Kandid V6 rasmini ko'rish

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

klotrimazol Dori shakli: vaginal tabletkalar Tarkibi: Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 100 mg klotrimazol; yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, makkajo‘xori kraxmali, metilparaben, propilparaben, povidon (Kollidon K-30), natriy glikolat kraxmali, talk, magniy stearati, kolloid kremniy dioksidi, adipin kislotasi, natriy bikarbonati. Ta’rifi: ikki yoqlama qavariq yuzali, bir tomonida “G” va boshqa tomonida “V6” gravirovkasi bo‘lgan oq rangli tabletkalar.

Preparatning savdo nomi:

Kandid V6

Farmakalogik guruhi:

ginekologik kasalliklarni davolash uchun antiseptik va antibakterial preparatlar. Imidazol hosilasi. Klotrimazol.

ginekologik kasalliklarni davolash uchun antiseptik va antibakterial preparatlar. Imidazol hosilasi. Klotrimazol.

G01AF02 Farmakologik xususiyatlari Farmakodinamikasi Kandid V6 preparatini ta’sir etuvchi moddasi bo‘lib – imidazol hosilasi klotrimazol hisoblanadi. Zamburug‘larga qarshi keng ta’sir doirasiga ega vositadir. Preparatni samarasi zamburug‘ hujayrasining membranasini tarkibiga kiruvchi ergosterin biosintezini buzilishi bilan bog‘liq, bu uning tuzilmalarini va xususiyatlarini o‘zgarishini chaqiradi va hujayralarni lizisiga olib keladi. Dermatofitlar, achitqi zamburug‘lari (Candida, Torulopsis glabarata, Rhodotorula oilasi), mog‘or zamburug‘i, shuningdek Pityriasis versicolor (rangbarang temiratki) qo‘zg‘atuvchisi va eritrazma qo‘zg‘atuvchilari klotrimazolga sezgir. Bundan tashqari, klotrimazol grammusbat (stafilakokklar, streptakokklar) va grammanfiy bakteriyalar (Bacteroides, Gardnerella vaginalis) ga nisbatan, shuningdek Trichomonas vaginalis, Malassezia furfur, Corinebacterium minussumum ga nisbatan samaralidir.

Klotrimazol shilliq qavatlar va teridan yomon so‘riladi. Klotrimazol qin ichiga qo‘llanilganida so‘rilish yuborilgan dozaning 3-10% ni tashkil qiladi.

– Candida oilasining achitqi zamburug‘lari chaqirgan genital infektsiyalar va/yoki Trichomonas vaginalis (shu jumladan kandidoz vulvovaginit, trixomoniaz); – klotrimazolga sezgir bakteriyalar (qinni aralash infektsiyalari, bakterial vaginit) chaqirgan genital superinfektsiyalarda qo‘llanadi.

Kandid V6 vaginal qo‘llanilganda amfoteritsin V va boshqa poliyen antibiotiklarning faolligini pasaytiradi. Nistatin bilan bir vaqtda qo‘llanilganida Kandid V6 preparatini faolligini pasaytirishi mumkin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Preparat mahalliy qo‘llanganida dozani oshirish yuborilishini ehtimoli kam va hayot uchun xavf-xatar tug‘dirmaydi.

Retseptsiz

6 tabletkadan alyumin folgali kontur uyasiz o‘ramda joylanadi. 1 kontur o‘ram applikatori va davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

4 yil.