Karbamazepin–NGPretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol modda: karbamazepin (100% moddaga qayta xisoblaganda) – 200 mg. yordamchi moddalar: laktoza – 44mg; tibbiy pastmolekulyar polivinilpirrolidon – 6 mg; mikrokristall tsellyuloza – 20 mg; natriy kroskarmeloza – 3 mg; talk – 4,2 mg; magniy stearati – 2,8 mg.

Preparatning savdo nomi:

Karbamazepin–NGP

Farmakalogik guruhi:

Tirishishga qarshi vositalar.

Dori shakli:

tabletka

Oq yoki sarg‘ish oq tusli rangli, bir tomonida riskali tabletkalar.

Tirishishga qarshi vositalar.

N03AF01

Ichga qabul qilinganidan keyin karbamazepin deyarli to‘liq so‘riladi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi 75% ni  tashkil qiladi. Ichga bir marta qabul qilinganida, kon plazmasidagi faol moddaning o‘zgarmagan holdagi cho‘qqi kontsentratsiyasiga 4-10 soatdan keyin erishiladi. O‘zgarmagan karbamazepinni qondan yarim chiqarilish davri ichga bir marta standart dozada qabul qilinganidan so‘ng 12-30 soatni tashkil qiladi. Karbamazepin jigar fermentlarining induktori hisoblanadi va o‘zining metabolizmini rag‘batlantiradi. Faol bo‘lmagan metabolitlari ko‘rinishda 70% siydik bilan va 30% ahlat bilan chiqariladi.

tarqalgan tutqanoq xurujlari;oddiy va murakkab simptomlar bilan kechuvchi o‘choqli (partsial) xurujlar;tutqanoq bilan bog‘liq bo‘lgan xulqni buzilishlari;maniakal – depresssiv psixoz xurujlarini oldini olish;uchshoxlik nervning nevralgiyasi;diabetik nevropatiya;alkogolli abstinent sindromi;markaziy genezli qandsiz diabet;tutqanoqda qo‘llanadi.

Preparat kattalar va bolalarga buyuriladi. Ichga, ovqatlanish vaqtida ko‘p bo‘lmagan suyuqlik bilan birga qabul qilinadi. Tutqanoqni davolashda kattalar va bolalarga, agar buning iloji bo‘lsa, karbamazepin monoterapiya ko‘rinishda qo‘llanadi. Boshlang‘ich doza – 100 – 200 mg dan sutkada 1-2 marta buyuriladi. Zarurat bo‘lganida doza 1 haftalik interval bilan sutkada ko‘pi bilan 200 mg ga oshirish mumkin. Samarani bir maromda ushlab turuvchi doza bir necha marta qabul qilish uchun odatda sutkada 600-1200 mg ni tashkil qiladi. Kattalar va 15 yoshdan oshgan o‘smirlar uchun maksimal sutkalik doza 1,2 g ni tashkil qiladi, yakka xollarda kattalarga sutkada 1,6 g buyuriladi. 12-15 yoshli o‘smirlar uchun doza sutkada 1 g dan oshmasligi lozim. Bolalar uchun o‘rtacha sutkalik doza kuniga tana vazniga 10-20 mg/kg hisobidan aniqlanadi va 4-12 oylik bolalar uchun sutkada 100-200 mg ni, 1 yoshdan 5 yoshgacha – 200-400 mg ni, 5 dan – 10 yoshgacha – 400-600 mg ni, 10 dan 15 yoshgacha – 600 mg – 1,0 g ni tashkil qiladi, sutkalik doza bir necha marta qabul qilishga buyuriladi. Bolalarda preparat qo‘llaganda dozani sutkada 1 g dan oshirish tavsiya etilmaydi. Uch shoxli nervi nevralgiyasini davolashda: boshlang‘ich doza kuniga 200-400 mg dan boshlanadi, so‘ngra zarurat bo‘lganida doza asta-sekin bir necha marta qabul qilish uchun   600-800 mg gacha oshiriladi. Davolashni 7-10 kun davomida davom ettiriladi. Og‘riq yo‘qolganidan keyin doza asta-sekin kuniga 200 mg gacha pasaytiriladi. Diabetik nevropatiyalarda: 200 mg dan sutkada 2-4 marta buyuriladi. Qandsiz diabetda: 200 mgdan sutkada 2-3 marta buyuriladi. Alkogolli abstinent sindromda: preparatni 200 mg dan sutkada 3 marta buyuriladi. Affektiv retsidivlarni va shizoaffektiv psixozlarni: oldini olish uchun birinchi haftada sutkalik doza 200-400 mg ni tashkil qiladi. Keyinchalik doza haftada 200 mg ga oshirib, uni 1 g gacha yetkaziladi. Sutkalik dozani 3-4 qabulga teng bo‘linadi. Davolash davomiyligi shaxsiy ravishda belgilanadi.

Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: tez-tez – bosh aylanishi, ataksiya, uyquchanlik, bosh og‘rig‘i; kam xollarda – akkomadatsiyani buzilishi, diplopiya, nistagm, ko‘z harakatlarini buzilishi, dizartriya, quloqlarni shang‘illashi, periferik nevritlar, paresteziyalar, mushak kuchsizligi, nimfalaj simptomlari, tajavvuzkor xulq, gallyutsinatsiyalar, depressiya, toliqish, ongni buzilishi, psixozlarni faollashuvi kuzatiladi. Ovkat-hazm kilish tizimi tomonidan: qusish, ko‘ngil aynishi, og‘izni qurishi; kam xollarda – plazmada transaminazalarning faolligini oshishi, sariqlik, diareya, qabziyat, ishtahani pasayishi, qorin og‘rig‘i, glossit, stomatit, gepatit kuzatiladi. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: kam xollarda – miokard o‘tkazuvchanligini buzilishi, bradikardiya, aritmiya, yurak yetishmovchiligi, tromboflebitlar, tromboemboliyalar, sinkope bilan kechuvchi AV-blokadalar, kollaps kuzatiladi. Qon hosil qilish tizimi tomonidan: leykopeniya, eozinofiliya, trombotsitopeniya; kam xollarda – leykotsitoz, anemiya bo‘lishi mumkin. Siydik-chiqarish tizimi tomonidan: kam hollarda – buyrak faoliyatini buzilishi, interstitsial nefrit va buyrak yetishmovchiligi kuzatiladi. Moddalar almashinuvi tomonidan: giponatriyemiya, suyuqlikni organizmda tutilishi, shishlar, tana vaznini oshishi, plazmaning osmolyarligini kamayishi, alohida hollarda – o‘tkir o‘zgarib turuvchi porfiriya, folat kislotasi tanqisligi, kaltsiy almashinuvini buzilishi, xolesterin va trigliktsiridlar darajasini oshishi kuzatiladi. Endokrin tizimini tomonidan: ginekomastiya yoki galaktoreya, kam hollarda – qalqonsimon bezi faoliyatini buzilishi bo‘lishi mumkin. Nafas tizimini tomonidan: ba’zi hollarda – dispnoe, pnevmonitlar yoki pnevmoniyalar kuzatiladi. Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi, qichishish; kam hollarda – limfoadenopatiya, isitma, gepatosplenomegaliya, artralgiyalar bo‘lishi mumkin.

atrioventrikulyar blokada;monoaminooksidaza ingibitorlari va litiy preparatlarini bir vaqtda qabul qilish;karbamazepinga va tritsiklik antidepressantlarga yuqori sezuvchanlik;jigar, buyrak va yurak faoliyatini og‘ir buzilishlari;suyak ko‘migini shikastlanishlari;anamnezdagi o‘zgarib turuvchi porfiriya;glaukoma;homiladorlikni birinchi uch oyligi, laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Karbamazepin jigarning mikrosomal fermentlari faolligini kuchaytiradi, shuning uchun jigarda metabolizmga uchraydigan ayrim preparatlarning (peroral antikoagulyantlar, gormonal kontratseptivlar, folat kislotasining) ta’sirini susaytirishi mumkin. Preparat shuningdek qalqonsimon bez gormonlarining eliminatsiyasini kuchaytirishi mumkin. Karbamazepin bilan davolashni boshlashdan oldin kamida 2 hafta monoaminooksidaza ingibitorlari bilan davolashni to‘xtatish zarur. Fenobarbital va geksamidin karbamazepinning tirishishga qarshi ta’sirini susaytiradi. Oral kontratseptivlar qo‘llanganida homilaga qarshi gormonal vositalarni ta’siri tufayli, kutilmagan atsiklik qon ketishlar yuz berishi mumkin. Karbamazepin bilan davolash vaqtida kontratseptsiyaning gormonal bo‘lmagan usullaridan foydalanish tavsiya etiladi. Karbamazepin va neyroleptiklar yoki metoklopramid bilan bir vaqtda buyurish, markaziy nerv tizimi, ruxiyat tomonidan nojo‘ya ta’sirlarini namoyon bo‘lishini kuchayishiga olib keladi. Karbamazepin litiy preparatlari bilan bir vaqtda buyurilganida ikkala preparatning neyrotoksik ta’siri kuchayadi. Karbamazepin izoniazidning gepatotoksik ta’sirini kuchaytiradi. Diuretik preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida qon plazmasida natriy miqdorini kamayishiga olib kelishi mumkin. Karbamazepin antikoagulyantlar, gormonal homilaga qarshi preparatlar, folat kislotasining metabolizmini rag‘batlantiradi. Karbamazepin qalqonsimon bezi gormonlarini chiqarilishini kuchaytirishi mumkin. Bir vaqtda qo‘llanganida fenobarbital, fenitoin, primidon, valproat kislotasi, teofillin, karbamazepinning qon plazmasidagi kontsentratsiyasini kamaytiradi. Bir vaqtda qo‘llanganida makrolid guruhi antibiotiklari, izoniazid, kaltsiy antagonistlari, atsetazolamid, dekstropropoksifen/propoksifen, viloksazin, danazol, nikotinamid (kattalarda yuqori dozalarda), tsimetidin va dezipraminlar karbamazepinning qon plazmasidagi kontsentratsiyasini oshiradi.

