tashqari), gemorragik insult, nazorat qilinmaydigan qon ketishi, og‘ir enoksaparin yoki geparin induktsiyalagan trombotsitopeniya.Kleksanni yurakning sun’iy klapanlari bo‘lgan homilador ayollarda qo‘llash tavsiya qilinmaydi.18 yoshgacha bo‘lganlar (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan).

Preparat oldini olish maqsadlarida buyurilganida qon oquvchanligini oshishiga tendentsiya kuzatilmagan. Preparat davolash maqsadlarida buyurilganida keksa yoshli patsiyentlarda (ayniqsa 80 yoshdan oshganlar) qon ketishlarini rivojlanish xavfi bor. Patsiyentning holatini sinchiklab kuzatish tavsiya qilinadi. Gemostazni buzish qobiliyatiga ega preparatlarni (salitsilatlar, atsetilsalitsil kislotasi, nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar, shu jumladan ketorolak; molekulyar massasi 40 kDa bo‘lgan dekstran, tiklopidin, klopidogrel; glyukokortikosteroid preparatlar, trombolitiklar, antikoagulyantlar, antiagregantlar, shu jumladan IIb/IIIa glyukoprotein retseptorlarining antagonistlari) qo‘llash, ularni qo‘llash qat’iy ko‘rsatilgan holatlardan tashqari hollarda enoksapain natriy bilan davolashni boshlashdan oldin to‘xtatilishi tavsiya qilinadi. Agarda enoksaparin natriyni bu preparatlar bilan majmuada qo‘llash ko‘rsatilgan bo‘lsa, unda tegishli laborator ko‘rsatkichlarni sinchkov klinik kuzatuvi va monitoringini o‘tkazish kerak. Buyraklar faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda anti-Xa faollikni oshishi natijasida qon ketishini rivojlanishini xavfi bor. Bu oshish buyraklar faoliyatini og‘ir buzilishlari (kreatinin klirensi 30 ml/min dan kam) bo‘lgan patsiyentlarda ahamiyatli kuchayishi tufayli, preparat oldini olish uchun ham, davolash uchun ham buyurilganida dozani to‘g‘rilashni o‘tkazish tavsiya qilinadi. Garchi buyraklar faoliyatini yengil va o‘rtacha buzilishi (kreatinin klirensi 30-50 ml/min yoki 50-80 ml/min) bo‘lgan patsiyentlarda dozani to‘g‘rilash talab qilinmasada, bunday patsiyentlarning holatini sinchkov nazoratini o‘tkazish tavsiya qilinadi. Enoksaparin natriyning anti-Xa faolligini, uni tana vazni 45 kg dan kam ayollarga va tana vazni 57 kg dan kam erkaklarga oldini olish maqsadida buyurilishida oshishi, qon ketishlarini rivojlanish xavfini oshishiga olib kelishi mumkin. Geparin chaqirgan autoimun trombotsitopeniyaning xavfi, quyimolekulyar geparinlar ishlatilganida ham mavjuddir. Agarda trombotsitopeniya rivojlansa, unda u odatda enoksaparin natriy bilan davolash boshlanganidan keyin 5- va 21-chi kunlar orasida aniqlanadi. Shuning uchun preparat bilan davolashni boshlashdan oldin va uni qo‘llash vaqtida trombotsitlar sonini muntazam nazorat qilish tavsiya qilinadi. Trombotsitlarning sonini tasdiqlangan ahamiyatli pasayishida (dastlabki ko‘rsatkichga nisbatan 30-50% ga) enoksaparin natriyni darhol bekor qilish va bemorni boshqa davolashga o‘tkazish kerak. Spinal/epidural anesteziya Boshqa antikoagulyantlar qo‘llanganida bo‘lgani kabi, Kleksan spinal/epidural anesteziyaning fonida ishlatilganida barqaror yoki qaytmas falajni rivojlanishi bilan, neyroaksial gematomalarni paydo bo‘lish hollari ta’riflangan. Bu ko‘rinishlarni paydo bo‘lish xavfi preparat 40 mg yoki pastroq dozada qo‘llanganida pasayadi. Xavf, preparatning dozasi oshirilganida, shuningdek operatsiyadan keyin kateterlar ishlatilganida yoki gemostazga xuddi shunday ta’sir ko‘rsatuvchi nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar kabi qo‘shimcha preparatlar yo‘ldash ishlatilganida oshadi (“Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri” ga qarang). Xavf shuningdek jarohatli o‘tkazilgan yoki takroriy orqa-miya punktsiyada ham oshadi. Epidural yoki spinal anesteziyada orqa miya kanalidan qon ketishi xavfini pasaytirish uchun preparatning farmakologik profilini hisobga olish lozim (“Farmakologik xususiyatlari”ga qarang). Kateterni o‘rnatish yoki olib tashlashni enoksaparin natriyning past antikoagulyant samarasida