Iproidretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

100 g surtma quyidagilarni saqlaydi: Gidrokortizon atsetati       0,275 g; Lidokain                              5 g; Alyuminiy subatsitati       3,5 g; Rux oksidi                            18 g.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

gidrokortizon atsetati, lidokain, alyuminiy subatsetati, rux oksidi

Preparatning savdo nomi:

Iproid

Farmakalogik guruhi:

Glyukokortikosteroidlar majmuada. Gemorroy va anal yoriqlarini davolash uchun qo‘llanadigan majmuaviy preparatlar.

Dori shakli:

surtma.

silliq, oq, bir xil surtma.

Glyukokortikosteroidlar majmuada. Gemorroy va anal yoriqlarini davolash uchun qo‘llanadigan majmuaviy preparatlar.

S05AX03.

Preparatning tarkibiga kiruvchi gidrokortizon to‘g‘ri ichakda qisman so‘riladi. Yarim chiqarilish davri T1/2 – taxminan 90 minutni tashkil etadi.

gemorroidal tugunlar;orqa chiqaruv yo‘lidagi yuzaki yoriqlar;proktitda qo‘llanadi.

Har defekatsiya aktidan so‘ng qo‘llash tavsiya etilgan Iproid® preparatini qo‘llashdan oldin, orqa chiqaruv teshigi sohasini yaxshilab tozalash kerak. Aksariyat hollarda juda tez boshlanadigan yaxshilanish holati davolash kursini muddatidan oldin to‘xtatishga sabab bo‘lishi mumkin emas. Shikoyatlar butunlay yo‘qolganidan so‘ng kasallikning qaytalanishini oldini olish uchun Iproid® preparatini yana kamida 1 hafta davomida qo‘llash kerak, biroq katta interval bilan qo‘llash (sutkada 1 marta) tavsiya etiladi. Davolash kursi imkon boricha 4 haftadan oshmasligi lozim. Agar shifokor hech qanday boshqa ko‘rsatmalar bermasa, u holda surtmani kuniga ikki marta surtiladi. Kasallikning shikoyatlarini tezroq bartaraf qilish uchun davolash kursining birinchi kunida surtmani kuniga to‘rt martagacha qo‘llash tavsiya etiladi. No‘xat kattaligidagi surtmaning miqdori barmoq bilan orqa chiqaruv teshigi sohasiga va sfinkterning qarshiligini barmoq bilan yengib, orqa chiqaruv xalqasiga surtiladi. Kuchli yallig‘lanish va uning oqibatidagi ayniqsa og‘riqli jarayonlarda surtmani to‘g‘ri ichak ichiga qo‘llash tavsiya etiladi. Surtmaning qalin qismi barmoq yordamida tashqariga tushib turgan tugunlarga ham surtiladi, so‘ngra esa ularni barmoq yordamida ehtiyotkorlik bilan ichkariga kiritiladi.

Iproid® preparati uzoq muddat (4 haftadan ko‘p) qo‘llanganida, masalan, terining atrofiyasi kabi mahalliy yondosh o‘zgarishlarni istisno qilish mumkin emas. Kam hollarda terida allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.

Tuberkulyoz va sifilitik jarayonlar davolanish kerak bo‘lgan sohalari, virusli kasalliklar (masalan, suvchechak) da qo‘llash mumkin emas. Homiladorlikni birinchi uch oyligida preparatni qo‘llashdan printsipial saqlanish tavsiya etiladi.

Iproid® surtmasini boshqa dori preparatlari, shu jumladan tarkibida glyukokortikosteroidlar saqlovchi mahalliy qo‘llanadigan preparatlar bilan birga qo‘llash mumkin emas. Bunday birga qo‘llash glyukokortikosteroidlarning ta’sirini kuchayishiga va ushbu preparatlarning tizimli nojo‘ya samaralarini rivojlanish havfini oshishiga olib kelishi mumkin. Preparatni rektal qo‘llanadigan boshqa dori preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Bir necha rektal dori vositalari bilan majmuaviy davolash o‘tkazish zarurati bo‘lganida, qo‘llashlar orasidagi interval kamida 60 minut bo‘lishi kerak.

Homiladorlikning I uch oyligida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.

Iproid® preparatining dozasini oshirib yuborilishi yuzasidan ma’lumotlar yo‘q. Iproid® preparatining yuqori dozalari uzoq muddat qo‘llanganida buyrak usti bezlarining faoliyati susayishi mumkin, bu suv-elektrolitlar muvozanatini buzilishlari, bosh miya ichki bosimini oshishi, yurak qisqarishlar sonini o‘zgarishi, shuningdek Kushing sindromini rivojlanishi bilan kechadi. Spetsifik antidoti noma’lum. Dozani surunkali oshirib yuborilish belgilari rivojlanganida Iproid® preparatini bekor qilish kerak. Iproid® surtmasi bexosdan peroral qabul qilinganida me’da-ichak yo‘llari tomonidan noxush samaralar, shu jumladan ko‘ngil aynishi, diareya, quyish va epigastral sohada og‘riq rivojlanishi mumkin.

Shifokor retsepti bo‘yicha

15 g surtma plastik qopqoqli alyumin tubada. Bir dona tuba plastmassa uchligi va tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

3 yil.