Kaltsiy D Nikomed Forte rasmini ko'rish

Tarkibi:

Bir chaynaladigan tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: 500 mg elementar kaltsiyga ekvivalent bo‘lgan 1250 mg kaltsiy karbonati; 5,0 mkg kolekaltsiferol 4,0 mg kolekaltsiferol kontsentrati ko‘rinishida (quyidagilardan tashkil topgan: kolekaltsiferol – 0,0110 mg; DL-α-tokoferol – 0,0440 mg; o‘rtacha zanjirli triglitseridlar – 0,132 mg; modifikatsiya qilingan makkajo‘xori kraxmali – 3,21 mg; saxaroza – 0,770 mg; natriy askorbati – 0,176 mg; kremniy dioksidi – 0,0528 mg); yordamchi moddalari: ksilitol – 225 mg; 45,0 mg apelsin granulyati aromatizatori (quyidagilardan tashkil topgan: izomalt – 44,3 mg; apelsin aromatizatori – 0,675 mg; yog‘ kislotalarini mono- va diglitseridlar – 0,000540 mg); povidon – 15,75 mg; magniy stearati – 6,0 mg; sukraloza – 0,25 mg..

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

kaltsiy karbonati+kolekaltsiferol

Preparatning savdo nomi:

Kaltsiy-D Nikomed Forte

Farmakalogik guruhi:

kaltsiy preparatlari boshqa preparatlar bilan majmuasi.

Dori shakli:

chaynaladigan tabletkalar (limonli)

dumaloq, ikki tomonlama qavariq, qobiqsiz, oq rangli tabletkalar. Katta bo‘lmagan dog‘lari bo‘lishi mumkin.

kaltsiy preparatlari boshqa preparatlar bilan majmuasi.

A12AX.

Kaltsiy So‘rilishi: Me’da-ichak yo‘llari orqali so‘riladigan kaltsiyning miqdori, qabul qilingan dozaning taxminan 30% ni tashkil qiladi. Taqsimlanishi va metabolizmi: Tanadagi 99% kaltsiy suyaklar va tishlarning qattiq strukturasida to‘plangan. Qolgan 1% xujayra ichidagi va tashqarisidagi suyuqlikda bo‘ladi. Qondagi kaltsiyning umumiy miqdorini taxminan 50% fiziologik faol ionlangan shaklda bo‘ladi, ulardan taxminan 10% tsitrat, fosfat yoki boshqa anionlar bilan majmuada, qolgan 40% esa, oqsillar bilan, asosan albuminlar bilan bog‘langan bo‘ladi. Chiqarilishi: Kaltsiy ahlat, siydik va ter bilan chiqariladi. Siydik bilan chiqarilishi kaltsiyning buyrak kalavalari filtratsiyasi va naychalardan qayta so‘rilishiga bog‘liq. Kolekaltsiferol So‘rilishi: D3 vitamini ingichka ichakda oson so‘riladi. Taqsimlanishi va metabolizmi: kolekaltsiferol va uning metabolitlari spetsifik globulin bilan bog‘langan holda qonda aylanib yuradi. Kolekaltsiferol jigarda gidroksil guruhini ajralib chiqishi yo‘li bilan 25-gidroksikolekaltsiferolga aylanadi. So‘ngra buyrakda faol shakli – 1,25-gidroksikolekaltsiferolga aylanadi, 1,25-gidroksikolikaltsiferol kaltsiyni so‘rilishini oshishiga mas’ul bo‘lgan metabolit hisoblanadi. Metabolizmga uchramagan D3 vitamini yog‘ va mushak to‘qimasida to‘planadi. Chiqarilishi: D3 vitamini axlat va siydik orqali chiqariladi.

Keksa odamlarda kaltsiy va/yoki D3 vitaminining tanqisligini oldini olish va davolashda qo‘llanadi. Kaltsiy va D vitaminining tanqisligi xavfi bo‘lgan patsiyentlarda osteoporozni davolashda yordamchi vositalar sifatida kaltsiy va D vitaminini qo‘shib qabul qilish uchun qo‘llaniladi.

Katta va keksa patsiyentlar: Bir tabletka kuniga ikki marta buyuriladi.

Nojo‘ya ta’sirlar a’zolar tizimi sinfi va tez-tezligi bo‘yicha quyida sanab o‘tilgan. Tez-tezligi quyidagicha aniqlanadi: tez-tez emas (≥1/1000, <1/100), kam hollarda (≥1/10000, <1/1000), juda kam hollarda (<1/10000); yoki noma’lum (mavjud ma’lumotlar bo‘yicha aniqlash mumkin emas).

