Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Preparatning savdo nomi:
Kavinton® inyektsiya
Gemorragik tserebral insultning o‘tkir davri, og‘ir yurak ishemik kasalligi, aritmiyaning og‘ir shakllari.
Homiladorlik, laktatsiya.
Faol moddaga yoki har qanday to‘ldiruvchilariga o‘ta yuqori sezuvchanlik.
Preparatni bolalarda qo‘llash mumkin emas (muvofiq klinik tadqiqotlarning ma’lumotlari mavjud bo‘lmaganligi sababli).
Vinpotsetinni homiladorlik va laktatsiya vaqtida qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlik: Vinpotsetin yo‘ldosh to‘sig‘i orqali kiradi, ammo yo‘ldoshda va homila qonida ona qonidagidan pastroq kontsentratsiyalarda aniqlanadi.
Teratogen yoki embriotoksik samarasi aniqlanmagan.
Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda vinpotsetinni katta dozalarda yuborish, ayrim hollarda asosan yo‘ldoshda qon aylanishining kuchayishi hisobiga yo‘ldoshdan qon ketishi va homilaning tushishi bilan kechgan.
Laktatsiya: Vinpotsetin ona suti bilan chiqariladi.
Nishonlangan vinpotsetinni qo‘llash bilan o‘tkazilgan tadqiqotlarda ona sutining radiofaolligi ona qonidagiga nisbatan o‘n marta yuqori bo‘lgan.
1 soat davomida ona suti bilan chiqariladigan miqdori preparatning yuborilgan dozasining 0,25 foizini tashkil qiladi.
Vinpotsetinni ona suti bilan chiqarilishi, yangi tug‘ilgan chaqaloq organizmiga ta’sirining ma’lumotlari esa yo‘qligi tufayli emizish davrida vinpotsetinni qo‘llash mumkin emas.
+15So dan +25So gacha haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.
Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.
Dozani oshirib yuborish hollari qayd qilinmagan.
Ilmiy adabiyotlarning ma’lumotlari asosida preparatni 1 mg/kg tana vazniga dozada yuborish xavfsiz hisoblanishi mumkin.
Ushbu dozadan yuqori dozada preparatni qo‘llash bo‘yicha ma’lumotlarning yo‘qligi sababli, preparatni yuqoriroq dozalarda yuborishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Retsept bo‘yicha
Inyektsiya uchun eritma 5 mg/ml.
2 ml, 5 ml yoki 10 ml dan preparat I gidrolitik guruh jigarrang shisha, oq rangli sindirish nuqtali ampulalarda.
5 ampuladan plastik taglikda.
2 ml va 5 ml: 2 plastik taglikdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
10 ml: 1 plastik taglikdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
5 yil.
O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatilmasin.