Klabel tabretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol modda: Klaritromitsin – 500 mg. yordamchi moddalar: kremniy dioksid, povidon, kroskarmelloza, mikrokristallik tellyuloza, kraxmal, magniy stearati, talk; qobiq tarkibi: Opadry OY-S 32924 (gipromelloza, titan dioksidi, gidroksipropiltellyuloza, polisorbat,sariq xinolin, sorbino kislotasi, vanilin, propilenglikol).

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Klaritromitsin

Preparatning savdo nomi:

Klabel®

Farmakalogik guruhi:

Antibiotiklar (makrolidlar guruhi)(2-avlod)

Dori shakli:

Qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Sariq rangli, oval shaklli, silliq, ikki yoqlama qavariq, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Antibiotiklar (makrolidlar guruhi).

Klaritromitsin unga sezgir bakteriyalarning hujayralarida 50S ribosomal subbirligi bilan bog‘lanib, shu yo‘l bilan oqsil sintezini bostirib, mikroblarga qarshi faollikni namoyon qiladi. Klaritromitsinning mikroblarga qarshi ta’siri asosan bakteriostatik. Klaritromitsin quyidagi mikroorganizmlar doirasiga spektriga nisbatan antibakterial faollikni namoyon qiladi: grammusbat bakteriyalar: Streptococcus agalactiae, Streptococcus pyogenes, Streptococcus viridans, Streptococcus pneumoniae, Listeria monocytogenes, Staphylococcus aureus; grammanfiy bakteriyalar: Haemophilus influenzae, Haemophilus parainfluenzae, Neisseria gonorrheae, Legionella pneuophila, Pasteurella multocids, Helicobacter pylori, Campylobacter jejuni, Moraxella (Branthamela) catarrhalis, Bordetella pertussis; boshqa mikroorganizmlar: Chlamydia pneumoniae (TWAR), Chlamydia trachomatis, Borrelia burgoferi, Mycobacterium avium, Mycobacterium intracellular, Mycobacterium leprae, Mycobacterium chelonae, Mycobacterium fortuitum, Mycobacterium kansasiilardan tashkil topgan Mycobacterium avium (MAC) majmuasi, Ureaplasma urealyticum, Toxoplasma gondii; anaerob mikroorganizmlar: Clostridium perfringes, Peptococcus niger, Propionbacterium acnes, Bacteroides melaninogenicus; mikoplazmalar: Mycoplasma pneumoniae.

Klaritromitsin ichga qabul qilinganida tez va faol so‘riladi, uning biologik kiraolishligi taxminan 50% ni tashkil qiladi. Preparatni bevosita buyurilishdan oldin ovqat qabul qilish klaritromitsinni so‘rilishini boshlanishini biroz sekinlashtiradi, ammo uning biologik kiraolishligiga ta’sir qilmaydi. Preparat 250 mg dan sutkada 2 marta buyurilganida klaritromitsinning plazmadagi maksimal muvozanatli kontentratsiyasiga (Smax) 2-3 kundan keyin erishiladi. Preparat asosan jigarda faol 14-gidroklaritromitsin metabolitini hosil qilish bilan, metabolizmga uchraydi. Klaritromitsin va faol metabolit 14-gidroksiklaritromitsin organizmning barcha to‘qima va suyuqliklari bo‘ylab tez taqsimlanadi. Ichga qabul qilinganidan keyin klaritromitsinning to‘qimalardagi kontentratsiyasi (ayniqsa o‘pkalarda) qon plazmasidagiga qaraganda bir necha marta yuqori. Yarim chiqarilish davri dozaga bog‘liq bo‘lib, 3 dan 9 soatgachani tashkil qiladi. Preparat organizmdan asosan siydik va ahlat bilan chiqariladi.

Preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan quyidagi infektion kasalliklarni davolash: – quyi nafas yo‘llarining infektiyalari (bronxitlar, pnevmoniyalar); – yuqori nafas yo‘llarining infektiyalari (laringit, tonzillit, faringit, sinusitlar); – teri va yumshoq to‘qimalarning infektiyalari (follikulitlar, flegmonalar, saramasli yallig‘lanish); – tarqalgan va tarqalmagan mikobakterial infektiyalar; – CD4 (T-xelper limfotsitlar) limfotsitlarining miqdori 1 mm3 da 100 dan ko‘p bo‘lmagan OITV infektiyalangan bemorlarda Mycobacterium avium (MAC) majmuasi bilan bog‘liq bo‘lgan infektiyaning tarqalishini oldini olish; – o‘n ikki barmoq ichak yarasini qaytalanishlari tez-tezligini kamaytirish uchun N.pylori ni yo‘qotishda qo‘llanadi.

