Jurazidimretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol modda: 0,5 g, 1 g tseftazidim tseftazidim pentagidrat xisobida; yordamchi modda: natriy karbonat.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

tseftazidim.

Preparatning savdo nomi:

Jurazidim

Farmakalogik guruhi:

antibiotiklar (tsefalosporinlar guruhi).

Dori shakli:

inyektsion eritma tayyorlash uchun kukun

kristall, oq yoki oq och sariq tus rangla kukun

antibiotiklar (tsefalosporinlar guruhi).

J01DA11

Preparat yuborilganidan keyin tseftazidim organizmda tez taqsimlanadi va ko‘pchilik to‘qimalarda va organizmning suyuqliklarida, shu jumladan sinovial, perikardial va peritoneal suyuqliklarda, o‘t, balg‘am, siydikda terapevtik kontsentratsiyaga erishadi. Tseftazidim, shuningdek, suyaklar, miokard, o‘t pufagi devori, teri va yumshoq to‘qimalarda taqsimlanib, infektsion kasalliklarni davolash uchun yetarli bo‘lgan kontsentratsiyani hosil qiladi. Yo‘ldosh orqali o‘tadi, ko‘krak suti bilan  ajralib chiqadi. Tseftazidim zararlanmagan gematoentsefaloik to‘siq orqali yomon o‘tadi. Meningitda orqa miya suyuqligida terapevtik kontsentratsiyalarda aniqlanadi. Plazma oqsillari bilan (qaytuvchan) bog‘lanadi-15% bunda plazma oqsillari bilan bog‘lanish darajasi kontsentratsiyaga bog‘liq bo‘lmaydi. Bog‘lanmagan holdagi tseftazidim bakteritsid ta’sir ko‘rsatadi. Preparat mushak ichiga 500 mg va 1 g dozada yuborilganda Smax ga 1 soatdan keyin erishiladi va u muvofiq ravishda 17 mkg/ml va 39 mkg/ml ni tashkil qiladi; shu dozalarda vena ichiga yuborilganda – 42 mkg/ml va 69 mkg/ml. Tseftazidimning qon plazmasidagi terapevtik kontsentratsiyasi 8-12 soat davomida saqlanib turadi, bunda kontsentratsiya kattaligi 6-8 soat davomida 4 mkg/ml ga teng bo‘ladi. Vd = 0,21–0,28 l/kg ni tashkil qiladi. Tseftazidim yumshoq to‘qimalarda, buyrakda, o‘pkada, suyaklarda, bo‘g‘imlarda, seroz bo‘shliqlarda to‘planadi. Tseftazidim metabolizmga uchramaydi. Tseftazidim siydik bilan o‘zgarmagan holda, asosan kalavachalar filtratsiyasi orqali ajralib chiqadi. Buyrak faoliyati me’yorida bo‘lgan bemorlarda T1/2 1,8 soatni tashkil qiladi. Tseftazidim dozasining taxminan 80-90% 24 soat davomida siydik orqali ajralib chiqariladi. Buyrak faoliyati buzilgan bemorlarda T1/2  2,2 soatni tashkil qiladi.

Preparatga sezgir bo‘lgan mikroorganizmlar chaqirgan quyidagi infektsion-yallig‘lanish kasalliklarini (mono- yoki aralash infektsiyalar) davolash: -og‘ir infektsiyalar (sepsis, septitsemiya, bakteriyemiya, peritonit, meningit, immuniteti pasaygan patsiyentlardagi infektsiyalar; jadal davolash bo‘limlari patsiyentlaridagi infektsiyalar, masalan infitsirlangan kuyishlar); -suyak va bo‘g‘imlar infektsiyalari (septik artrit, osteomiyelit, bakterial bursit); -nafas yo‘llari infektsiyalari (o‘tkir va surunkali bronxit, infitsirlangan bronxoektazlar, grammusbat mikroorganizmlar chaqirgan  pnevmoniya, o‘pka abtsessi, plevra empiyemasi); -siydik chiqarish yo‘llari infektsiyalari (o‘tkir va surunkali piyelonefrit, piyelit, prostatit, tsistit, uretrit /bakterial/, buyrak abtsessi); -teri va yumshoq to‘qimalar infektsiyalari (mastit, jarohat infektsiyalari, teri yaralari, tsellyulit, saramas, infitsirlangan kuyishlar); -me’da-ichak yo‘llari, o‘t-safro chiqarish yo‘llari va qorin bo‘shlig‘ining infektsiyalari (peritonit, enterokolit, divertikulit, kichik chanoq a’zolarining yallig‘lanishi, xoletsistit, xolangit, o‘t pufagi empiyemasi); -ginekologik infektsiyalar; -quloq, tomoq va burun infektsiyalari (o‘rta otit, sinusit, mastoidit); -so‘zak (ayniqsa, penitsillinlarga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan patsiyentlarda); -gemodializ va peritoneal dializ, hamda uzluksiz ambulator peritoneal dializ bilan bog‘liq bo‘lgan infektsiyalar; -prostata bezidagi operatsiyalarda infektsion asoratlarni oldini olish (transuretral rezektsiya). Tseftazidimni mikroorganizmlarning sezgirligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar olingunicha birinchi tanlov preparati sifatida boshqa antibakterial vositalari bilan ºo‘shmasdan ishlatish mumkin. Tseftazidimni beta-laktamazaga chidamli bo‘lgan ko‘pchilik antibiotiklar va aminoglikozidlar bilan birga qo‘llash mumkin. Tseftazidimni anaerob infektsiyalarda, agarda  Bacteroides fragilis ni bo‘lishi taxmin qilinayotgan bo‘lsa, boshqa antibiotiklar bilan birga qo‘llash mumkin.

