O‘zaro ta’sirning og‘ir oqibatlari rivojlanishi mumkinligi sababli quyidagi preparalarni qo‘llash qat’iyan mumkin emas.
Tsisaprid, pimozid, astemizol, terfenadin
Klaritromitsin va tizapridni bir vaqtda qabul qilgan patsiyentlarda tizapridning miqdorini oshishi aniqlangan.
Bu QT intervalni uzayishiga va yurak aritmiyalari, shu jumladan yurak qorinchalari taxikardiyasi, yurak qorinchalari fibrillyatsiyasi va piruet turdagi qorinchalar taxikardiyasiga olib kelishi mumkin.
Shunga o‘xshash ko‘rinishlar klaritromitsin va pimozidni bir vaqtda qabul qilgan patsiyentlarda ham aniqlangan (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” ga qarang).
Makrolidlarni qabul qilinganda terfenadinning metabolizmini o‘zgarishi haqida xabarlar mavjud, bu ayrim hollarda QT intervalni uzayishi bilan birga yurak aritmiyalarini, yurak qorinchalari taxikardiyasi, yurak qorinchalari fibrillyatsiyasi va ikki tomonlama yo‘nalgan taxikardiyani chaqiradi (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” ga qarang).
14 ta sog‘lom ko‘ngillilarda o‘tkazilgan bir tadqiqotning natijalariga ko‘ra, klaritromitsin va terfenadinni birga qabul qilish, zardobda terfenadinning kislotali metabolitining miqdorini ikki-uch marta oshishiga, shuningdek QT intervalini uzayishiga olib kelgan, bu klinik jihatdan ko‘rinishlarga olib kelmagan.
Shunga o‘xshash samara astemizol va boshqa makrolidlarni bir vaqtda qabul qilganda kuzatilgan.
Shoxkuya alkaloidlar
Postmarketing tadqiqotlar klaritromitsin va ergotamin yoki digidroergotaminni bir vaqtda qo‘llash vazospazm va qo‘l-oyoqlar va boshqa to‘qimalar, shu jumladan markaziy nerv tizimining ishemiyasi bilan xarakterlanuvchi o‘tkir ergotizm belgilari bilan assotsiatsiyalangan.
Klaritromitsin va shoxkuya alkaloidlarini bir vaqtda qo‘llash mumkin emas (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” ga qarang).
Midazolamni peroral qabul qilish
Midazolamni klaritromitsin bilan (500 mg tabletkalar kuniga 2 marta) bir vaqtda qabul qilinganida midazolamning AUC ko‘rsatkichi, midazolam peroral qabul qilinganidan keyin 7 marta oshgan.
Midazolamni va klaritromitsinni bir vaqtda peroral buyurish mumkin emas.
GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari (statinlar):
Klaritromitsinni lovastatin yoki simvastatin bilan birga qo‘llash mumkin emas (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” ga qarang), chunki bu statinlar CYP3A4 tomonidan sezilarli darajada metabolizmga uchraydi, klaritromitsinni mavjudligi esa ularning plazmadagi kontentratsiyasini oshishini chaqiradi, shu sababli miopatiya, shu jumladan rabdomioliz xavfi oshadi.
Klaritromitsinni yuqorida ko‘rsatilgan statinlar bilan bir vaqtda qabul qilgan patsiyentlarda rabdomiolizni paydo bo‘lishi hollari haqida xabarlar mavjud.
Agar klaritromitsinsiz davolashning iloji bo‘lmasa, klaritromitsinni qabul qilish vaqtida lovastatin yoki simvastatinni qabul qilish to‘xtatiladi.
Klaritromitsin va statinlarni bir vaqtda qabul qilishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Agar klaritromitsin va statinlarni bir vaqtda qabul qilish zarurati bo‘lsa, statinlarning iloji boricha minimal dozasini buyurish kerak.
CYP3A tomonidan metabolizmga uchramaydigan statinni, masalan fluvastatinni buyurish imkoniyatini ko‘rib chiqish kerak.
Bemorlarda miopatiyaning belgilari va simptomlarini kuzatish kerak.
Boshqa dori vositalarini klaritromitsinning farmakokinetikasiga ta’siri.