Nafas yo‘llari, teri va yumshoq to‘qimalarining infektion kasalliklarida: kattalarga klaritromitsinning odatda tavsiya qilinadigan dozalari – 250 mg dan sutkada 2 marta. Og‘irroq hollarda dozani sutkada 2 marta 500 mg gacha oshirish mumkin. Davolash davomiyligi ko‘pchilik hollarda 6 dan 14 kungachani tashkil qiladi. Mikobakteriyalar chaqirgan infektion kasalliklarda: kattalarga tavsiya qilinadigan boshlang‘ich doza – 500 mg dan sutkada 2 marta. 3-4 hafta davomida klinik va bakterial javob bo‘lmaganida dozani sutkada 2 marta 1000 mg gacha oshirish mumkin. Mycobacterium avium (MAC) majmuasi chaqirgan infektiyalarni oldini olish uchun: kattalarga tavsiya qilinadigan doza – 500 mg dan sutkada 2 marta Pylori ni yo‘qotish uchun majmuaviy davolash: klaritromitsin 500 mg dan sutkada 2 marta, pantoprazol bilan 40 mg dan sutkada 2 marta va amoksitsillin bilan 1000 mg dan sutkada 2 marta majmuada, 7-14 kun davomida qabul qilinadi. Klaritromitsin 500 mg dan sutkada 2 marta, amoksitsillin bilan 1000 mg dan sutkada 2 marta, va omeprazol bilan sutkada 20 mg dan majmuada 7-14 kun davomida qo‘llanadi. Klaritromitsin 500 mg dan sutkada 2 marta, 40 mg omeprazol bilan majmuada, 14 kun davomida, keyingi 14 kun davomida omeprazol sutkada 20-40 mg dozada. Yaralarni to‘liq bitishi uchun me’da shirasining kislotaligini qo‘shimcha pasaytirish talab qilinishi mumkin. Buyrak yetishmovchiligida: kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam bo‘lgan bemorlarda klaritromitsinning odatdagi dozasini yarmini, ya’ni 250 mg dan sutkada 1 marta yoki og‘ir infektiyalarda 250 mg dan sutkada 2 marta buyuriladi. Bunday bemorlarni davolash 14 kundan oshmasligi kerak.

Me’da-ichak yo‘llari va jigar tomonidan: tez-tez ko‘ngil aynishi, qusish, qorin og‘riqlari, diareya, soxtamembranoz kolit, glossit, stomatit, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining kandidozi va tilning rangini o‘zgarishi, ta’mni o‘zgarishi; kam – qon zardobida jigar fermentlari darajasini oshishi, xolestaz va sariqlikni rivojlanishi bilan kechuvchi gepatit hollari; juda kam hollarda – jiddiy asosiy kasalliklar va/yoki boshqa dori vositalarini bir vaqtda qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan o‘lim bilan yakunlanuvchi jigar yetishmovchiligi. Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, kam uyqusizlik. Yurak-tomir tizimi tomonidan: QT intervalini uzayishi, yurak qorinchalari aritmiyasi, shu jumladan qorinchalarni paroksizmal taxikardiyasi va qorinchalarni xilpillashi-lipillashi kuzatiladi. Allergik reaktiyalar: ularning jadalligi, eshakemi va teri toshmasidan to anafilaksiya va Stivens-Djonson sindromigacha o‘zgaradi. Boshqalar: eshitishni pasayishi, hansirash, kam hollarda – gipoglikemiya.

Makrolidlar guruhi antibiotiklariga yuqori sezuvchanlik. Klaritromitsin bilan davolashda tizaprid, pimozid, astemizol va terfenadinni qabul qilish ta’qiqlanadi.