“Tarkibi” bo‘limida keltirilgan faol va yordamchi moddalarga o‘ta yuqori sezuvchanlik.Og‘ir buyrak kasalliklari (kalavalar filtratsiyasi tezligi <30 ml/min/1,73 m2)Giperkaltsiyemiya va/yoki giperkaltsiuriya bilan kechuvchi holatlar va/yoki kasalliklarBuyrakdagi toshlar (nefrolitiaz)D vitaminining gipervitaminozida qo‘llash mumkin emas.

Tiazid diuretiklar siydik bilan kaltsiyni chiqarilishini kamaytiradi, shuning uchun giperkaltsiyemiya xavfini oshishi mumkinligi tufayli, tiazid diuretiklar bilan yondosh davolash vaqtida zardobdagi kaltsiy darajasini muntazam nazorat qilish kerak. Tetratsiklin qatori preparatlarini bir vaqtda qabul qilinganda kaltsiy karbonati preparatlarni so‘rilishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Shuning uchun tetratsiklin preparatlarini kaltsiy karbonatini peroral qabul qilishdan kamida ikki soat oldin yoki to‘rt-olti soatdan keyin qabul qilish kerak. Giperkaltsiyemiya yurak glikozidlarini kaltsiy va D vitamini bilan davolash vaqtida toksikligini oshirishi mumkin. Patsiyentlarni kuzatish kerak, elektrokardiogrammani (EKG) o‘tkazish va zardobda kaltsiy darajasini nazorat qilish kerak. Bisfosfonatlarni bir vaqtda qabul qilinganda, ularni Kaltsiy-D3 Nikomed Forteni qabul qilishdan kamida bir soat oldin qabul qilish kerak, chunki me’da-ichakda so‘rilishi pasayishi mumkin. Levotiroksinning samarasi, levotiroksinni so‘rilishini pasayishi tufayli, qaltsiyni bir vaqtda qabul qilinganda pasayishi mumkin. Kaltsiyni va levotiroksinni qabul qilish orasida kamida to‘rt soat o‘tishi kerak. Xinolon antibiotiklarini so‘rilishi kaltsiy bilan bir vaqtda qabul qilinganda sekinlashishi mumkin. Xinolon antibiotiklarini kaltsiyni qabul qilishdan ikki soat oldin yoki olti soatdan keyin qabul qilish kerak. Kaltsiy tuzlari temir, rux va strontsiy renelatini so‘rilishini kamaytirishi mumkin. Shuning uchun temir, rux yoki strontsiy ranelatini saqlovchi preparatlarni Kaltsiy-D3 Nikomed Forteni qabul qilishdan kamida ikki soat oldin yoki keyin qabul qilish kerak. Orlistat bilan davolash yog‘da eruvchi vitaminlarni (masalan D3 vitaminini) so‘rilishini potentsial pasaytirishi mumkin.

Uzoq muddat davolanish vaqtida qon zardobida kaltsiy miqdorini nazorat qilish va qon zardobida kreatinin darajasini o‘lchash yo‘li bilan buyrak faoliyatini kuzatish kerak. Ayniqsa yurak glikozidlari va diuretiklar bilan davolanayotgan keksa yoshdagi patsiyentlar va buyrakda toshlarni hosil bo‘lishiga yuqori xavfi bo‘lgan patsiyentlar nazorat ostida bo‘lishlari kerak (“Dorilarning o‘zaro ta’siri” bo‘limiga qarang). Giperkaltsiyemiya yoki buyrak faoliyatini buzilishlari belgilari bo‘lgan hollarda dozani kamaytirish yoki davolashni to‘xtatish kerak. Kaltsiy karbonati tabletkalari kolekaltseferol bilan giperkaltsiyemiyasi bo‘lgan patsiyentlarda yoki jigar faoliyatini buzilishi belgilari bo‘lgan patsiyentlarda shuningdek kaltsiy va fosfatlar darajasini kuzatish kerak. Yumshoq to‘qimalar kaltsifikatsiyasi xavfini inobatga olish kerak. Yondosh davolash vaqtida D vitaminining boshqa manbalari va/yoki kaltsiy saqlovchi dorilarni yoki ozuqa moddalarini (sut kabi) qo‘llab yondosh davolash o‘tkazilgan vaqtda, giperkaltsiyemiya va keyinchalik buyrak faoliyatini buzilishlariga olib keluvchi sut-ishqor sindromini rivojlanish xavfi mavjud. Bunday patsiyentlarda qon zardobida kaltsiy darajisini nazorat qilish va buyrak faoliyatini kuzatish kerak. D3 vitaminining faol shakliga o‘tish metabolizmini oshish xavfi tufayli Kaltsiy-D3 Nikomed Forte tabletkalarini sarkoidozi bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Bunday patsiyentlarni qon zardobida va siydikda kaltsiy miqdorini aniqlash yuzasidan kuzatish kerak. Tabletkalarini osteoporozi bo‘lgan xarakatsizlanib qolgan patsiyentlarga giperkaltsiyemiyaning yuqori xavfi tufayli, Kaltsiy-D3 Nikomed Forte ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Kaltsiy-D3 Nikomed Forte tabletkalari aspartam (Ye 951, fenilalanin) saqlaydi. Fenilketonuriyasi bo‘lgan patsiyentlarga ziyon yetkazishi mumkin. Kaltsiy D3 Nikomed Forte tabletkalari sorbitol (Ye420), izomalt (Ye953) va saxaroza saqlaydi. Fruktozani kam uchraydigan nasliy o‘zlashtiraolmasligi, glyukoza galaktoza malabsorbtsiyasi yoki saxaraza-izomaltaza yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar bu dori preparatini qabul qilmasliklari kerak.

