Klamokretsept bilan

Tarkibi:

faol moddalar: amoksitsillin trigidrati (125 mg yoki 250 mg amoksitsillinga ekvivalent), kaliy klavulanat (31,25 mg yoki 62,5 mg klavulanat kislotasiga ekvivalent); yordamchi moddalar: aerosil, ananasli aromatizator, natriy benzoati, trinatriy tsitrat digidrati, aspartam, limon kislotasi (suvsiz), mikrokristall tsellyuloza, mannitol, talk.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

amoksitsillin va klavulanat kislotasi Dori shakli: suspenziya tayyorlash uchun kukun

Preparatning savdo nomi:

Klamok

Farmakalogik guruhi:

Antibiotiklar (penitsillinlar guruxi).

oq rangdan sarg‘ish oq ranggacha bo‘lgan ananas hidli, kristall kukun.

Antibiotiklar (penitsillinlar guruxi).

J01CR02

Ikkala komponentlarning farmakokinetik ko‘rsatkichlari o‘xshash va majmuada bir-birining farmakokinetikasiga ta’sir qilmaydi. Preparatning ikkala komponenti peroral yuborilganida tez so‘riladi. Amoksitsillinning biokirishligi 90%, klavulanat kislotasini – 70%, ammo oxirgisi axamiyatli tebranishlarga moyil. Bir vaqtda ovqatni istyemol qilish so‘rilish darajasiga ta’sir qilmaydi. Qon plazmasidagi preparatning maksimal kontsentratsiyasiga (Cmax) preparat qabul qilinganidan so‘ng 45 minutdan keyin erishiladi va (dozaga qarab) amoksitsillin uchun 3-12 mkg/ml, klavulanat kislotasi uchun – taxminan 2 mkg/ml tashkil qiladi. Organizmning suyuqliklaridagi cho‘qqi kontsentratsiyasi plazmadagi cho‘qqi  kontsentratsiyasiga erishganidan 1 soatdan keyin kuzatiladi. Ikkala komponent organizmning to‘qimalari va suyuqliklarida yaxshi taqsimlanish hajmi  bilan harakterlanadi – preparatni yuqori kontsentratsiyalari qon plazmasida, burunning qo‘shimcha yon bo‘shliqlarining sekretida, sinovial suyuqlikda, tanglay bodomsimon bezlarda, o‘rta quloqda, plevra suyuqligida, so‘lakda, bronxial sekretda, o‘pka to‘qimasida, bachadonda, tuxumdonlarda, jigarda, prostatada, mushak to‘qimasida, o‘t pufagida,  peritoneal suyuqlikda, yog‘ to‘qimasida, boldirni ishemik yarasida va boshqalar xosil qiladi. Amoksitsillin va klavulanat kislotasi bosh miya qobiqlari yallig‘lanmaganida gematoentsefalik to‘siq (GET) orqali o‘tmaydi, meningitda esa GET orqali o‘tishi kuzatiladi. Amoksitsillin va klavulanat kislotasi yo‘ldosh to‘sig‘idan o‘tadi, shuningdek past kontsentratsiyalarda ko‘krak sutida aniqlanadi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanish darajasi past: amoksitsillin – 17-20%, klavulanat kislotasi – 22-30%. Amoksitsillin qisman metabolizmga uchraydi, klavulanat kislotasi jigarda jadal metabolizmga uchraydi. Amoksitsillin o‘zgarmagan holda naychalar sekretsiyasi va kalavalar filtratsiyasi yo‘li bilan buyraklar orqali chiqariladi. Klavulanat kislotasi kalava filtratsiya yo‘li bilan, qisman metabolitlar ko‘rinishida chiqariladi. Amoksitsillinning siydik bilan chiqarilishi 60 dan 80% gacha, klavulan kislotasiniki – 30-50%; kamroq qismi axlat va chiqarilayotgan nafas bilan chiqariladi. Amoksitsillinning yarim chiqarish davri (T1/2) 78 min. Klavulanat kislotasining T1/2 60-70 min.ni tashkil qiladi. Buyrak yetishmovchiligi hollarida preparatning klirensi kamayadi, shuning uchun dozalash tartibiga tuzatish kiritish talab qilinadi (dozalarni kamaytirish yoki preparatni qabullari oralig‘ini oshirish).

Preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan infektsion-yallig‘lanish kasalliklarini davolash: – yuqori nafas yo‘llari va LOR-a’zolarining infektsiyalari (shu jumladan o‘tkir va surunkali sinusit, o‘tkir va surunkali otit, xalqum orti abstsessi, tonzillit, faringit); – quyi nafas yo‘llarining infektsiyalari (shu jumladan bakterial superinfektsiyali o‘tkir bronxit, surunkali bronxit, pnevmoniya); – siydik chiqarish yo‘llarining infektsiyalari; – ginekologik infektsiyalari; – teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalari, shu jumladan odam va hayvonlarni tishlashlari; – suyak va biriktiruvchi to‘qimaning infektsiyalari; – o‘t chiqarish yo‘llarining infektsiyalari (xoletsistit, xolangit). – jinsiy yo‘llari bilan yuqadigan infektsiyalar (shankroid, gonoreya). – aralash infektsiyalar (grammusbat, grammanfiy va anaerob mikroorganizmlar chaqirgan) peritonit, qorin bo‘shlig‘i a’zolaridagi operatsiyalardan keyingi asoratlar, qorin bo‘shlig‘i infektsiyalari, aspiratsion pnevmoniya, sut bezining abstsessi. Jarroxlik operatsiyasidan oldingi profilaktika: abdominal, kolorektal, ginekologik, urologik, jag‘-yuz jarroxligi, bosh va bo‘yin sohasidagi operatsiyalarda qo‘llanadi.

Ichga buyuriladi. Me’da-ichak tomonidan nojo‘ya ta’sirlarini kamaytirish va preparat so‘rilishini optimal sharoitini nazarda tutgan holda suspenziyani ovqatni qabul qilishdan oldin belgilanadi. Zarur bo‘lganda suspenziya ustidan qaynatilgan va sovutilgan suv ichiladi. Chaqaloqlar va 3 oygacha bo‘lgan bolalarga 2 qabulga bo‘lingan (xar 12 s) 30 mg/kg (amoksitsillin bo‘yicha)/sut tayinlanadi;  o‘rtacha  og‘irlikdagi infektsiyalarda 3 oydan katta bolalarga 3 qabulga bo‘lingan (xar 8 s) – 20 mg (amoksitsillin bo‘yicha)/kg/sut, infektsiyani og‘ir kechishida va nafas yo‘llari infektsiyasida 3 qabulga bo‘lingan (xar 8 s) – 40 mg (amoksitsillin bo‘yicha)/kg/sut . Suspenziyani tavsiyalanayotgan dozalari (125 mg+31.25 mg/5 ml va 250 mg+62.5 mg/5 ml) go‘dakni tana vazni va infektsiyani og‘irligiga qarab aniqlaniladi. Qabul qilinishi – sutkasiga 3 marta.

Ko‘pchilik hollarda nojo‘ya ta’sirlari kuchsiz ifodalangan va o‘tkinchidir. Ovqat xazm qilish tizimi tomonidan: ishtahani yo‘qolishi, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya; kam hollarda – jigar fermentlarining (ALT,AST) faolligini tranzitor oshishi, jigar faoliyatini buzilishi; yakka hollarda – xolestatik sariqlik, gepatit, soxta-membranoz kolit. Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i; kam hollarda – tirishishlar (buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda preparatni yuqori dozalarda qabul qilinganida namoyon bo‘lishi mumkin). Qon yaratish tizimi tomonidan: kam hollarda – qaytuvchan leykopeniya (shu jumladan neytropeniya), trombotsitopeniya; juda kam hollarda – gemolitik anemiya, protrombin vaqtini qaytuvchi oshishi (antikoagulyanlar bilan birga qo‘llanilganida). Siydik chiqarish tizimi tomonidan: juda kam hollarda – interstitsial nefrit, kristalluriya. Allergik reaktsiyalar: eritematoz toshma, qichishish, eshakemi; kam hollarda – ko‘p shaklli ekssudativ eritema, angionevrotik  shish, anafilaktik shok; yakka hollarda – eksfoliativ dermatit, Stivens-Jonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, o‘tkir yoyilgan ekzantematoz pustullyoz. Boshqalar: kam hollarda – superinfektsiyaning rivojlanishi (shu jumladan kandidoz).