CYP3A ni induktiyalovchi preparatlar (masalan, rifampitsin, fenitoin, karbamazepin, fenobarbital, dalachoy) klaritromitsinning metabolizmini induktiyalashi mumkin.
Bu klaritromitsinning terapevtik miqdoridan pasayishiga olib kelishi mumkin, buning natijasida uning samaradorligi kamayishi mumkin.
Bundan tashqari, CYP3A ga klaritromitsinning ingibitsiya qiluvchi ta’sirini oshishi sababli CYP3A induktori miqdorini nazorat qilish talab etilishi mumkin (shuningdek buyurilgan CYP3A4 ingibitori haqida muvofiq ma’lumotga qarang).
Ma’lumki, rifambutin va klaritromitsinni bir vaqtda qabul qilish zardobda rifambutin miqdorini oshishi va klaritromitsinning miqdorini kamayishi, shuningdek uveit rivojlanishi xavfini oshishiga olib kelishi mumkin.
Ma’lumki, quyidagi preparatlar klaritromitsinning qonda aylanib yurgan kontentratsiyasini o‘zgartirishi mumkin yoki o‘zgarishi mumkin deb taxmin qilinishi ma’lum.
Klaritromitsinning dozaga tuzatish kiritish talab etilishi mumkin.
Shuningdek davolashning boshqa usullarini ko‘rib chiqish kerak.
Efavirent, nevirapin, rifampitsin, rifambutin va rifapentin
Efavirent, nevirapin, rifampitsin, rifabutin va rifapentin kabi titoxrom R450 metabolik tizimining kuchli induktorlari klaritromitsinning metabolizmini kuchaytirishi mumkin, shu tariqa uning plazmadagi miqdorini kamaytirib, ayni vaqtda mikrobiologik faollik namoyon etuvchi metaboliti – 14(R)-gidroksiklaritromitsin (14-ON-klaritromitsin) ning miqdorini oshiradi.
Klaritromitsin va 14-ON-klaritromitsinning turli bakteriyalarga mikrobiologik ta’siri farq qilishi sababli, klaritromitsinni enzimlarning induktorlari bilan bir vaqtda qabul qilish kutilgan terapevtik samaraga to‘sqinlik qilishi mumkin.
Etravirin
Etravirin qabul qilinganda klaritromitsinning ekspozitsiyasi pasayadi, uning faol metaboliti – 14-ON-klaritromitsinning kontentratsiyasi esa oshadi.
14-ON-klaritromitsin Mycobacterium avium majmuasi (MAS) ga nisbatan kamroq samarali ekanligi tufayli, preparatning ushbu patogenga bo‘lgan umumiy samaradorligi o‘zgarishi mumkin.
Shu boisdan, MAS ni davolash uchun davolashning muqobil usullarini ko‘rib chiqish kerak.
Flukonazol
Sog‘lom ko‘ngillilar tomonidan kuniga bir marta 200 mg flukonazol va kuniga ikki marta 500 mg klaritromitsinni bir vaqtda qabul qilish klaritromitsinning o‘rtacha muvozanat kontentratsiyasini (Smax), shuningdek egri chiziq ostidagi maydoni (AUC) ni muvofiq 33% va 18% ga oshishiga olib kelgan.
Flukonazol bilan birga qabul qilinganligi sababli, faol metaboliti 14-ON-klaritromitsinning muvozanat kontentratsiyalariga ta’siri qayd etilmagan.
Dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Ritonavir
Farmakokinetikani o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar, har sakkiz soatda 200 mg ritonavirni va har 12 soatda klaritromitsinni bir vaqtda qabul qilish klaritromitsinning metabolizmini ahamiyatli darajada ingibitsiya qilinishiga olib kelishini ko‘rsatdi.
Ritonavir bilan birga qabul qilinganda klaritromitsinning Smax ko‘rsatkichi 31% ga oshgan, Smin ko‘rsatkichi 182% ga oshgan, AUC ko‘rsatkichi 77% ga oshgan.
14-ON-klaritromitsinni hosil bo‘lishini deyarli to‘liq ingibirlanishi aniqlangan.
Klaritromitsinning ahamiyatli darajadagi terapevtik doirasi sababli, buyrak funktiyasi normal bo‘lgan patsiyentlarda dozani kamaytirish talab etilmaydi.