o‘tkazgan afzal. Kateterni o‘rnatish yoki olib tashlash, chuqur venalarning trombozini oldini olish uchun, Kleksanning oldini olish dozalari qo‘llanganidan keyin 10-12 soat o‘tgach o‘tkaziladi. Patsiyentlar enoksaparin natriyning yuqori dozalarini (1 mg/kg sutkada 2 marta yoki 1,5 mg/kg sutkada 1 marta) olayotgan hollarda, ushbu muolajalarni uzoqroq vaqt oralig‘iga (24 soat) kechiktirish kerak. Preparatni keyingi yuborishlari kateter olib tashlanganidan keyin kechi bilan 2 soatdan keyin amalga oshirilishi kerak. Agarda shifokor epidural/spinal anesteziyani o‘tkazish vaqtida antikoagulyant davolashni buyursa, orqa og‘riqlari, sensor va motor funktsiyalarini buzilishi (oyoqlarda jimirlash yoki holsizlik), ichak va/yoki qovuqning faoliyatini buzilishi kabi har qanday nevrologik simptomlarni aniqlash uchun, patsiyentni o‘ta sinchkovlik bilan muntazam kuzatish kerak. Patsiyentga yuqorida ta’riflangan simptomlar paydo bo‘lganida shifokorni darhol xabardor qilish kerakligi to‘g‘risida yo‘l-yo‘riq berish kerak. Orqa miya gematomasi uchun xos bo‘lgan simptomlar aniqlanganida, zarurati bo‘lganida orqa miya dekompressiyasini o‘z ichiga oluvchi shoshilinch diagnostika va davolash zarur. Geparin-induktsiyalangan trombotsitopeniya Anamnezida geparin chaqirgan, tromboz bilan yoki usiz trombotsitopeniya to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lgan bemorlarga Kleksanni maxsus ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Geparin chaqirgan trombotsitopeniyaning xavfi bir necha yillar davomida saqlanishi mumkin. Agarda anamnez jihatidan, geparin chaqirgan trombopeniyani borligi taxmin qilinsa, unda in vitro sharoitida trombotsitlar agregatsiyasining testlari, uni rivojlanish xavfini bashorat qilishda cheklangan ahamiyatga ega. Bunday hollarda Kleksanni buyurish to‘g‘risidagi qarorni faqat tegishli mutaxassis bilan maslahatlashgandan keyingina qabul qilish mumkin. Teri orqali koronar angioplastikasi Nostabil stenokardiya va Q tishisiz miokard infarktini davolashda invaziv tomir muolajasi bilan bog‘liq qon ketishi xavfini kamaytirish maqsadida, son arteriyasining introdyuserini Kleksan teri ostiga yuborilganidan keyin 6-8 soat davomida olib tashlash mumkin emas. Keyingi hisoblangan dozani, son arteriyasining introdyuseri olib tashlanganidan keyin kechi bilan 6-8 soatdan keyin yuborish kerak. Qon ketishi va gematomalarni hosil bo‘lishi belgilarini o‘z vaqtida aniqlash uchun invaziya joyini kuzatish kerak. Yurakning sun’iy klapanlari Yurakning sun’iy klapanlari bo‘lgan patsiyentlarda tromboembolik asoratlarni oldini olishda, Kleksanning samaradorligi va xavfsizligini ishonchli baholashga imkon beruvchi tekshirishlar o‘tkazilmagan. Preparatni bu maqsadlarda qo‘llash uchun tavsiya qilib bo‘lmaydi (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang). Laboratoriya testlari Tromboembolik asoratlarni oldini olish uchun ishlatiladigan dozalarda Kleksan qon ketish vaqtiga va umumiy koagulyatsion ko‘rsatkichlarga, shuningdek trombotsitlar agregatsiyasiga yoki ularni fibrinogen bilan bog‘lanishiga jiddiy ta’sir qilmaydi. Doza oshirilganida ACHTV va qon ivish vaqti uzayishi mumkin. ACHTV va qon ivish vaqtini oshishi preparatning antitrombolitik faolligini oshishi bilan to‘g‘ri chiziqli bog‘liqlikda bo‘ladi, shuning uchun ularning monitoringini zarurati yo‘q. O‘tkir terapevtik kasalliklari bo‘lgan, yotoq tartibidagi bemorlarda venoz trombozlar va emboliyalarni oldini olish O‘tkir infektsiya, o‘tkir revmatik holatlar rivolangan hollarda, enoksaparinni profilaktik buyurilishi, faqat agarda yuqorida sanab o‘tilgan holatlar venoz tromb hosil bo‘lishini quyida sanab o‘tilgan xavf omillaridan biri qo‘shilib kelgandagina oqlangan: 75 yoshdan kattalarxavfli o‘smalaranamnezdagi trombozlar va emboliyalargormonal davolashyurak yetishmovchiligisurunkali nafas yetishmovchiligi Kleksan transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatmaydi.