Klaritromitsinni tizaprid, pimozid, terfenadin va astemizol bilan bir vaqtda qo‘llash, ularni qondagi kontentratsiyasini oshishiga, QT intervalini uzayishi va yurak aritmiyalarini, shu jumladan yurak qorinchalari paroksizmal taxikardiyasi, qorinchalar fibrillyatsiyasi va qorinchalarni titrashi – lipillashni rivojlanishiga olib keladi. Klaritromitsinni titoxrom R450 tizimi ishtirokida metabolizmga uchraydigan dori vositalari (karbamazepin, takrolimus, geksobarbital, alfentanil, bromkriptin, valproat, lovastatin, disopiramid, fenitoin, tiklosporin) bilan bir vaqtda qo‘llash, bu preparatlarning zardobidagi kontentratsiyasini oshishi va ularning samarasini kuchayishi bilan birga kechadi. Klaritromitsin bilan bir vaqtda ishlatilganida, bu dorilarning zardobdagi kontentratsiyasini nazorat qilish zarurati tug‘ilishi mumkin. Klaritromitsin va gidroksimetilglutaril-SoA-reduktaza ingibitorlari-lovastatin va simvastatin bir vaqtda buyurilganida, kamdan-kam hollarda skelet mushaklarining o‘tkir nekrozi rivojlanishi mumkin. Digoksin va klaritromitsin tabletkalarini bir vaqtda olayotgan bemorlarda qon plazmasida digoksinning kontentratsiyasini oshishi aniqlanadi. Shuning uchun bunday bemorlarda digitalis intoksikatsiyasidan saqlanish uchun, digoksinning qon zardobidagi miqdorini muntazam nazorat qilish kerak. Klaritromitsin triazolam klirensini kamaytirishi va shunday qilib, uning uyquchanlik va ongni chalkashishi rivojlanishi bilan kechuvchi farmakologik samaralarini oshishi mumkin. Klaritromitsin va ergotamin yoki digidroergotaminni bir vaqtda ishlatish, ayrim bemorlarda periferik tomirlarning spazmi va sezuvchanlikni o‘zgarishi bilan namoyon bo‘luvchi o‘tkir ergotamin intoksikatsiyasiga olib kelishi mumkin. OITV bilan infektiyalangan kattalarga bir vaqtda zidovudin va klaritromitsin tabletkalarini og‘iz orqali buyurish zidovudinning muvozanat kontentratsiyasini kamayishiga olib kelishi mumkin. Klaritromitsin bir vaqtda peroral buyurilgan zidovudinning so‘rilishini o‘zgartirishi ehtimolini hisobga olib, klaritromitsin va zidovudinni kunning turli soatlarida qabul qilish bilan, bu o‘zaro ta’sirdan ma’lum darajada saqlanish mumkin. Klaritromitsin va ritonavir bir vaqtda buyurilganida klaritromitsinning zardobdagi kontentratsiyasining ko‘rsatkichi oshadi. Bunday hollarda buyrak faoliyati me’yorda bo‘lgan bemorlarda klaritromitsinning dozasini to‘g‘rilash talab qilinmaydi. Ammo kreatinin klirensi minutiga 30 dan 60 ml gacha bo‘lgan bemorlarda, klaritromitsinning dozasini 50% ga pasaytirish lozim. Kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam bo‘lganida, klaritromitsinning dozasini 75% ga pasaytirish lozim. Ritonavir bilan bir vaqtda davolanganda klaritromitsinni sutkada 1 g dan yuqori dozada buyurish mumkin emas. Klaritromitsin va omeprazol bir vaqtda buyurilganida, ularning plazmadagi kontentratsiyasini oshishi yuz beradi, ammo bu preparatlarning dozasini to‘g‘rilashni talab qilmaydi.

Klaritromitsin va boshqa makrolidlar guruhi antibiotiklari, shuningdek linkomitsin va klindamitsin orasida qarama-qarshi chidamlilik bo‘lishi mumkinligiga e’tibor berish kerak. Preparatni jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Ammo buyraklar faoliyati me’yorda saqlangan o‘rtacha yoki og‘ir jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda klaritromitsinning dozasini to‘g‘rilash talab qilinmaydi. OITS li bemorlarda MAS chaqirgan tarqalgan infektiyalarda, davolashni uning foydasiga ijobiy klinik va mikrobiologik tasdiqlar olingunicha, davom ettirish lozim. Klaritromitsinni boshqa mikroblarga qarshi preparatlar bilan majmuaviy buyurish kerak. Mikobakteriyalar chaqirgan tuberkulyozdan tashqari boshqa infektion kasalliklarda, davolashning davomiyligini shifokor belgilaydi. Homiladorlik va emizish vaqtida klaritromitsinning xavfsizligi aniqlanmagan. Shuning uchun homiladorlik davrida klaritromitsinni faqat muqobil davolash bo‘lmaganida, agarda kutiladigan foyda, homilaga bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina buyurish mumkin. Klaritromitsin ko‘krak sutiga o‘tadi, shuning uchun uni emizikli onalarda qo‘llanishi ehtiyotkorlik bilan o‘tkazilishi kerak. Keksa yoshdagi shaxslarda qo‘llanilganida dozani pasaytirish talab qilinmaydi. Preparatni bolalar ola olmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik lozim.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Simptomlari: Ko‘ngil aynishi, qusish, diareya. Davolash: Darhol me’dani yuvish va simptomatik davolash. Gemodializ va peritoneal dializ klaritromitsinni qon zardobidagi darajasini ahamiyatli o‘zgarishga olib kelmaydi.

Retsept bo‘yicha.

“Klabel”, qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 500 mg dan, №7, №14.

2 yil.