amoksitsillin yoki klavulanat kislotasiga yuqori sezuvchanlik;β-laktam antibiotiklarga (shu jumladan penitsillinlar, tsefalosporinlar guruxiga) yuqori sezuvchanlik;anamnezda amoksitsillin/klavulanat kislotasini qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan xolestatik sariqlik yoki jigar faoliyatining buzilishi. Tsefalosporin qatori antibiotiklariga yuqori sezuvchanligi, anamnezida soxta membranoz kolit, jigar yetishmovchiligi va buyraklarning faoliyatini og‘ir buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Infektsion mononukleoz va limfoleykozli ko‘pchilik patsiyentlarda ampitsillin qabul qiliganida eritematoz toshma paydo bo‘lganligi tufayli, bunday patsiyentlarda ampitsillin guruxli antibiotiklarni qo‘llashga  tavsiya qilinmaydi. Preparat xomiladorlikda agar ona uchun kutilayotgan foyda homila uchun bo‘lgan potentsial xavfdan ustun bo‘lsa qo‘llash mumkin. Amoksitsillin va klavulanat kislotasi oz miqdorda ko‘krak suti bilan chiqariladi.

Preparat antatsidlar, glyukozamin, surgi vositalari, aminoglikozidlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida so‘rilishi sekinlashadi, askorbin kislotasi bilan – tezlashadi. Diuretiklar, allopurinol, fenilbutazon, NYAQV va naychali sekretsiyani bloklovchi boshqa dori vositalari amoksitsillinning kontsentratsiyasini oshiradi (klavulanat kislotasi asosan kalavalar filtratsiya yo‘li bilan chiqariladi). Preparat bir vaqtda bilvosita antikoagulyantlar bilan qo‘llanganida protrombin vaqtining uzayishi kuzatiladi. Shuning uchun bunday majmua extiyotkorlik bilan buyuriladi. Bir vaqtda qo‘llanilganda preparat metotreksatning toksik ta’sirini kuchaytiradi. Preparat bir vaqtda allopurinol bilan qo‘llanganida ekzantema rivojlanishini havfi kuchayadi. Amoksitsillinning rifampitsin bilan majmuasi antagonistik (antibakterial ta’sirini o‘zaro susayishi kuzatiladi). Preparatning samaradorligini pasayishi extimoli tufayli, bir vaqtda bakteriostatik antibiotiklar (makrolidlar, tetratsiklinlar), sulfanilamidlar, peroral kontratseptivlar bilan qo‘llash mumkin emas.

Kursli davolashda qon yaratish, jigar va buyraklar faoliyatini nazorat qilish lozim. Buyraklar faoliyatining og‘ir buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda dozalash tartibiga adekvat tuzatish kiritish yoki dozalash oralig‘ini uzaytirish talab qilinadi. Me’da-ichak tizimi tomonidan nojo‘ya ta’sirlari xavfini kamaytirish maqsadida preparatni ovqatlanish vaqtida qabul qilish kerak. Preparat yuqori dozalarda qo‘llanganida Benedikt reaktivi yoki Felling eritmasini ishlatilganda (glyukozooksidaza bilan fermentativ reaktsiyalar qo‘llash tavsiya qilindi) siydikda glyukoza aniqlanganida yolg‘onmusbat reaktsiyasi bo‘lishi mumkin. Bir vaqtda disulfiram bilan buyurishdan saqlanish lozim. Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Tayyor suspenziyani sovutgichda, 3-6°S bo‘lgan haroratda saqlash va 10 kun davomida qo‘llash kerak.

Prepartning dozasi oshirib yuborilish oqibatida o‘lim holati yoki hayet uchun havfli nojo‘ya samarasi xaqida ma’lumotlar yo‘q. Simptomlari: qorinda og‘riq,  diareya, qusish; shuningdek havotirli qo‘zg‘alish, uyqusizlik, bosh aylanish; kam xollarda – tirishishlar bo‘lishi mumkin. Davolash: preparat yaqinda qabul qilingan bo‘lsa (4 soatdan kam) me’dani yuvish va preparatning so‘rilishini pasaytirish maqsadida faollashtirilgan ko‘mirni buyurish kerak; patsiyent shifokor nazoratida bo‘lishi kerak, zarurati bo‘lsa simptomatik davolash o‘tkaziladi. Gemodializ samarali.

Retsept bo‘yicha

«Klamok®», 156,25mg/5ml,  100 ml suspenziya tayerlash uchun kukun, komplektda 5 ml hajmli plastik qoshiqchasi bilan. «Klamok®», 312,5mg/5ml,  100 ml suspenziya tayerlash uchun kukun, komplektda 5 ml hajmli plastik qoshiqchasi bilan.

2 yil.