Shunday bo‘lsada, buyrak funktiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarga dozani quyidagi to‘g‘rilashlar tavsiya etilgan: CLCR ko‘rsatkichi minutiga 30 dan 60 ml gacha bo‘lgan patsiyentlarda klaritromitsinning dozasi 50% ga kamaytirilishi kerak.
CLCR ko‘rsatkichi minutiga 30 ml dan kam bo‘lgan patsiyentlarda klaritromitsinning dozasi 75% ga kamaytirilishi kerak.
Ritonavir bilan bir vaqtda qabul qilinganda, klaritromitsinning dozasi kuniga 1 g dan oshmasligi kerak.
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda OITV-proteazaning boshqa ingibitorlari, shu jumladan atazanavir va sakvinavir bilan farmakokinetik kuchaytiruvchi sifatida ritonavir qo‘llanganda doza shu tariqa to‘g‘rilanadi (Dorilarning ikki tomonlama yo‘nalgan o‘zaro ta’siri ga qarang).
Klaritromitsinni boshqa dori vositalarining farmakokinetikasiga ta’siri.
Antiaritmik vositalar
Postmarketing hisobotlarining natijalariga ko‘ra, klaritromitsinni xinidin yoki dizopiramid bilan bir vaqtda qabul qilinganda piruet turdagi taxikardiya rivojlanishi hollari qayd etilgan.
Klaritromitsinni ushbu preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilinganda, QT-intervalini uzayishini aniqlash maqsadida elektrokardiogrammani monitoringini o‘tkazish kerak.
Shuningdek klaritromitsinni bunday preparatlar bilan qabul qilish vaqtida ularning zardobdagi miqdorini nazorat qilish kerak.
Postmarketing hisobotlarda klaritromitsin va dizopiramidni bir vaqtda qabul qilinganda gipoglikemiya hollari qayd etilgan.
Shu sababli, klaritromitsin va dizopiramidni bir vaqtda qabul qilinganda qonda glyukoza miqdorini nazorat qilish kerak.
Peroral gipoglikemik vositalar va insulin
Nateglinid va repaglinid kabi, ayrim gipoglikemik preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanganda, CYP3A enzimi ingibitsiya qilinishi mumkin va gipoglikemiyani chaqirishi mumkin.
Glyukoza miqdorini sinchkovlik bilan nazorat qilish tavsiya etiladi.
CYP3A bilan o‘zaro ta’siri
CYP3A ingibitori sifatida ma’lum bo‘lgan klaritromitsinni, asosan CYP3A ta’siri ostida metabolizmga uchraydigan dori preparatlari bilan bir vaqtda qabul qilish ham terapevtik, ham nojo‘ya ta’sirlarini kuchaytirishi yoki uzaytirishi bilan birga bunday preparatlarning kontentratsiyasini oshirishi mumkin.
Klaritromitsinni CYP3A enzimi substrati, ayniqsa, agar bunday CYP3A enzimi substrati tor terapevtik diapazonga ega bo‘lgan (masalan, karbamazepin) yoki substrat asosan bu enzim ta’siri ostida metabolizmga uchraydigan boshqa preparatlarni qabul qilayotgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Klaritromitsinni bir vaqtda qabul qilinganda preparatlarning, asosan CYP3A ta’siri ostida metabolizmga uchraydigan preparatlarning dozasiga tuzatish kiritish kerak, imkoniyati bo‘lganida ularning plazmadagi miqdorini nazorat qilish kerak.
Ma’lumki, quyidagi preparatlar va preparatlar sinfi yoki CYP3A izoenzimi ta’siri ostida metabolizmga uchraydi, yoki ehtimol ular ta’siri ostida metabolizmga uchraydi: alprazolam, astemizol, karbamazepin, tilostazol, tizaprid, tiklosporin, dizopiramid, shoxkuya alkaloidlari, lovastatin, metilprednizolon, midazolam, omeprazol, peroral antikoagulyantlar (masalan, varfarin), atipik antipsixotik vositalar (masalan, kvetiapin), pimozid, xinidin, rifabutin, sildenafil, simvastatin, takrolimus, terfenadin, triazolam va vinblastin.
