Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Ta'sir etuvchi modda(XPN):
natriy para-aminosalitsilati.
izoniazid Dori shakli: ichakda eruvchan plenka qobiq bilan qoplangan tabletkalar Tarkibi:
Preparatning savdo nomi:
Izopask
Farmakalogik guruhi:
tuberkulyozga qarshi majmuaviy vosita.
tuberkulyozga qarshi majmuaviy vosita.
Ichga qabul qilinganida preparat yaxshi so‘riladi.
Bir martalik dozasi qabul qilinganida faol komponentlarining maksimal kontsentratsiyasi 1-2 soatdan keyin kuzatiladi.
Butun organizm bo‘ylab yaxshi taqsimlanadi.
Jigarda metabolizmga uchraydi.
Katta bo‘lmagan miqdori ichak orqali chiqariladi.
Natriy para-aminosalitsilati qonda izoniazidning kontsentratsiyasini oshiradi.
Ko‘pchilik dori vositalariga chidamli bo‘lgan tuberkulyoz (turli shaklli va lokalizatsiyali), o‘pkalarni tez avj olib boruvchi tarqalgan tuberkulyozi.
Ichga, ovqatdan so‘ng, suv bilan (150 ml) qabul qilinadi.
Izopaskning dozasini hisoblash bemorning tana vazniga karab PASK bo‘yicha olib boriladi.
Tana vazni 30 kg bo‘lganda 4 tabletka, 40 kg – 6 tabletka, 50 kg – 8 tabletka, 60 kg – 10 tabletka buyuriladi.
10 tadan ortiq tabletka buyurilmasin.
Izopask kuniga 2 marta qabul qilinadi.
Potentsial jixatdan neyro-, gepato- va nefrotoksik dori vositalari bilan birga nojo‘ya ta’sirini kuchayish xavfi borligi tufayli ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Kumarin va indandion, benzodiazepinlar, teofillinning ta’sirini kuchaytiradi.
Glyukokortikosteroidlar jigardagi metabolizmini tezlashtiradi va qondagi faol kontsentratsiyasini pasaytiradi.
Izopaskni rifampitsin va rifambutin bilan buyurish tavsiya etilmaydi, chunki PASK bu preparatlarning so‘rilishiga monelik qiladi.
Faolroq tuberkulyozga qarshi dori vositalari bilan birga qo‘llaniladi.
Davolash vaqtida “jigar” transaminazalari faolligini nazorat qilish tavsiya etiladi.
Tuberkulyoz intoksikatsiiyasi yoki spetsifik shikastlanish fonida buyraklar faoliyatini pasayishi preparatni buyurishga qarshi ko‘rsatma hisoblanmaydi.
Toksik gepatitni belgilari paydo bo‘lganida, proteinuriya va gematuriya rivojlanganida preparatni vaqtinchalik bekor qilish tavsiya etiladi.
Davolanish davrida pishloq (asosan, shveytsar yoki cheshir turi) va baliq (asosan, tunets sardina) mahsulotlarini izoniazid bilan bir vaqtda qo‘llanilishi, mono va diaminoksidaza aktivligini pasayishi va baliq, pishloq maxsulotlari tarkibida saqlanuvchi tiramin va gistamin metabolizmini buzilishi natijasida reaktsiya (teri giperemiyasi, qichishish, isib yoki sovib ketish hissi, yurak urib ketishi, ko‘p terlash, titrash, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi) yuzaga keltirishi mumkinligi sababli, ularni bir vaqtda iste’mol qilinishidan saqlanish lozim.
Homiladorlik davrida agar ona uchun kutilayotgan foyda, homila uchun potentsial havfdan yuqori bo‘lsa, preparatni qo‘llash mumkin.
Emizikli davrda preparatni qo‘llash zarur bo‘lsa, ko‘krak bilan boqishni to‘xtatish kerak.
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Retsept buyicha
33,3 mg+1145 mg li ichakda eruvchan plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar 8 donadan kontur uyali o‘ramda.10 ta kontur uyali o‘ramdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga karton qutida.