Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: uyqusizlik, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, ta’sirchanlik, eyforiya, uyquni buzilishi, sezgirlikni buzilishi, paresteziyalar, giperrefleksiya, periferik nevritlar, ruhiy reaktsiyalar (shu jumladan toksik psixozlar), shaxsning ahamiyatsiz o‘zgarishidan boshlanib, ruhiy buzilishlargacha, tutqanog‘i bo‘lgan bemorlarda xurujlarni ko‘payishi, tirishishlar, toksik entsefalopatiya, xotirani buzilishi.
Sezgi a’zolari tomonidan: ko‘rish nervining nevriti, ko‘rish nervining atrofiyasi, eshitishni yo‘qolishi, buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichidagi patsiyentlarning quloqlarida shovqin.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: jigar funktsiyasining buzilishi, gepatit, zardobli transaminazalarining (SGOT, SGPT) darajasini oshishi, giperbilirubinemiya, bilirubinuriya, fulminant jigar yetishmovchiligi, bu nekroz rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: og‘izni qurishi, anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish, qabziyat, o‘tkir pankreatit.
Endokrin tizimi va moddalar almashinuvi tomonidan: piridoksin tanqisligi, pellagra, giperglikemiya, metabolik atsidoz.
Yurak- qon tomir tizimi tomonidan: yurak urishini hissi, to‘sh orqasi va yurak sohasida og‘riq, arterial gipertenziya, keksa shaxslarda miokard ishemiyasi, siydikni tutilishi.
Qon tizimi tomonidan: agranulotsitoz, gemolitik anemiya, sideroblast anemiya, aplastik anemiya, trombotsitopeniya, eozinofiliya.
Jinsiy tizimi tomonidan: ginekomastiya va menorragiyalar.
Allergik reaktsiyalar, shu jumladan Kvinke shishi, nafas olishni qiyinlashishi, terini qichishishi, dermatit, tana haroratini oshishi, limfadenopatiya, vaskulit, teri toshmasi (eksfolliativ, makulopapulyoz, purpura, ko‘p shaklli eritema, yugurik sindromi, revmatik sindrom), Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, interstitsial pnevmonit, bronxlar shilliq qavatining shishi kuzatiladi.
Yuborish joyida o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.
Odatda nojo‘ya samaralari doza kamaytirilganida yoki preparatni qo‘llashda vaqtincha tanaffus qilinganida o‘tib ketadi.