Ketoprofen RG rasmini ko'rish

Tarkibi:

ta’sir etuvchi modda: ketoprofen. yordamchi moddalar: karbomer 940, polietilenoksid 400, propilenglikol, neroli moyi, natriy benzoat, 96% etil spirti, tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Ketoprofen

Preparatning savdo nomi:

Ketoprofen-RG

Turli genezli og‘riqli va yallig‘lanish jarayonlarini, shu jumladan: Revmatoid artrit va periartrit;Ankilozlovchi spondilit (Bexterev kasalligi);Psoriatik artrit;Reaktiv artrit (Reyter sindromi);Turli lokalizatsiyali osteoartrit;Tendinit, bursit;Mialgiyalar;Nevralgiyalar;Radikulit;Tayanch-xarakat apparatining jarohatlari (shu jumladan sportdagi), mushaklarni lat yeyishi va bo‘g‘imlarni va mushaklarning paylarini lat yeyishini simptomatik davolash uchun qo‘llanadi.

Gelning oz miqdorini (3-5 sm) yupqa qilib, teriga shikastlanish o‘chog‘iga sutkada 1-2 marta, ohista ishqalab surtiladi. Doza shikastlanish maydoniga bog‘liq 5 sm gel 100 mg ketoprofenga mos keladi, 10 sm gel 200 mg ketoprofenga mos keladi. Gelni boshqa dori shakllari (kapsulalar, tabletkalar, shamchalar) bilan majmuada qo‘llash mumkin. Umumiy maksimal sutkalik doza, dori shaklidan qat’iy nazar 200 mgdan oshmasligi kerak. Shifokorning maslahatisiz davolanish davomiyligi – 14 kundan oshmasligi kerak. Okklyuzion bog‘lovlarni qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

Dermotologik reaktsiyalar: 3% holatlarda – eritema, qichishish, kuchsiz namoyon bo‘luvchi tranzitor dermatit; kam xollarda – fotosensibilizatsiya kuzatiladi. Yomon gigiyenik sharoitlar va quyosh nurining ta’siri oqibatidagi og‘ir kontakt dermatitning bir holati va og‘ir tarqoq dermatitning 1 holati tariflangan. Nafas tizimi tomonidan: juda kam hollarda – astmatik xurujlar (allergik reaktsiyaning varianti kabi) kuzatiladi. Siydik – chiqarish tizimi tomonidan: gelni surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentga qo‘llanganidan keyin buyrak faoliyatini yomonlashishining bir holati ta’riflangan; yakka hollarda – interstitsial nefrit.

Anamnezida NYAQV va salitsilatlarni qabul qilish oqibatida kelib chiqqan bronxospazmga, eshakemiga va rinitga ko‘rsatmalar;Teri qoplamalarini butunligini buzilishi (ekzema, xo‘llanuvchi dermatit, ochiq yoki infektsiyalangan jarohat);Homiladorlikning III uch oyligi;Laktatsiya davri;12 yoshgacha bo‘lgan bolalar;Ketoprofenga yoki preparatning boshqa komponentlariga, atsetilsalitsil kislotasiga yoki boshqa NYAQV ga yuqori sezuvchanlik. Preparatni jigar va\yoki buyrak faoliyatini buzilishlarida, me’da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishlarida, qon kasalliklarida, broxial astmada, surunkali yurak yetishmovchiligida ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim. Homiladorlikning I va II uch oyliklarida ona uchun davolashdan kutiladigan fayda, homila uchun bo‘lgan potentsial xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina qo‘llash mumkin.

Preparatning plazmadagi kontsentratsiyasi juda past bo‘lganligi tufayli, boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta’sirining belgilarini (tizimli qo‘llashdagi belgilarga o‘xshash) namoyon bo‘lishi faqat tez-tez va uzoq-vaqt qo‘llanganda bo‘lishi mumkin. Ketoprofen yoki boshqa NYAQV saqlagan boshqa dori shakllarini (surtmalar, gellarni) bir vaqtda qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Atsetilsalitsil kislotasi bilan bir vaqtda qabul qilish ketoprofenni qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanish darajasini kamaytirada. Ketoprofen metotreksatni chiqarilishini kamaytiradi va uni zaharliligini oshishiga olib keladi. Boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta’siri va ularni chiqarilishiga ta’siri ahamiyatli emas. Preparat kumarinlarni olayotgan patsiyentlarga buyurilganda tibbiy nazorat tavsiya qilinadi.

Gelni qo‘llaganda preparatni ko‘zning shilliq qavatiga va ko‘z atrofidaga teriga tushishidan saqlanishi lozim. Nojo‘ya samaralar paydo bo‘lganida preparatni qo‘llashni to‘xtatish lozim. Sutkalik umumiy doza dori shaklidan qat’iy nazar, 200 mg dan oshmasligi kerak. Davolash vaqtida va davolanish to‘xtatilgandan keyin 2 hafta davomida to‘g‘ri quyosh nurlaridan va ultrabinafsha nurlanishidan saqlanish lozim. Gelni surtilgandan keyin qo‘llarni yaxshilab yuvish kerak. Terini ta’sirlanishi paydo bo‘lganida davolanishni vaqtincha to‘xtashish lozim. Yaqqol ta’sirlanishda davolashni davom ettirish tavsiya qilinmaydi. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 150 dan 25°S gacha bo‘lgan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin!

Simptomlari: ketoprofenning sirtga qo‘llash uchun dori shakllari qo‘llanganda dozani oshirib yuborilishi qayd etilmagan. Teri reaktsiyalari – ta’sirlanishi, eritema, qichishish bo‘lishi mumkin. Davolash: preparatni bekor qilish, gelni qo‘llaganda terini oqar suv bilan yaxshilab yuvish lozim. Zarurat bo‘lganida simptomatik davolash o‘tkaziladi.

Retseptsiz

2,5% sirtga qo‘llash uchun gel, 30g dan tubalarda.

2 yil.