Izipresretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Faol modda: Tsiprofloksatsin laktati – 265 mg (tsiprofloksatsinga ekvivalent). Yordamchi moddalar: natriy xloridi, sut kislotasi, natriy edetati, inyektsiya uchun suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Tsiprofloksatsin (tsiprofloksatsin laktati ko‘rinishida).

Preparatning savdo nomi:

Izipres

Farmakalogik guruhi:

Sintetik antibakterial vositalar (ftorxinolonlar guruhi).

Dori shakli:

Infuziya uchun eritma.

tiniq, rangsiz yoki och-sariq rangli eritma.

Sintetik antibakterial vositalar (ftorxinolonlar guruhi).

J01MA02

200 mg yoki 400 mg dozada vena ichiga (v/i) yuborilgandan keyin 60 minutdan so‘ng plazmadagi kontsentratsiyasi 2,1 mkg/ml yoki 4,6 mkg/ml ga yetadi. Taqsimlanish hajmi 2,0-3,0 l/kg ni tashkil qiladi. Tsiprofloksatsinning safrodagi kontsentratsiyasi plazmadagi kontsentratsiyasiga nisbatan ancha yuqoridir. Vena ichiga yuborilgandan keyin siydikdagi kontsentratsiyasi birinchi 2 soat davomida plazmadagiga qaraganda 2 marta yuqori bo‘ladi. Preparat quyidagi to‘qimalarida taqsimlanadi: nafas va siydik chiqarish yo‘llari, ovqat hazm qilish yo‘llarining to‘qimalarida, sinovial suyuqlikda, mushaklarda, terida, yog‘ to‘qimasida;balg‘amda, so‘lakda, yallig‘lanish ekssudatida;tserebrospinal suyuqlikda;hujayralarda (neytrofillar, makrofaglar), bu qo‘zg‘atuvchilari hujayra ichida joylashgan infektsiyalarni davolashda muhimdir. Buyrak faoliyati o‘zgarmagan patsiyentlarda yarim chiqarilish davri 3-5 soatni tashkil qiladi. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda yarim chiqarilish davri uzayadi. Tsiprofloksatsin organizmdan asosan buyrak orqali chiqariladi. Siydik bilan 50-70%, 15% dan 30% gachasi ahlat bilan chiqariladi. Og‘ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 20 ml/1,73 mg dan kam) bo‘lgan bemorlarda preparatning bir martalik dozani ikki martaga kamaytirish kerak.

Doza kasallikning og‘irligi, infektsiyaning turi, patsiyentning holati, yoshi, vazniga bog‘liq. Vena ichiga yuborish uchun bir martalik  doza 200 mg (og‘ir infektsiyalarda 400 mg), sutkada 2 martani tashkil qiladi. Davolash davomiyligi kasallikning og‘irligiga bog‘liq va 1-2 haftani, zarurat bo‘lganida esa undan ko‘proqni tashkil qiladi. Vena ichiga oqim bilan yuborish mumkin, ammo tomchilab 30 minut (200 mg) va 60 minut (400 mg) davomida yuborgan afzal. O‘tkir sifilisda bir martalik doza vena ichiga 100 mg ni tashkil qiladi. Operatsiyadan keyingi infektsiyalarni oldini olish uchun, operatsiyadan 30-60 minut oldin vena ichiga 200-400 mg preparat yuboriladi.

Me’da-ichak yo‘llari va jigar tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, ovqat hazm bo‘lishini buzilishi, diareya, qorin sohasida og‘riq, meteorizm, ishtahani yo‘qolishi, xolestatik sariqlik, gepatit. Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, migren, charchoqlik, holsizlik, uyqusizlik, qo‘zg‘alish, qaltirash, periferik nevralgiya, paresteziyalar, ko‘p terlash, harakat koordinatsiyasini buzilishi, tirishish, bezovtalik holati, depressiya, gallyutsinatsiyalar, tungi dahshatlar (bu reaktsiyalar preparatni darhol bekor qilishni talab qiladi). Turli reaktsiyalari: qichishish, eshakemi, fotosensibilizatsiya, qizarish. Yurak–tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, hushdan ketishlar, gipertenziya, stenokardiya, miokard infarkti, tserebral trombozlar. Qon va uning komponentlari tomonidan: eozinofiliya, leykotsitopeniya, leykotsitoz, anemiya, gemolitik anemiya, trombotsitopeniya, trombotsitoz. Siydik-chiqarish tizimi tomonidan: glomerulonefrit, dizuriya, poliuriya, kristalluriya, albuminuriya, uretral qon ketishlar, buyrak faoliyatini tranzitor yetishmovchilishini rivojlanishiga qadar bo‘lgan buzilishi. Sezgi a’zolari tomonidan: ta’m va hid sezishni buzilishi, ko‘rishni buzilishi (diplopiya, xromatopsiya), quloqlarda shovqin, vaqtinchalik karlik (ayniqsa baland tovushlarga). Allergik va immunopatologik reaktsiyalar: teri toshmalari, dorilar ta’sirida isitmalash, kam hollarda- Kvinke shishi, bronxospazm, artralgiya, juda kam hollarda – anafilaktik shok, peyetexiyalar, gemorragik pufakchalar, mialgiyalar, vaskulit, Stivens-Djonson sindromi, Layell sindromi kuzatilishi mumkin.

Tsiprofloksatsinga yoki har qanday xinolon preparatlariga yuqori sezuvchanlik, 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarda (yoshlarda tog‘aylarni shikastlanishiga olib kelishi mumkin), keksa yoshdagilar, homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas.

Ftorxinolonlardan tashqari, boshqa antibiotiklar va antibakterial vositalar bilan bir vaqtda buyurilganida, ularning ta’sirini susayishi aniqlanmagan. Alyuminiy gidroksidini, magniy yoki kaltsiy saqlovchi antatsidlarni bir vaqtda qabul qilish preparatni so‘rilishini pasayishini chaqiradi, shuning uchun bu preparatlarni buyurish orasidagi interval kamida 4 soat bo‘lishi kerak. Teofillin bilan bir vaqtda qo‘llash uning nojo‘ya ta’sirini kuchaytiradi, bu teofillinning dozasini kamaytirishni talab qiladi. Tsiklosporin bilan bir vaqtda qabul qilish qon plazmasida kreatininning darajasini oshishiga olib keladi, shu sababli ushbu ko‘rsatkichni nazorat qilish (haftada 2 marta) lozim. Varfarin bilan bir vaqtda qo‘llanganida, varfarinning ta’siri kuchayadi. Probenetsid bilan birga buyurish preparatning ta’sirini kuchaytiradi. Farmakoterapevtik o‘zaro ta’siri: Tsiprofloksatsin eritmasi rN 3-4 bo‘lgan eritmalar va dori preparatlari bilan nomutanosib, ular fizik yoki kimyoviy jihatdan barqaror emaslar.

Bosh miya qon tomirlarining yaqqol aterosklerozi, bosh miyada qon aylanishini buzilishlari, tutqanog‘i, anamnezida tirishish xurujlari bo‘lgan, buyrak faoliyatini yaqqol buzilishi bo‘lgan bemorlarda (faqat hayotiy ko‘rsatmalar bo‘yicha) ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Davolanish vaqtida patsiyentlar yetarli miqdorda suyuqlik qabul qilishlari lozim. Preparat reaktsiya tezligini pasaytirishi mumkin (ayniqsa alkogol bilan bir vaqtda qo‘llanganida), buni, kasbi yuqori diqqat va reaktsiya tezligini talab etadigan shaxslar (masalan, transport haydovchilari) hisobga olishlari kerak. Og‘ir va uzoq davom etuvchi diareya hollarida soxta membranoz kolit tashhisini istisno qilish lozim, u preparatni qo‘llashni darhol bekor qilishni va tegishli davolashni buyurilishini talab qiladi. Preparat bilan davolash fonida ayrim laboratoriya ko‘rsatkichlari o‘zgarishi mumkin: siydikda paydo bo‘lishi, qon zardobida kreatinin, mochevina, bilirubin, jigar transaminazalarining kontsentratsiyasini vaqtinchalik oshishi; ayrim hollarda – giperglikemiya, kristalluriya yoki gematuriya, protrombin ko‘rsatkichlarini o‘zgarishi bo‘lishi mumkin. Davolanish vaqtida fotoallergik reaktsiyalarini paydo bo‘lish ehtimoli tufayli, bevosita quyosh nurlari ta’siridan saqlanish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin!

Simptomlari: ba’zida tsiprofloksatsinning dozasi ahamiyatli darajada oshirib yuborilganida buyrakni o‘tkinchi shikastlanishi aniqlangan. Davolash: regidratatsiya, me’dani yuvish, sorbentlar, surgi vositalari va simptomatik davolash buyuriladi. Qo‘shimcha ravishda gemodializ yoki peritoneal dializ o‘tkazish mumkin.

Retsept bo‘yicha

Infuziya uchun eritma 100 ml.

2 yil.