Preparat atipik, mioklonik yoki atonik tutqanoq hurujlarda qo‘llanmaydi. Oddiy og‘riqlarni yo‘qotish uchun, uch shoxli nerv nevralgiyasining uzoq davomli remissiyasi (tinchlangan) davrida profilaktika vositasi sifatida qo‘llash mumkin emas. Davolashni shifokor nazorati ostida o‘tkazish kerak. Preparat yondosh yurak – qon tomir tizimi kasalliklari, jigar va/yoki buyrak faoliyatini yaqqol buzilishlari, qandli diabet, ko‘z ichki bosimini oshishida, anamnezda boshqa preparatlarni qo‘llaganda gematologik reaktsiyalarga ko‘rsatmalar bo‘lganida, giponatriyemiyada, siydikni tutilishida, tritsiklik antidepressantlarga yuqori sezuvchanlikda, anamnezda karbamazepin bilan davolash kursini uzilish hollari bo‘lganida, shuningdek bolalar va keksa yoshdagi bemorlarda ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Uzoq muddatli davolaganda qon manzarasini, jigar, buyrak faoliyatini, qon plazmasidagi elektrolitlar kontsentratsiyasini nazorat qilish kerak, oftalmologik tekshirishlarni o‘tkazish lozim. Davolashning xavfsizligi va samaradorligini nazorat kilish uchun vaqti-vaqti bilan kon plazmasida karbamazepinning miqdorini aniqlash tavsiya qilinadi. Preparat bilan davolashni boshlashdan oldin jigar faoliyatini va qon manzarasini tekshirish kerak, va davolashni birinchi oyida buni haftada 1 marta, keyinroq esa, 1 oyda 1 marta o‘tkazish kerak. Davolash davrida yuqori diqqat va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish kerak; alkogolli ichimliklarni qabul qilish mumkin emas. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan, joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: dezoriyentatsiya, uyquchanlik, qo‘zg‘alish, gallyutsinatsiyalar, koma, ko‘rishning xiralashishi, dizartriya, nistagm, ataksiya, diskineziya, giper-/giporefleksiya, tirishishlar, mioklonus, gipotermiya; nafasni susayishi, o‘pka shishi; taxikardiya, gipo-/gipertenziya, xushni yo‘qolishi bilan kechuvchi yurakni to‘xtashi; qusish, yo‘g‘on ichak faoliyatini susayishi, suyuqlikni organizmda tutilishi, oligouriya yoki anuriya, laborator ko‘rsatkichlarini o‘zgarishi: giponatriyemiya, metabolik atsidoz bo‘lishi mumkin,  giperglikemiya, kreatininfosfokinazaning mushak fraktsiyasini oshishi kuzatiladi. Davolash: qusishni chaqirish yoki me’dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir va tuzli surgi vositalarini buyurish, jadallashtirilgan diurez. Nafas yo‘llarini o‘tkazuvchanligini yaxshilash uchun – traxeya intubatsiyasi, sun’iy nafas va (yoki) kislorodni qo‘llash. Gipotenziyada yoki shokda – plazma o‘rnini bosuvchilar, dofamin yoki dobutamin, tirishishlar paydo bo‘lganida – benzodiazepinlar (diazepam) yoki boshqa tirishishga qarshi vositalarni yuborish kerak (bolalarda nafas susayishi kuchayishi mumkin). Og‘ir zaharlanish buyrak yetishmovchiligi bilan birga kechganda gemodializ qo‘llanadi. Maxsus antidoti yo‘q. Tirishish sindromida diazepam va fenobarbital qo‘llanadi.

Retsept bo‘yicha

200 mg dan tabletkalar, №10 kontur uyali o‘ramlarda (blisterda).

3 yil.