Tseftazidim faqat parenteral qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Uning dozasi kasallikning og‘irligi, qo‘zg‘atuvchining turi, bemorning yoshi, vazni, buyraklar faoliyatiga qarab shaxsiy belgilanadi. Preparat vena ichiga yoki katta dumba mushagining yuqori tashqi kvadrantiga yoki sonning lateral sohasiga chuqur qilib yuboriladi. Tsetazidim eritmasini bevosita vena ichiga yoki infuzion tizimi naychasiga yuborish mumkin. Kattalarga sutkada 1-6 g dan vena ichiga yoki mushak ichiga buyuriladi; yuborish soni – sutkada 2-3 marta. Siydik chiqarish yo‘llarining infektsiyalarida 0,5 – 1 g dan har 12 soatda buyuriladi. Ko‘pchilik infektsiyalarda samarali doza 1 g hisoblanadi va har 8 soatda yoki 2 g dan har  12 soatda yuboriladi. Kasallikni og‘ir kechishida, ayniqsa immuniteti pasaygan patsiyentlarga, shu jumladan neytropeniyali patsiyentlarga, 2 g dan 8 yoki 12 soatda yoki 3 g dan har 12 soatda buyurish lozim. Psevdomonadalar chaqirgan o‘pka infektsiyalarida va mukovistsidozli patsiyentlarga sutkada 100-150 mg/kg dozada buyuriladi; yuborish soni – sutkada 3 marta. Og‘ir yoki hayotga havf soluvchi infektsiyalarda preparat vena ichiga 2 g dan har 8 soatda buyuriladi. Suyaklar va bo‘g‘imlarning infektsiyalarida preparat vena ichiga 2 g dan har 12 soatda buyuriladi. Prostata bezidagi operatsiyalarda infektsion asoratlarni oldini olish uchun anesteziya induktsiyasidan avval, preparat 1 g dozada yuboriladi. Ikkinchi doza kateter olinayotganida yuboriladi. Kattalar uchun qo‘llanadigan maksimal sutkalik doza – 6 g. Keksa, ayniqsa 80 yoshdan oshgan patsiyentlarga o‘tkir kasalliklarda, tseftazidim klirensi pastligini hisobga olib, tseftazidimni sutkada 3 g dan oshiº bo‘lmagan dozada buyurish tavsiya etiladi. 2 oylikdan oshgan bolalarga preparat sutkada 30-100 mkg/kg dozada buyuriladi; yuborish soni – sutkada 2-3 marta; immuniteti pasaygan, mukovistsidoz yoki meningit bilan kasallangan bolalarga sutkada 150 mg/kg (maksimal sutkada 6 g) dozada buyuriladi; inyektsiya soni – sutkada 3 marta. Yangi tug‘ilgan va 2 oygacha bo‘lagan chaqaloqlarga preparat sutkada 25-60 mg/kg dozada buyuriladi; inyektsiya soni – sutkada 2 marta. Buyraklar faoliyati buzilgan kattalarga (gemodializda bo‘lgan bemorlarni ham qo‘shib)    1 g boshlang‘ich yuklama dozadan keyin, kreatinin klirensiga qarab dozani kamaytirish lozim.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: diareya, ko‘ngil aynishi, qusish, ich qotishi, qorin og‘rig‘i, jigar transaminazlari LDG, GGT va IF; faolligini tranzitor oshishi; kam – stomatit, kolit (shu jumladan psevdomembranoz); Qon ishlab chiqarish tizimi tomonidan: eozinofiliya, juda kam – leykopeniya, neytropeniya, agranulotsitoz, trombotsitopeniya, limfotsitoz; Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, paresteziyalar, ta’m sezishni buzilishi; buyrak faoliyatining yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga doza noto‘g‘ri tanlanganida – tremor, talvasalar, entsefalopatiya; Allergik reaktsiyalar: toshma, eshakemi, isitma, qichishish, eozinofiliya; juda kam – bronxospazm, AB pasayishi, angionevrotik shish; ayrim hollarda – multiform eritema, Stivens-Jonson sindromi va toksik epidermal nekroliz; Mahalliy reaktsiyalar: vena ichiga yuborilganida – flebit, trombofle-bit; mushak ichiga yuborilganida –  inyektsiya o‘rnida og‘riq; Boshqalar: gemolizsiz Kumbsning musbat reaktsiyasi, qon zardobida kreatinin darajasining tranzitor oshishi; Biologik ta’siri bilan bog‘liq samaralari: superinfektsiya (kandidoz, shu jumladan qin shilliq qavatining).

