Ketoprofenretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi: Faol modda: ketoprofen 100 mg; Yordamchi moddalar: migliol 812 N, qattiq yog‘.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

ketoprofen (ketoprofen)

Preparatning savdo nomi:

Ketoprofen

Farmakalogik guruhi:

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar. Propion kislotasi hosilalari.

Dori shakli:

rektal suppozitoriylar

oqdan sarg‘ish tusli oq rangligacha bo‘lgan, tsilindrkonik shaklli suppozitoriylar. Suppozitoriy kesimida havoli va g‘ovak o‘qi va voronkasimon chuqurchasi bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar. Propion kislotasi hosilalari.

M01AЕ03

Rektal yuborilganda ketoprofen me’da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi. Plazmadagi maksimal kontsentratsiyasiga 2,4-4 soatdan keyin erishiladi. So‘rilgan ketoprofenning 99% plazma oqsillari, asosan albumin bilan bog‘lanadi. Ketoprofen sinovial suyuqlikka va biriktiruvchi to‘qimalarga yaxshi kiradi. Garchi ketoprofenning sinovial suyuqlikdagi kontsentratsiyasi plazmadagiga qaraganda biroz pastroq bo‘lsada, u ancha barqarordir (30 soatgacha saqlanib turadi), shu sababli og‘riq sindromi va bo‘g‘imlarning tangligi uzoq vaqtga kamayadi. Ketoprofen asosan jigarda metabolizmga uchraydi. Asosan buyrak orqali va ancha kam darajada (taxminan 1%) ichak orqali chiqariladi. Rektal yuborilgandan keyin ketoprofenni plazmadan yarim chiqarilish davri taxminan 2 soatni tashkil qiladi.

– revmatoid artrit, osteoartrit, ankilozlovchi spondilit, podagra; – tayanch-harakat apparatini yallig‘lanishli – degenerativ kasalliklarini (periartrit, artrosinovit, tendinit, tendosinovit, bursit, lyumbago) simptomatik davolash, umurtqadagi og‘riqlar, nevralgiyalar, mialgiyalar. – travmalar, xususan sportiv, chiqishlar, bog‘lamlar va paylarni cho‘zilishi va uzilishi, lat yeyishlar, posttravmatik og‘riqlar; – flebit, periflebit, limfangiit, yuza limfadenitda majmuaviy davolash tarkibida qo‘llanadi.

Rektal buyuriladi. Suppozitoriylarni, patsiyent yotgan holatida to‘g‘ri ichakka iloji boricha chuqurroq kiritiladi, ich kelganidan keyin yuborgan afzal. Kattalarga odatda 1 suppozitoriydan sutkada bir yoki ikki marta buyuriladi. Maksimal sutkalik doza 300 mg ni tashkil qiladi.

Preparatning terapevtik dozalari ishlatilganda nojo‘ya ta’sirlar kam yuz beradi va o‘tkinchi xarakterga ega bo‘ladi. Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynashi, qusish, abdominal og‘riqlar, meteorizm, diareya, qabziyat, stomatit; Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, toliqish, uyquchanlik, depressiya, uyqusizlik, asabiylashish; Mahalliy reaktsiyalar: achishish hissi, rektal qon ketishlari, og‘riqli ich kelishi, tenezmlar; Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan: teri toshmasi; Immun tizimi tomonidan: anafilaktik shok; Nafas tizimi tomonidan: bronxospazm, bronxial astma xuruji.

– preparatning komponentlariga, salitsilatlarga va boshqa NYAQP ga o‘ta yuqori sezuvchanlik; – homiladorlik va emizish davri; – 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar; – zo‘rayish bosqichidagi me’da va o‘n ikki barmoq ichak kasalligi, me’da-ichakdan qon ketishlari; – jigar va buyrak faoliyatini og‘ir buzilishlari; – gemorroy, anus sohasi va to‘g‘ri ichakning yallig‘lanish kasalliklari, anamnezdagi to‘g‘ri ichakdan qon ketishi.

Ketoprofenni boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar yoki salitsilatlar (atsetilsalitsil kislotasi) bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Antigipertenziv vositalar va diuretik vositalar bilan bir vaqtda qo‘llanishi, ularning samarasini pasaytiradi. Tirishishga qarshi va diabetga qarshi preparatlarning ta’sirini kuchaytiradi. Diuretiklar va angiotenzinga aylantiruvchi ferment ingibitorlari bilan majmuada qo‘llanganda nefrotoksiklik xavfi oshadi. Antikoagulyantlar va kortikosteroidlar bilan bir vaqtda qo‘llanishi qon ketishlari xavfini oshiradi. Ketoprofen yurak glikozidlari, litiy preparatlari, tsiklosporin va metotreksatni chiqarilishini susaytirib, ularning toksikligini oshiradi. Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar birga qo‘llanganda mifepristonning samaradorligini pasaytiradi. Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarni, mifepriston bekor qilinganidan keyin 8-12 kunlik tanaffusga rioya qilingan holda buyurish tavsiya qilinadi.

Ketoprofenni buyurishda me’da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligi bo‘lgan yoki anamnezida me’da-ichakdan qon ketishlari bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlikka amal qilish lozim. Jigar va buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda, shuningdek kumarin guruhi antikoagulyantlarini yoki litiy preparatlarini qabul qilayotgan patsiyentlarda ehtiyotkorlikka amal qilish tavsiya qilinadi. Ketoprofenni uzoq muddat qo‘llanganda periferik qon tarkibini, jigar va buyrak faoliyatini, ayniqsa keksa yoshdagi shaxslarda muntazam nazorat qilish kerak. Buyrak faoliyati buzilganida dozaga tuzatish kiritish lozim. Ketoprofen infektsion kasalliklarning simptomlari va belgilarini niqoblashi mumkin. Ketoprofen bilan davolanish vaqtida tamaki chekish va alkogolni iste’mol qilish tavsiya qilinmaydi. Homilador va emizikli ayollar Homiladorlik va emizish davrida ketoprofenni qo‘llash tavis qilinmaydi. Avtomobil yoki mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Davolanish vaqtida bosh aylanishi yoki uyquchanlik paydo bo‘ladigan patsiyentlar transport vositalarini boshqarish va potentsial xavfli mexanizmlar bilan ishlashdan voz kechishlari lozim. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.

Simptomlari: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ongni chalkashishi, MIY buzilishlari (ko‘ngil aynishi, qusish, qorin sohasida og‘riq, qon ketishlari), buyrak faoliyatini buzilishi. Davolash: tozalovchi xo‘kna, simptomatik davolash.

Shifokor retsepti bo‘yicha

Rektal suppozitoriylar 100 mg dan. 5 suppozitoriydan PVX/PE plyonka kontur uyali o‘ramda. 2 kontur uyali o‘ramdan  qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton o‘ramda.

3 yil.