Kaltsiy DZ Nabros rasmini ko'rish

Tarkibi:

Faol moddalar: Kaltsiy (kaltsiy karbonati ko‘rinishida Br. F.)        – 500 mg Xolekaltsiferol Br.F. (DZ vitamini)                            – 200 XB Yordamchi moddalar: aspartam, araviya kamedi, sukroza, natriy metilparabeni, natriy propilparabeni, tozalangan suv, magniy stearati, limon aromatizatori, sorbitol kukuni.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

kaltsiy karbonati, xolekaltsiferol

Preparatning savdo nomi:

Kaltsiy DZ Nabros

Farmakalogik guruhi:

metabolik jarayonlarini muvofiqlashtiruvchi vosita (kaltsiy va fosfor almashinuvini boshqaruvchi).

Dori shakli:

limon, apelsin, shokolad va qulupnay ta’mli chaynaladigan tabletkalar.

metabolik jarayonlarini muvofiqlashtiruvchi vosita (kaltsiy va fosfor almashinuvini boshqaruvchi).

A12AX

D3 vitamini ingichka ichakda so‘riladi. Kaltsiy faol D-vitaminiga bog‘liq tashish mexanizmi orkali ingichka ichakning proksimal qismida ionlangan holda so‘riladi.

Sifatsiz parhez va/yoki ovqat bilan kaltsiy va D3 vitamini yetarli miqdorda tushmasligi bilan bog‘liq bo‘lgan ovqatlanishni buzilishidagi (kaltsiy va D3 vitaminining tanqisligi holati; keksa yoshli shaxslarda kaltsiy va D3 vitaminining tanqisligi; kaltsiy va D3 vitaminining tanqisligi chaqirgan osteoporozni kompleks davolash va oldini olish; homiladorlik va emizish davrida, shuningdek bolalar va o‘smirlarda jadal o‘sish davrida organizmning kaltsiy va D3 vitaminiga bo‘lgan yuqori ehtiyojida qo‘llanadi.

Me’da-ichak yo‘llarining disfunktsiyasi (qabziyat yoki diareya, qorinni dam bo‘lishi, ko‘ngil aynishi, qorinda og‘rig‘i) kuzatilishi mumkin. Ba’zan giperkaltsiyemiya yoki giperkaltsiuriya (qonda yoki siydikda kaltsiy kontsentratsiyasi oshishi) kuzatilishi mumkin.

preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlikgiperkaltsiyemiya yoki giperkaltsiuriya (qonda yoki siydikda kaltsiyning yuqori kontsentratsiyasi)immobilizatsiya bilan bog‘liq bo‘lgan osteoporozsarkoidozbuyrak yetishmovchiligida qo‘llash mumkin emas.

fenitoin yoki barbituratlar bilan bir vaqtda qo‘llanishi D3 vitaminining faolligini pasaytiradikaltsiy preparatlari yurak glikozidlarining terapevtik va toksik samarasini kusaytirishi mumkinligi sababli, yurak glikozidlari bilan bir vaqtda qo‘llanganda EKG va klinik holatni nazorat qilish kerakkaltsiy va D3 preparatlari tetratsiklinni me’da-ichak yo‘llaridan so‘rilishini oshiradi. Shuning uchun tetratsiklin qatori preparatini va Kaltsiy D3 Nabrosni qabullar orasidagi interval kamida 3 soatni tashkil qilishi kerak.bifosfonatlar va natriy ftoridni so‘rilish darajasini pasayishini oldini olish uchun Kaltsiy D3 Nabrosni ularni qabul qilgandan keyin kamida 2 soat o‘tgach qabul qilish tavsiya etiladi.minerallar yoki o‘simlik yog‘idan olingan surgi vositalari, yoki xolesterin saqlovchi dorilar bilan birga qo‘llash D3 vitaminini absorbtsiyasini kamaytirishi mumkin.diuretiklarni bir vaqtda qo‘llash hollarida giperkaltsiyemiya xavfini oshiradi, chunki ular kaltsiyni chiqarilishini oshiradi. Va aksincha, furosemid va boshqa xalqali diuretiklar kaltsiyni buyraklar orqali chiqarilishi oshiradi.

yurak glikozidlari va/yoki diuretiklarni bir vaqtda qabul qilayotgan patsiyentlarda, shuningdek kaltsiy preparatlari bilan uzoq muddat davolanganda, qon zardobida kaltsiy va kreatinin kontsentratsiyasini nazorat qilish lozim.qon zardobida kaltsiy va kreatinin kontsentratsiyasi oshgan hollarda preparatning dozasini kamaytirish yoki davolashni vaqtincha to‘xtatish kerakdozani oshirib yuborilishidan saqlanish maqsadida D3 vitaminini boshqa mahsulotlardan qo‘shimcha tushishini hisobga olish zarur. Kaltsiy va D3 vitaminini saqlovchi vitaminlar majmuasi bilan bir vaqtda qabul qilinmasin. Homiladorlik vaqtida va emizish davrida qo‘llanishi Homiladorlik vaqtida sutkalik doza kaltsiy 1500 mg va D3 vitamini 600 TB dan oshmasligi kerak, kaltsiy va D3 vitamini ko‘krak sutiga o‘tadi. Shuning uchun kaltsiy va D3 vitaminini organizmga tushishida ona va bola organizmiga boshqa mahsulotlardan tushishini hisobga olish va klinik nazorat qilish kerak. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

15-25°S haroratda saqlansin.

Doza oshirib yuborilgan hollarda shifokorga murojaat qiling. Doza oshirib yuborilgan hollarda ishtahani yo‘qolishi, chanqoqlik, siydik ajralishini kamayishi, ko‘ngil aynishi, qusish, qonda kaltsiy kontsentratsiyasini oshishi, giperkreatinemiya kuzatilishi mumkin. Bunday hollarda organizmni katta miqdordagi suyuqlik bilan ta’minlash, xalqali diuretiklarni (masalan furosemid), kortikosteroidlar, kaltsitonin va biofosfat qabul qilish tavsiya qilinadi.

Retseptsiz

30 tabletkadan plastik flakonda.

3 yil.