Kanitrin Neoretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 ml eritmada quyidagilar saqlanadi: Faol modda: L-karnitin-200 mg. Yordamchi moddalar: xlorid kislotasi (kerakli rN darajasini hosil qilish uchun), distillangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Levokarnitin/L-karnitin

Preparatning savdo nomi:

Kanitrin Neo

Farmakalogik guruhi:

Metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vosita.

Dori shakli:

Inyektsiya uchun eritma.

Tiniq, rangsizdan och sariq ranggacha bo‘lgan eritma.

Metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vosita.

Parenteral yuborilganida barcha to‘qimalarga yaxshi o‘tadi, skelet mushaklarida va miokardda yuqori kontsentratsiyalari hosil bo‘ladi. Buyraklar orqali, atsil efirlari ko‘rinishida chiqariladi, erkin karnitin qayta so‘riladi.

kattalarda, bolalar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlardagi birlamchi va ikkilamchi karnitin tanqisligi;buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichili, gemodializ o‘tgan bemorlar, karnitinning ikkilamchi tanqisligi, chunki bunda organizmidan erkin karnitinning yo‘qotilishi (odatda buyraklarda qayta so‘riluvchi) va atsil efirlarining to‘planishi yuz beradi (sog‘lom buyraklar chiqaradigan);to‘liq parenteral oziqlanishda bo‘lgan chala tug‘ilgan bolalardagi karnitinning yetishmovchiligida. Venaga ozuqa moddalarni yuborilishi, ularning ichak devori va jigarga boshlang‘ich o‘tishini istisno qiladi. Natijada, barcha biokimyoviy reaktsiyalar tezligini susaytiruvchi (xususan, metioninning metil guruhlarining utilizatsiyasi buziladi) qon plazmasida ortiqcha lipidlar hosil bo‘ladi.karnitin yetishmovchiligi bo‘lgan hamda, uning sarfi juda yuqori patsiyentlarda (shu jumladan, gipoksiyada, difteriyada, valproat kislotasining preparatlarini qabul qilishda);anoreksiya, bolalarning o‘sishidan to‘xtashi va tana vaznining yetarli bo‘lmagan oshishi;kardiomiopatiya (miokardda, energiya manbai sifatida yog‘ kislotalarining utilizatsiyasi juda jadal bo‘ladi, shuning uchun karnitinga bo‘lgan ehtiyoj oshadi, u yuborilganidan keyin qisqarishlari kuchining oshishi, mushaklarning keyingi degeneratsiyasini oldini olinishi, EKGning me’yorlashuvi kuzatiladi);suyak mushaklarinig kuchsizligi va miopatiya;chala tug‘ilgan chaqaloqlardagi distress-sindromi;organik atsidemiya. Bu patologiya, organik kislotalarining me’yoriy almashinuvining tug‘ma yoki genetik buzilishi natijasidir. Bunday bemorlarda KoA ning atsil metabolitlari masalan, propionil-KoA, hujayralarda to‘planadi, karnitinning atsil efirlariga aylanadi va uning hujayra ichidagi tanqisligiga olib kelib, hujayradan u bilan birga chiqib ketadi. Jigardagi propion kislotasining qoldig‘i, oksidlanishli fosforlanishni susaytiradi va shu bilan uning faoliyatini buzadi. anabolik (nosteroid) vositalarni qo‘llash ko‘rsatilgan kasalliklarning majmuaviy terapiyasida. Kanitrin o‘tkir gipoksik holatlarda (miyaning o‘tkir gipoksiyasi, ishemik insult, tranzitor ishemik huruj) majmuaviy terapiya tarkibida qo‘llanadi.kanitrinni miya qon aylanishini buzilishining o‘tkir, o‘tkir osti va tiklanish davrida ko‘rsatiladi. Distsirkulyator entsefalopatiyada va bosh miyaning turli travmatik va toksik shikastlanishlarida, jarrohlik aralashuvlaridan keyingi tiklanish davrida buyuriladi. Kanitrin yurakning ishemik kasalligida (stenokardiya, o‘tkir miokard infarkti, postinfarkt holatlar), kardiogen shok va miokard metabolizmini boshqa buzilishlari natijasidagi gipoperfuziyada ko‘rsatilgan.

Preparatni mushak ichiga, vena ichiga sekin (2-3 min) yoki infuziya yo‘li bilan yuboriladi.

Allergik reaktsiyalar, mushaklarning zaifligida (uremiyasi bo‘lgan patsiyentlarda), me’da sohasida og‘riqlar bo‘lishi mumkin. Tez yuborilganida, yuborish tezligi pasaytirilganida vena yo‘li bo‘ylab o‘tkinchi og‘riqlar bo‘lishi mumkin.

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Preparatni qandli diabetda, homiladorlik va laktatsiya (emizish) davrida juda zarur bo‘lgan hollarda ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim.

Preparatni buyurishdan oldin, bemor qanday dori vositalarni olayotganini aniqlash kerak. Alatremni turli anabolik vositalari, antioksidant va/yoki antigipoksant faollikka ega bo‘lgan preparatlar bilan birga qo‘llash mumkin. Xolinning juda yuqori dozalari levokarnitin sintezini va faolligini tormozlaydi. Glyukokortikoidlar levokarnitinni to‘qimalarda (jigardan tashqari) to‘planishiga yordam beradi. Anabolik vositalar karnitinini samarasini kuchaytiradi.

Preparatni adekvat dozasini aniqlash uchun qon plazmasida va siydikda erkin va atsil levokarnitining kontsentratsiyasini tekshirib, davolashni nazorat qilish tavsiya etiladi. Levokarnitin o‘rganib qolishni chaqirmaydi, chunki odam organizmining endogen moddasi hisoblanadi. Insulin yoki peroral gipoglikemik preparatlarni qabul qilayotgan qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlarga preparatni yuborish, gipoglikemiyani chaqirishi mumkin. Shuning uchun, bu toifa patsiyentlarni preparat bilan davolash vaqtida, gipoglikemik preparatlarning dozalash tartibini darhol to‘g‘rilash uchun qonda glyukoza miqdorini doimiy nazorat qilish lozim.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Levokarnitinning dozasini oshirib yuborilishi hollaridagi zaharliligi haqida ma’lumotlar yo‘q. Preparatning o‘zlashtirilishini davolashning birinchi haftasida va qo‘llanayotgan dozaning har bir oshirilishida nazorat qilish kerak. Simptomlari: diareya. Davolash: simptomatik terapiya o‘tkazish.

Retsept bo‘yicha

Inyektsiya uchun eritma 1000 mg/5 ml ampulalarda №5, №10.

3 yil.