Jivokosta (Okopnika) rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 g surtma quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: 100 mg isfarak tindirmasini (Symphyti tinctura (1:10), estragent – etanol 40%), 10 mg Ye vitaminining 98% moyli eritmasini (Ye vitamini 100% miqdoriga hisoblanganda) saqlaydi. yordamchi moddalar: oq yumshoq parafin, makkajo‘xori moyi, glitserin, T-2 emulgatori, metilparagidroksibenzoat (Ye 218), aromatizator 482.056, tozalangan suv.

Preparatning savdo nomi:

Jivokosta (Okopnika)

Dori shakli:

surtma

och-sariqdan to och-jigarrang rangligacha bo‘lgan o‘ziga xos hidli surtma. Farmakoterapevtik guruhi: mahalliy qitiqlovchi vosita (bo‘g‘im va mushak og‘riqlarida  qo‘llanadigan). ATX kodi: M02AX.

Revmatik og‘riq, nevralgiya, ishias, lyumbago, radikulit, mialgiya, artralgiya, osteoxondroz, artritlar, sport, maishiy jarohatlar (zarbalar, bo‘g‘imlarni cho‘zilishi, suyaklarni yopiq sinish). Terini quruqligi va yorilishi, uzoq vaqt bitmaydigan yaralar, trofik yaralarda qo‘llanadi.

Og‘riqli shikastlangan soha yuzasining o‘lchamiga qarab surtma sutkada 2-3 marta qalin qavat qilib surtiladi va yaxshilab teriga ishqalanadi, kechasiga surtmani bog‘lov ostiga qo‘yish mumkin. Davolash kursi kasallikning og‘irligiga, shuningdek yo‘ldosh davolashning xarakteriga qarab shifokor tomonidan individual belgilanadi, ammo yil davomida 4-6 haftadan oshmasligi kerak.

O‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (shu jumladan qichishish, shish, isitma) bo‘lishi mumkin.

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Noma’lum. Har qanday boshqa dori vositalarini bir vaqtda qo‘llash zarurati hollarida shifokor bilan maslaxatlashish kerak.

Nojo‘ya samaralaridan saqlanganida oz miqdordagi preparatni individual sezuvchanlikni aniqlash uchun teriga oldindan surtish kerak. Allergik reaktsiya belgilari bo‘lgan teriga, shilliq qavatlarga, ochiq jarohatlarga qo‘yish mumkin emas. Surtmani ko‘zga tushishiga yo‘l qo‘yilmaslik kerak.

Preparatni homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanilmasin.

20ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.

Nojo‘ya reaktsiyalarni ko‘rinishlari kuchayishi mumkin. Allergiya simptomlari paydo bo‘lganida preparatni bekor qilish va teridagi qoldiqlarni yuvib yuborish kerak. Davolash simptomatik.

Retseptsiz

40 g dan tubada qutida, 50 g dan bankada qutida.

3 yil.