Tseftazidim va tsefalosporinlar guruhi antibiotiklariga nisbatan yuqori sezuvchanlik.

Tseftazidim bilan davolashdan oldin, patsiyentda tseftazidim, tsefalosporin va penitsillin guruhi antibiotiklariga yoki boshqa preparatlarga nisbatan yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari uchramaganligini aniqlash kerak. Anamnezida penitsillin guruhi antibiotiklariga yoki beta-laktamaza ta’siriga chidamli bo‘lgan boshqa antibiotiklarga allergik reaktsiyalari bo‘lgan patsiyentlarga, tseftazidimni alohida ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Tseftazidimga allergik reaktsiyalar rivojlanganida, preparatni darhol bekor qilish lozim. o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari rivojlanganida adrenalin, gidrokortizon, antigistamin preparatlarini qo‘llash va boshqa shoshilinch muolajalar o‘tkazish mumkin. Ta’sir doirasi keng antibiotiklarni, shu jumladan tseftazidimni, uzoq vaqt qo‘llanilishi, ularga sezgir bo‘lmagan mikroorganizmlarning (masalan, Candida, Enterococcus) ko‘payishiga olib kelishi mumkin, bunday hollarda davolashni to‘xtatish yoki muvofiq davolash o‘tkazish talab qilinadi. Davolashda bemorning holatini doimo baholash zarur. Penitsillinlar va tsefalosporinlar guruhiga kiruvchi keng doirali antibiotiklar kabi tseftazidim bilan davolashda Enterobacter ning ba’zi sezgir shtammlarida rezistentlik rivojlanishi mumkin. Shuning uchun, agarda zarur bo‘lsa, Enterobacter chaqirgan infektsiyalarni davolashda mikroorganizmlarning sezgirligini vaqti-vaqti bilan tekshirib turish kerak. Buyrak yetishmovchiligida tseftazidimning dozasi buyrak faoliyatining buzilish darajasiga qarab kamaytiriladi. Doza to‘g‘ri tanlanmasa nevrologik buzilishlar bo‘lishi mumkin. Tseftazidim siydikda glyukozani aniqlashning fermentativ usullarining natijalariga ta’sir ko‘rsatmaydi, lekin misning qaytarilishlili testlarning natijalariga, uncha katta bo‘lmagan darajada ta’sir qilishi mumkin (Benidikt, Feling, Klinitest). Tseftazidim kreatininni ishqoriy pikrat testi bilan aniqlash natijalariga ta’sir ko‘rsatmaydi. Tseftazidim anamnezida qon ketishi va me’da-ichak yo‘llarining kasalliklari (ayniqsa nospetsifik yarali kolit) bo‘lgan patsiyentlarga, kutilayotgan foyda va potentsial xavfni sinchiklab taqqoslanibib, ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Tsefalosporinlarni qo‘llashda ichak mikroflorasini bostirilishi tufayli K vitaminining sintezi pasayadi. Bu esa K vitaminiga bog‘liq bo‘lgan qon ivishi omillari darajasining kamayishiga va kam hollarda – gipoprotrombinemiya va qon ketishiga olib kelishi mumkin. Keksa yoshdagi, umuman og‘ir holatdagi yoki holsizlangan jigar faoliyati buzilgan va sifatsiz ovqatlanadigan patsiyentlarda qon ketish havfi oshadi. Tseftazidimni homiladorlik va laktatsiya davrida, faqat ona uchun kutiladigan foyda, homila uchun bo‘lgan potentsial havfdan ustun bo‘lgan xoldagina qo‘llash mumkin. Yangi tug‘ilgan va 1 oygacha bo‘lgan chaqaloqlarga preparatni buyurish zarurati bo‘lganida, tseftazidimni qo‘llashdan kutilayotgan foyda va potentsial havfni sinchiklab baholash lozim. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratida saqlansin.

0,5 yoki 1,0 g kukun, flakonlarda.

3 yil.