Ushbu ro‘yhat yakuniy emas.
Tsitoxrom R450 tizimida boshqa izoenzimlar orqali shunday usulda o‘zaro ta’sirlashadigan preparatlarga fenitoin, teofillin va valproat kiradi.
Omeprazol
Klaritromitsin (har 8 soatdan 500 mg) va omeprazol (har kuni 40 mg) qabul qilgan sog‘lom ko‘ngillilarda o‘tkazilgan tadqiqot natijalari mavjud.
Klaritromitsin bilan bir vaqtda qabul qilinganda omeprazolning plazmadagi muvozanat kontentratsiyasini oshishi (Smax, AUC0-24 va t1/2 muvofiq 30%, 89% va 34% ga) oshishi kuzatilgan.
Me’dada rN ko‘satkichining o‘rtacha qiymati omeprazolni alohida qabul qilganda 5,2 ni, klaritromitsin bilan birga qabul qilinganda 5,7 ni tashkil qilgan.
Sildenafil, tadalafil va vardenafil
Ushbu fosfodiesteraza ingibitorlarining har biri hech bo‘lmaganda CYP3A tomonidan qisman metabolizmga uchraydi, u o‘z navbatida klaritromitsin tomonidan ingibitsiya qilishiga mumkin.
Sildenafil, tadalafil yoki vardenafilni klaritromitsin bilan bir vaqtda qabul qilish, ehtimol fosfodiesteraza ingibitorining ekspozitsiyasini oshishini chaqirsa kerak.
Sildenafil, tadalafil yoki vardenafilni klaritromitsin bilan bir vaqtda qabul qilganda bu preparatlarning dozasiga tuzatish kiritish talab etilishi mumkin.
Teofillin, karbamazepin
Klinik tadqiqotlarning natijalari, klaritromitsinni bilan bir vaqtda qabul qilinganda teofillin va karbamazepinning qonda aylanib yuradigan kontentratsiyasini biroz, ammo statistik ishonchli ravishda (r≤0,05) oshishini ko‘rsatgan.
Tolterodin
Tolterodin asosan titoxrom R450 ning 2D6-izoformasi (CYP2D6) tomonidan metabolizmga uchraydi.
Ammo CYP2D6 fermenti bo‘lmagan subpopulyatsiyada metabolizm CYP3A tomonidan amalga oshiriladi.
Bunday populyatsiyada CYP3A ingibitsiya qilinishi zardobda tolterodinning ahamiyatli darajada oshishini chaqiradi.
Bunday hollarda klaritromitsin kabi CYP3A ingibitorlari bilan bir vaqtda qabul qilinganda tolterodinning dozasini kamaytirish talab etilishi mumkin.
Triazolbenzodiazepinlar (masalan, alprozolam, midazolam, triazolam)
Tabletka shaklidagi klaritromitsin (kuniga ikki marta 500 mg) bilan bir vaqtda midazolamni vena ichiga yuborilganda AUC 2,7 marta va peroral yuborilganda 7 marta oshishini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar mavjud.
Midazolam va klaritromitsinni peroral bir vaqtda qabul qilish mumkin emas.
Agar klaritromitsin qabul qilinganda midazolam vena ichiga yuborilsa, zarurati bo‘lganida dozaga tuzatish kiritish uchun patsiyentning ko‘rsatkichlarini sinchkovlik bilan kuzatish kerak.
Shunga o‘xshash ehtiyotkorlik choralari CYP3A yordamida metabolizmga uchraydigan boshqa benzodiazepinlar, shu jumladan triazolam va alprazolamga ham taalluqlidir.
Chiqarilishi CYP3A ga bog‘liq bo‘lmagan benzodiazepinlar (temazepam, nitrazepam, lorazepam) uchun klaritromitsin bilan o‘zaro ta’sirining ehtimoli kam.
Klaritromitsin va triazolamni bir vaqtda qabul qilganda markaziy nerv tizimi tomonidan noxush ko‘rinishlar (masalan, uyquchanlik va ongni chalkashishi) dan dalolat beruvchi postmarketing xabarlari mavjud.
Markaziy nerv tizimi tomonidan farmakologik samaralarni kuchayishi mumkinligini e’tiborga olib, patsiyentni kuzatish kerak.
