Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Tarkibi:
faol modda: kaltsiy glyukonati – 940 mg.
Ta'sir etuvchi modda(XPN):
kaltsiy glyukonati.
Preparatning savdo nomi:
Kaltsiya glyukonat
Farmakalogik guruhi:
Mineral preparatlar.
Dori shakli:
inyektsiya uchun eritma.
tinik, rangsiz suyuqlik.
Mineral preparatlar.
A12AA03
Preparat parenteral yuborgandan keyin qon oqimi bilan birga barcha a’zo va to‘qimalarga bir tekis taqsimlanadi.
Qon plazmasida kaltsiy ionlashgan shaklda bo‘ladi.
Yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi, ko‘krak sutiga o‘tadi.
Organizmdan asosan buyraklar orqali chiqariladi.
Kaltsiy glyukonati qalqonoldi bezlari faoliyati yetishmovchiligida, organizmdan kaltsiyning ko‘p chiqib ketishida (jumladan, uzoq muddatli suvsizlanishda), qo‘shimcha vosita sifatida allergik kasalliklarda (zardob kasalligi, eshakemi, angionevrotik shish va boshqalarda), dorilar bilan davolashdagi allergik asoratlarda turli sababli patologik jarayonlardagi (yallig‘lanish jarayonining ekssudativ bosqichi, gemorragik vaskulit, nur kasalligi va boshqalarda) qon tomirlarning o‘tkazuvchanligini kamaytirish uchun; parenximatoz gepatitda, jigarning toksik shikastlanishida, nefritda, eklampsiyada, giperkaliyemiyada, paroksizmal mioplegiyaning giperkaliyemik shaklida, teri kasalliklarida (terini qichishi, ekzema, psoriaz va boshqalarda) qon ketishini to‘xtatuvchi vosita sifatida, shuningdek, magniy tuzlari, shovul kislotasi yoki uning eriydigan tuzlari, ftor kislotasining eriydigan tuzlari bilan zaxarlanishda antidot sifatida qo‘llanadi.
Preparatni vena ichiga va mushak ichiga yuboriladi.
Eritmali ampula yuborish oldidan tana haroratigacha isitiladi.
Kaltsiy glyukonatni vena ichiga inyektsiyasini tez yuborilganda paydo bo‘ladigan nojo‘ya reaktsiyalardan saqlanish uchun preparatni sekinlik bilan taxminan 1,5 ml ni 1 minut davomida yuborish zarur.
Kattalarga kasallik xarakteri va bemorning ahvoliga qarab 10% eritma 5-10 ml dan har kuni, kunora yoki har 2 kunda yuboriladi.
Bolalarga nekroz rivojlanishi ehtimoli bo‘lganligi sababli preparatni mushak ichiga yuborish tavsiya etilmaydi.
Bolalarga ularning yoshiga qarab vena ichiga 10% li kaltsiy glyukonat eritmasini 1 ml dan 5 ml gacha yuboriladi.
Ichga qabul qilinganda qabziyat, me’da – ichak yo‘llarini shilliq qavatini ta’sirlanishi kuzatilishi mumkin.
Mushak yoki vena ichiga yuborilganda ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, bradikardiya bo‘lishi mumkin.
Vena ichiga yuborilganda og‘iz bo‘shlig‘ida, so‘ngra butun tana bo‘ylab qizish hissi kuzatilishi mumkin.
Vena ichiga tez yuborilganda arterial bosimni pasayishi, aritmiya, xushdan ketish, yurak to‘xtashi kuzatilishi mumkin.
Mushak ichiga yuborilgan sohada nekroz kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar Trombozlarga moyillik, giperkaltsiyemiya, yaqqol namoyon bo‘ladigan ateroskleroz, qon ivishining kuchayishida qo‘llash mumkin emas.
Shpritsni kaltsiy glyukonati eritmasi bilan to‘ldirishdan oldin shpritsda etil spirti qoldiqlari bo‘lmasligini tekshirish (glyukonat cho‘kmaga tushadi) kerak.
Kaltsiyning boshqa preparatlari bilan birga buyurish tavsiya etilmaydi.
Birga qo‘llanganda kaltsiy kanallari blokatorlarining ta’sirini kamaytiradi.
Kaltsiy glyukonatni verapamildan oldin va keyin vena ichiga yuborish uning gipotenziv ta’sirini pasaytiradi, lekin antiaritmik samarasiga ta’sir qilmaydi.
Xinidin bilan bir vaqtda qo‘llanganda qorincha ichki o‘tkazuvchanligining sekinlashishini va xinidinning zaxarliligini oshirishi mumkin.
Yurak glikozidlari bilan davolash vaqtida kardiotoksik ta’sirini kuchayishi munosabati bilan kaltsiy glyukonatni parenteral qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Kaltsiy glyukonati va angishvonagul guruhi preparatlarini bir vaqtda qo‘llanganda salbiy oqibatlarni paydo bo‘lishi mumkinligi tufayli digitalizatsiya bo‘lgan patsiyent kaltsiy preparatlarini vena ichiga qabul qilishi mumkin emas.
Kaltsiy glyukonati va tetratsiklinlar bir vaqtda peroral qo‘llanganda, oxirgini ta’siri ularni surilishini pasayishi sababli kamayishi mumkin.
Preparatning dozasi oshirib yuborilganida giperkaltsiyemiya rivojlanishi mumkin.
Bunday holda antidot sifatida kaltsiytonin qo‘llanadi, uni vena ichiga kunida tananing 1 kg vazniga 5-10 XB hisobidan yuboriladi (preparat 500 ml natriy xloridi izotonik eritmasida suyultiriladi, kuniga 2-4 marta tomchilab 6 soat davomida yuboriladi).
Retsept bilan
10% li eritma, ampulalarda.
Saqlash sharoiti Yorug‘likdan ximoyalangan joyda, xona haroratida saqlansin.