Tez-tez – 3% dan ortiq, kamroq – 1-3%, kam hollarda – 1% dan kam.
Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘pincha – gastralgiya, diareya; kamroq – stomatit, meteorizm, qabziyat, qusish, me’dani to‘lib ketish hissi; kam – ishtahani pasayishi, ko‘ngil aynishi, me’da-ichak yo‘llarining eroziv – yarali shikastlanishlari (shu jumladan perforatsiya va/yoki qon ketishi bilan – qorinda og‘riq, epigastriya sohada spazm yoki achishish, ahlatda qon yoki melena; qon bilan yoki “kofe quyqasi” turidagi qusish, ko‘ngil aynishi, jig‘ildon qaynashi va boshqalar), xolestatik sariqlik, gepatit, gepatomegaliya, o‘tkir pankreatit.
Siydik-chiqarish tizimi tomonidan: kam hollarda – o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, belda og‘riq, gematuriya, azotemiya, gemolitiko – uremik sindrom (gemolitik anemiya, buyrak yetishmovchiligi, trombotsitopeniya, purpura), siydik chiqarishni tezlashishi, siydik hajmini oshishi yoki pasayishi, nefrit, buyrak genezli shishlar.
Sezgi a’zolari tomonidan: kam hollarda – eshitishni pasayishi, quloqlarni shang‘illashi, ko‘rishni buzilishi (shu jumladan ko‘rishni noaniqligi).
Nafas tizimi tomonidan: kam hollarda – bronxospazm yoki dispnoe, rinit, o‘pka shishi, hiqildoqni shishi (nafas olishni qiyinlashishi, hansirash).
Markaziy nerv tizimi tomonidan: tez-tez – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquchanlik, kam hollarda – aseptik meningit, (isitma, kuchli bosh og‘rig‘i, tirishishlar, bo‘yin va/yoki orqa mushaklarining rigidligi), giperfaollik (kayfiyatni buzilishi, bezovtalik), gallyutsinatsiyalar, depressiya, psixoz, hushdan ketish holatlari.
Yurak-tomir tizimi tomonidan: kamroq – arterial bosimni oshishi.
Qon yaratish a’zolari tomonidan: kam hollarda – anemiya, eozinofiliya, leykopeniya.
Gemostaz tizimi tomonidan: kam hollarda – operatsiyadan keyingi jarohatlardan, burundan, rektal sohadan qon ketishlar.
Teri qoplamalari tomonidan: kamroq – teri toshmasi (shu jumladan makulopapullez toshma), purpura, kam hollarda – eksfoliativ dermatit (etni uvishishi bilan yoki u siz kechuvchi isitma, giperemiya, terini zichlashishi yoki kepaklanishi, tanglay bodomsimon bezlarining shishi va/yoki og‘rig‘i), eshakemi, xavfli ekssudativ eritema (Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi).
Allergik reaktsiyalar: kam hollarda – anafilaksiya yoki anafilaktoid reaktsiyalar (yuz terisi rangini o‘zgarishi, teri toshmasi, eshakemi, terini qichishishi, taxipnoe yoki dispnoe, qovoqlarni shishi, ko‘z kosasi oldi shishi, xansirash, nafasni qiyinlashuvi, ko‘krak qafasida og‘irlik, xushtak chalgandagiga o‘xshash nafas).
Boshqalar: tez-tez – shishlar (yuzni, boldirlarni, to‘piqlarni, barmoqlarni shishi, tana vaznini oshishi); kamroq – kuchli terlash, kam hollarda – tilni shishi, isitma.