Homiladorlik Homiladorlik vaqtida kaltsiy va D vitamini tanqisligi hollarida Kaltsiy-D3 Nikomed Forte ni qo‘llash mumkin. Laktatsiya davrida sutkalik doza kaltsiy uchun 2500 mg dan va D vitamini uchun 400 XB dan oshmasligi lozim. Homilador ayollar kaltsiy va D3 vitaminining ruxsat berilgan dozasini oshirish mumkin emas, chunki doimiy giperkaltsiyemiya rivojlanayotgan homilaga nohush ta’sir ko‘rsatishi mumkin. D vitamini terapevtik dozalarda odamga teratogen ta’sir ko‘rsatishi haqida ko‘rsatmalar yo‘q. Laktatsiya davri Kaltsiy-D3 Nikomed Forteni emizish davrida qo‘llash mumkin. Kaltsiy va D3 vitamini ko‘krak sutiga o‘tadi. Buni D vitaminini bolaga qo‘shimcha ravishda buyurilganida e’tiborga olish lozim.

Flakon zich yopilgan holda, quruq joyda, 30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari Dozani oshirib yuborilishi giperkaltsiyemiyaga va D gipervitaminoziga olib kelishi mumkin. Giperkaltsiyemiya simptomlari ishtaxani yo‘qolishi, chanqoq, ko‘ngil aynishi, qusish, konstipatsiya, qorinda og‘riq, mushaklar kuchsizligi, toliqish, ruhiy buzilishlar, polidipsiya, poliuriya, suyaklarda og‘riq, nefrokaltsinoz, buyrakda toshlarni hosil bo‘lishi va og‘ir hollarda yurak aritmiyalarini o‘z ichiga olishi mumkin. Giperkaltsiyemiyaning eng yuqori darajasi komaga yoki o‘limga olib kelishi mumkin. Kaltsiyni doimiy yuqori darajasi buyrak faoliyatini qaytmas buzilishlariga va yumshoq to‘qimalar kaltsifikatsiyasiga olib kelishi mumkin. Sut-ishqoriy sindromi ovqat bilan ko‘p miqdorda kaltsiy va so‘riladigan ishqorlar qabul qiladigan patsiyentlarda paydo bo‘lishi mumkin. Giperkaltsiyemiyani davolash Asosan simptomatik va samarani bir maromda tutib turuvchi davolash o‘tkaziladi. Kaltsiy va D vitamini bilan davolashni bekor qilish kerak. Tiazid diuretiklari va yurak glikozidlari bilan davolashni to‘xtatish kerak. (“Dorilarning o‘zaro ta’siri” bo‘limiga qarang). Ongni buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda me’dani yuvish kerak. Regidratatsiya va og‘irlik darajasiga ko‘ra, xalqali diuretiklar, bifosfanatlar, kaltsitonin va kortikosteroidlar bilan alohida yoki majmuaviy davolash tavsiya etiladi. Zardob elektrolitlarini, jigar faoliyatini va diurezni nazorat qilish kerak. Og‘ir holatlarda EKG o‘tkazish va markaziy venoz bosimni(MVB) nazorat qilish kerak.

Retseptsiz

60 yoki 120 tabletkadan, tagida flakonni birinchi ochilishini nazorat qilinishini ta’minlovchi, zichlashtiruvchi taglikni uzib tashlash halqasi bo‘lgan buraluvchan qopqoq bilan berkitilgan, yuqori zichlikka ega polietilen flakonlarda. Flakonga etiketka yopishtirilgan. 1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

30 oy.