O‘zaro ta’sirning boshqa turlari
Kolxitsin
Kolxitsin CYP3A uchun ham, r-glikoproteinining efflyuks tashuvchisi uchun ham substrat hisoblanadi.
Klaritromitsin va boshqa makrolidlar CYP3A va r-glikoprotein ingibitori ekanligi ma’lum.
Klaritromitsin va kolxitsinni bir vaqtda qabul qilingan hollarda r-glikoprotein va CYP3A ni klaritromitsin tomonidan ingibirlanishi kolxitsinning ekspozitsiyasini oshishiga olib kelishi mumkin.
Klaritromitsin va kolxitsinni birga qabul qilganda, ayniqsa keksa patsiyentlarda, shu jumladan buyrak yetishmovchiligi fonida kolxitsinli toksiklik haqida postmarketing xabarlari mavjud.
Ba’zi patsiyentlarda o‘lim hollari kuzatilgan.
Klaritromitsin va kolxitsinni birga qabul qilish mumkin emas (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar”, “Maxsus ko‘rsatmalar”ga qarang).
Digoksin
Digoksin r-glikoprotein tashuvchisi uchun substrat hisoblanadi.
Ma’lumki, klaritromitsin r-glikoprotein ingibitori hisoblanadi.
Klaritromitsin va digoksinni bir vaqtda qabul qilgan hollarda r-glikoproteinni klaritromitsin tomonidan ingibitsiya qilinishi, digoksinning ekspozitsiyasini oshishiga olib kelishi mumkin.
Postmarketing kuzatuvlarning natijalari ham digoksin va klaritromitsinni bir vaqtda qabul qilinganda zardobda digoksinning kontentratsiyasini oshishini tasdiqlaydi.
Bunda ba’zi patsiyentlarda digoksinli intoksikatsiyaning klinik belgilari, shu jumladan potential fatal aritmiyalar namoyon bo‘lgan.
Digoksin va klaritromitsinni bilan bir vaqtda qabul qilinganda zardobda digoksinning kontentratsiyasini sinchkovlik bilan nazorat qilish kerak.
Zidovudin
Tabletka shaklidagi klaritromitsinni va zidovudinni OITV-infektiyalangan katta patsiyentlar tomonidan bir vaqtda peroral qabul qilinganda zidovudinning muvozanatli kontentratsiyasini pasayishiga olib kelishi mumkin.
Klaritromitsin zidovudin bilan bir vaqtda peroral qabul qilinganda zidovudinni so‘rilishiga ta’sir qilishi sababli, har bir preparatni qabul qilish orasida to‘rt soatlik tanaffusni ta’minlagan holda, bu o‘zaro ta’sir ahamiyatli darajada bartaraf etilishi mumkin.
OITV-infektiyalangan bolalarda klaritromitsinning suspenziyasini zidovudin yoki dideoksiinozin bilan bir vaqtda qabul qilinganda bunday o‘zaro ta’sir paydo bo‘lmaydi.
Klaritromitsinni vena ichiga yuborilganda bunday o‘zaro ta’sirning ehtimoli juda kam.
Fenitoin va valproat
Klaritromitsin kabi CYP3A ingibitorlari va metabolizmida amaliy jihatdan CYP3A ishtirok etmaydigan preparatlar (masalan, fenitoin va valproat) o‘rtasida o‘zaro ta’sirlar haqida spontan va chop etilgan xabarlar mavjud.
Bunday preparatlarni klaritromitsin bilan bir vaqtda buyurilganda qon zardobida ularning miqdorini nazorat qilish tavsiya etiladi.
Zardobda bu preparatlarning miqdorini oshishi haqida xabar berilgan.
Dori preparatlari bilan ikki tomonlama yo‘nalgan o‘zaro ta’siri
Atazanavir
Klaritromitsin ham, atazanavir ham CYP3A substrati va ingibitori hisoblanadi.
Ushbu preparatlar o‘rtasida ikki tomonlama yo‘nalgan o‘zaro ta’sir mavjudligi tasdiqlangan.