Homiladorlikning ikkinchi uch oyligi vaqtida enoksaparin natriyni odam yo‘ldoshi orqali o‘tishi to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q. Homiladorlikning birinchi va uchinchi uch oyliklari yuzasidan ma’lumotlar yo‘q. Shuning uchun Kleksanni homiladorlik vaqtida faqat, ona uchun potentsial foyda homila uchun bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgan hollardan tashqari hollarda qo‘llash mumkin emas. Onani Kleksan bilan davolash vaqtida emizishni to‘xtatish kerak.

+250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin!

Vena ichiga, ekstrakorporal yoki teri ostiga qo‘llanganida Kleksanning dozasini tasodifan oshirib yuborilishi gemorragik asoratlarga olib kelishi mumkin. Ichga xatto katta dozalar qabul qilinganida preparatni so‘rilish ehtimoli kam. Antikoagulyant samaralarni, asosan protamin sulfatini vena ichiga sekin yuborish yo‘li bilan neytrallash mumkin, uning dozasi yuborilgan Kleksanning dozasiga bog‘liq. Bir mg (1 mg) protamin sulfati bir mg (1mg) Kleksanning antikoalugyant samarasini neytrallaydi (protamin tuzlarini qo‘llash to‘g‘risidagi ma’lumotlarga qarang), agarda enoksaparin natriy protaminni yuborishdan 8 soat oldin yuborilgan bo‘lsa 0,5 mg protamin 1 mg Kleksanning antikoagulyant samarasini neytrallaydi, agarda oxirgisi yuborilgan vaqtdan 8 soatdan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa yoki protaminning ikkinchi dozasini yuborish zarurati bo‘lsa. Agarda enoksaparin natriy yuborilganidan keyin 12 va undan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa, preparatni yuborish talab qilinmaydi. Biroq, xatto protamin sulfatning katta dozalari yuborilganida ham, Kleksanning anti-Xa faolligi neytrallanmaydi (maksimal 60% gacha).

Inyektsiya uchun eritma 2000 anti-Xa XB/0,2 ml; 4000 anti-Xa XB/0,4 ml; 6000 anti-Xa XB/0,6 ml; 8000 anti-Xa XB/0,8 ml; 10000 anti-Xa XB/1 ml. O‘ramning 1 chi turi

3 yil. Preparatni yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin qo‘llash mumkin emas.