Klaritromitsin (kuniga ikki marta 500 mg) va atazanavirni (kuniga bir marta 400 mg) bir vaqtda qabul qilish, klaritromitsinning ekspozitsiyasini ikki marta oshishi, 14-ON-klaritromitsinning ekspozitsiyasini 70% ga pasayishi va atazanavirning AUC ni 28% ga oshishiga olib keladi.
Klaritromitsinning terapevtik diapazoni kengligi tufayli buyrak funktiyasi normal bo‘lgan patsiyentlarda uning dozasini kamaytirish talab etilmaydi.
Kreatinin klirensi minutiga 30 dan 60 ml gacha bo‘lganda klaritromitsinning muvofiq dori shaklini qo‘llash yo‘li bilan klaritromitsinning dozasi 75% ga kamaytirilishi kerak.
Proteaza ingibitorlari bilan birga qo‘llanganda klaritromitsinning dozasi kuniga 1000 mg dan oshmasligi kerak.
Kaltiy kanallari blokatorlari
Arterial gipotenziya paydo bo‘lishi xavfi sababli, metabolizmida CYP3A4 ishtirok etuvchi kaltiy kanallarining blokatorlari (masalan, verapamil, amlodipin, diltiazem) bilan klaritromitsinni birga ehtiyotkorlik bilan buyurish tavsiya etiladi.
O‘zaro ta’sir qon plazmasida klaritromitsinning ham va kaltiy kanallari blokatorining ham kontentratsiyasini oshishiga olib kelishi mumkin.
Klaritromitsin va verapamilni bir vaqtda qabul qilgan patsiyentlarda arterial gipotenziya, bradiaritmiya va laktatatsidozni paydo bo‘lishi haqida xabarlar mavjud.
Itrakonazol
Klaritromitsin ham, itrakonazol ham CYP3A substrati va ingibitori hisoblanadi, shuning uchun ushbu preparatlar orasida ikki tomonlama yo‘nalgan o‘zaro ta’sir paydo bo‘ladi.
Klaritromitsin plazmada itrakonazolning miqdorini oshishini chaqirishi, itrakonazol esa plazmada klaritromitsinning miqdorini oshishini chaqirishi mumkin.
Itrakonazol va klaritromitsinni bir vaqtda qabul qilayotgan patsiyentlar kuchaygan yoki ta’siri uzaytirilgan farmakologik o‘zaro ta’sirning belgilari yoki simptomlarini aniqlash uchun sinchkovlik bilan kuzatuv ostida bo‘lishlari kerak.
Sakvinavir
Klaritromitsin ham, sakvinavir ham CYP3A substrati va ingibitori hisoblanadi.
Ushbu preparatlar o‘rtasida ikki tomonlama yo‘nalgan o‘zaro ta’sir mavjudligi tasdiqlangan.
12 ta sog‘lom ko‘ngillilarda o‘tkazilgan tadqiqotlar klaritromitsinni (kuniga ikki marta 500 mg) va sakvinavirni (yumshoq jelatin kapsula shaklida, kuniga uch marta 1200 mg) bir vaqtda qabul qilish, sakvinavirni alohida qabul qilishga nisbatan sakvinavirning muvozanatli AUC va Cmax ko‘rsatkichlarini muvofiq 177% va 187% ga oshishini ko‘rsatgan.
Klaritromitsinni alohida qabul qilishga nisbatan, birga qabul qilinganda klaritromitsinning AUC va Cmax ko‘rsatkichlari taxminan 40% ga oshgan.
Tadqiqot natijalari tekshirilayotgan dozalarda va dori shakllarida qo‘llanganda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Yumshoq jelatin kapsula shaklidagi dorilarning o‘zaro ta’siri samaralari sakvinavirning qattiq jelatin kapsulalari shaklidagi kuzatiladigan samaralarga mos kelmasligi mumkin.
Faqat sakvinavirni qo‘llagandagi dorilarning o‘zaro ta’siri samaralari sakvinavir va ritonavir bilan majmuaviy davolashdagi samaralarga mos kelmasligi mumkin.
Agar sakvinavir ritonavir bilan birga qo‘llansa, ritonavirni klaritromitsinga bo‘lishi mumkin bo‘lgan ta’sirini e’tiborga olish kerak (“Dorilarning o‘zaro ta’siri”ga qarang).